“Barselona” bosh murabbiyi Xavi La Liganing 22-turi doirasidagi “Alaves”ni magʻlub etganidan keyin (1:0) oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.
“Biz bu oʻyinni kutgan edik. Biz turli sxemalarda oʻynashga harakat qildik — uchta himoyachi, toʻrtta himoyachi. Keyin 3-4-3 oʻynadik va bu bizga qimmatga tushdi.
Hozir qiyin ahvoldamiz, baʼzida maydonda qiynalib qolishga toʻgʻri keladi. Baʼzi oʻyinchilar oʻzlariga boʻlgan ishonchlarini yoʻqotdilar, chunki ular oxirgi paytda tez-tez tanqid qilinishdi.
Lekin bu safar koʻpincha norozi boʻladigan Alba, Buskets va Pike yaxshi oʻyin koʻrsatishdi. Qimmatli 3 ochkoni qoʻlga kiritdik. “Barsa”ning libosi boshqa klubning liboslaridan 20 kg. ogʻirroq”, — dedi ispaniyalik mutaxassis.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!