$
11903.15 UZS
-62.36
₽
146.75 UZS
0.79
€
13329.15 UZS
-108.12
31° Kechasi 18°

Xodimning oylik maoshini kechiktirgan rahbarlar javobgarlikka tortiladi

13:03 / 05.11.2022

Joriy yilning 28-oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

Kodeks mehnat munosabatlari sohasida aholi tomonidan davlat va vakillik organlariga eng ko‘p yo‘llanadigan murojaatlar va e’tirozlarga aniq yechimlarni taqdim etadi.

Unda ish beruvchining ish haqini kechiktirish uchun javobgarlik (kechiktirilgan har bir kun uchun qayta moliyalash stavkasining 10 foizi miqdorida) belgilanmoqda.

Shuningdek, xodimning pensiya yoshiga yetganligi munosabati bilan ish beruvchining tashabbusi asosida mehnat shartnomasini bekor qilish asosi chiqarib tashlandi. Ishdan bo‘shatish nafaqasini ish beruvchida ishlagan stajiga qarab differensiatsiyalashgan miqdori belgilangan.

Bundan tashqari, mehnat nizolarini ko‘rib chiqish jarayonida jamoatchilik nazorati mexanizmlari aks ettirildi. Yakka mehnat nizolari komissiyalarda yoki sudda hal etilishi holatlari ko‘rsatilgan, yakka mehnat nizosi mediatorga yuborilishini joriy etish, mehnat arbitraji tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Nizolarni muqobil hal qilishning imkoniyatlari kengaytirilib, sudlardagi ish hajmi kamaytirildi. Ayrim toifadagi xodimlarning mehnati huquqiy jihatdan tartibga solindi.

Shuningdek, ish beruvchi tomonidan ish vaqti rejimining turli xil variantlarini belgilash mexanizmlari (smenali ish, moslashuvchan ish rejimi, ish kunini qismlarga bo‘lish va boshqalar) joriy etilmoqda.

Mikrofirmalar, YTTlarda mehnat qonunchiligi soddalashtirilishi, ish beruvchilarga muddatli mehnat shartnomasini tuzish asoslari kengaytiriladi, ish beruvchi tomonidan xizmat tekshiruvlarini o‘tkazish va ishdan chetlashtirish tartibga solinadi.

Eng muhimi, yangilangan Kodeks bilan mehnat huquqlarini tartibga solishdagi bo‘shliqlar va qarama-qarshiliklar bartaraf etiladi.

Yangi qabul qilingan mehnat kodeksida yana o‘zbekistonliklar uchun davlat bayramlari rasmiy dam olish kuniga to‘g‘ri kelsa, qo‘shimcha dam olish berilishi belgilangan.

Undan tashqari, endi O‘zbekistonda 15 yoshdan kichik o‘quvchilarga qonuniy ishlash uchun ruxsat beriladi.

 


Bu ham qiziq

Samarqand va Namanganda umra ziyoratini va’da qilib, pul talab qilgan ikki shaxs ushlandi

Samarqand va Namanganda umra ziyoratini va’da qilib, pul talab qilgan ikki shaxs ushlandi

Samarqand shahri va Namangan viloyatida fuqarolarni umra ziyoratiga yuborishni va’da qilib, ulardan pul talab qilgan ikki sh…
16:07 / 20.10.2026
Rossiyadan o‘zbekistonlik ayol va uning farzandi vatanga qaytarildi

Rossiyadan o‘zbekistonlik ayol va uning farzandi vatanga qaytarildi

O‘zbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi ko‘magida Rossiyada ushlab turilgan o‘zbekistonlik ayol va mehribonlik uyi…
11:40 / 21.10.2026
Saida Mirziyoyeva Ashxobodda Ozarbayjon va Turkmaniston vakillari bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Ashxobodda Ozarbayjon va Turkmaniston vakillari bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Ashxobod shahrida g‘amxo‘rlikka muhtoj bolalarga yordam ko‘rsatuvchi xayriya jamg‘armasi vitse-prezidenti …
16:02 / 21.10.2026
Ziroat Mirziyoyeva Samarqanddagi sammitda nutq so‘zladi

Ziroat Mirziyoyeva Samarqanddagi sammitda nutq so‘zladi

Samarqandda “Bolalar farovonligiga investitsiya: Kelajak avlodlar barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yo‘l” Jahon sammiti …
09:09 / 22.10.2026
Ikki viloyatda qariyb 5,5 kg opiy musodara qilindi

Ikki viloyatda qariyb 5,5 kg opiy musodara qilindi

Samarqand va Xorazm viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida jami 5 kilogramm 527 gramm opiy moddasi musodara qil…
09:45 / 21.10.2026
AQSh Meksika chegarasida migrantlarga qarshi issiqlik qurolini sinashi mumkin

AQSh Meksika chegarasida migrantlarga qarshi issiqlik qurolini sinashi mumkin

AQSH Mudofaa vazirligi (Pentagon) Milliy xavfsizlik vazirligiga Meksika chegarasida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan issiqlik nuri…
23:56 / 22.10.2026
Ziroat Mirziyoyeva 21-oktyabr kuni Samarqandda nutq so‘zlaydi

Ziroat Mirziyoyeva 21-oktyabr kuni Samarqandda nutq so‘zlaydi

Sammit doirasida bolalar salomatligi, ta’limi, ijtimoiy himoyasi va xavfsizligiga investitsiyalarni kuchaytirish masalalari …
17:36 / 20.10.2026
O‘zbekistonda 3 mingdan ortiq gaz balloni va 13,6 tonna suyultirilgan gaz noqonuniy muomaladan olindi

O‘zbekistonda 3 mingdan ortiq gaz balloni va 13,6 tonna suyultirilgan gaz noqonuniy muomaladan olindi

O‘zbekistonda 19–21-oktabr kunlari o‘tkazilgan reydlarda noqonuniy muomalada bo‘lgan 3 mingdan ortiq gaz balloni va ularda s…
23:49 / 22.10.2026
Ayrim xizmatlarda hujjatlarning elektron shakli qabul qilinadi

Ayrim xizmatlarda hujjatlarning elektron shakli qabul qilinadi

O‘zbekistonda fuqarolar ayrim xizmatlardan foydalanishda hujjatlarning qog‘oz nusxasini taqdim etmasdan, ularning elektron s…
23:52 / 22.10.2026
Prezident Nurbek Ergashevga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini berish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

Prezident Nurbek Ergashevga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini berish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

Shuningdek, Javlon Jovliyevning mehnati ham e’tirof etildi. Unga, shuningdek, “Yosh kitobxon oila” respublika tanlovi g‘olib…
11:13 / 22.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!