2022-yil 1-yanvar kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida bir nechta yigitlar yo‘lning o‘rtasida "ognetushitel"ni portlatishgan edi. Natijada, 3 nafar fuqaroga tan jarohati yetgandi.
JIB Shayxontohur tumani sudida mazkur holat bo‘yicha 8 nafar shaxsga nisbatan sud ishi ko‘rib chiqildi.
“To‘rtta barmog‘im singandi. Bitta barmog‘imni olib tashlashgan. Endi keyingi operasiyada pay bilan nervlarni ulashadi. 55 kun davolandim. Sudlanuvchidan bittasi moddiy yordam ko‘rsatdi. Hech kimdan da’voyim yo‘q. Sudga havola qilaman”, - deydi jabrlanganlardan biri.
Ta’kidlanishicha, sudlanuvchilarning eng kattasi 25 yoshda, eng kichigi esa 19 yoshda.
Sud hukmiga ko‘ra, 5 nafar sudlanuvchiga nisbatan 4 yil ozodlikdan mahrum qilish, 3 nafariga esa 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!