$
12675.00 UZS
4.95
138.36 UZS
0.36
13616.75 UZS
56
23° Kechasi 14°

“Yashil makon” dasturi doirasida 5 mln tup ko‘chatlar hisobotda qo‘shib yozilgani aytildi

17:55 / 07.04.2022

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boshlangan videoselektor yig‘ilishida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar xususida ham to‘xtalib o‘tildi.

Qayd etilishicha, loyiha doirasida bahor mavsumida 125 million tup ko‘chat ekish reja qilingan.

– Mavsum tugashiga ham ozgina vaqt qoldi. Lekin, bu borada qilingan ishlar ahvoli meni xavotirga solmoqda. Ayrim hududlarda hali ham ishlar nomigagina tashkil etilib, ko‘zbo‘yamachilik davom etayotgani to‘g‘risida menda maʼlumotlar yetarli, – dedi Prezident.

Davlat rahbarining maʼlum qilishicha, ayni vaqtda joylarda haqiqatda ekilmagan jami 5 million tup ko‘chatlarni hisobotda qo‘shib yozish holatlari kuzatilgan.

Shu bois mutasaddilarga aprel oyida barcha qoloqliklar va kamchiliklarni to‘liq bartaraf etish topshirildi.

Umuman, aprel oyi yakuniga qadar viloyat hokimlari tegishli idoralar bilan birga:

– tumanlardagi yirik mahallalarga 20-30 ming, o‘rta mahallalarga – 10-15 ming, kichiklariga – 3-5 ming terak qalamchalari;

– shaharlarning har bir mahallasiga 3-5 ming terak qalamchalari ekilishini taʼminlashi;

– avtomobil yo‘llari bo‘yida kamida 5 million tup terak ko‘chatlari va qalamchalari ekishni tashkil qilishi shartligi taʼkidlandi.


Bu ham qiziq

Qandli diabetga chalingan bolalarga sport mumkinmi?

Qandli diabetga chalingan bolalarga sport mumkinmi?

Mutaxassis bu bo‘yicha ma’lumot berdi.
12:41 / 05.05.2024
Belgoroddagi portlash natijasida besh kishi jabrlandi

Belgoroddagi portlash natijasida besh kishi jabrlandi

Qayd etilishicha, u portlash sababini aytmagan.
22:38 / 04.05.2024
Eronda osmondan “baliq yog‘di”

Eronda osmondan “baliq yog‘di”

Bu mamlakatda kuzatilgan ilk holat emas.
11:34 / 05.05.2024
Oʻzbekiston xalq baxshisi Chori baxshi Umirov 86 yoshda vafot etdi

Oʻzbekiston xalq baxshisi Chori baxshi Umirov 86 yoshda vafot etdi

2017-yili davlatimiz tomonidan Chori baxshi Umirovga “Oʻzbekiston Xalq baxshisi” unvoni berilgan.
10:16 / 05.05.2024
Qo‘shma shtatlarda yuvoshligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi

Qo‘shma shtatlarda yuvoshligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi

Joi Henni TikTok tarmog‘ida muxlislardan uning do‘stini qaytarib berishlarini yig‘lab so‘ragan videoni joylashtirdi.
14:20 / 04.05.2024
Endi istalgan qon guruhini 1-guruh qoniga aylantirish mumkin

Endi istalgan qon guruhini 1-guruh qoniga aylantirish mumkin

Ma’lumki, birinchi qon guruhi universal bo‘lib, boshqa istalgan qon guruhidagi odamga uni quyish mumkin.
14:33 / 05.05.2024
Jazoir G‘azodagi ommaviy qabrlar yuzasidan BMT Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishini talab qilmoqda

Jazoir G‘azodagi ommaviy qabrlar yuzasidan BMT Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishini talab qilmoqda

Jasadlar Isroil harbiylari tomonidan kasalxona hududiga ko‘milgan.
17:43 / 04.05.2024
6-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

6-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 6 may kuni Toshkentda havo biroz bulutli…
23:17 / 05.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!