$
12683.99 UZS
35.87
139.24 UZS
0.82
13647.97 UZS
25.94
30° Kechasi 16°

Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartibi belgilandi

16:23 / 30.06.2022

“Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qonunga ko‘ra, Yer uchastkalarini quyidagi maqsadlarda kompensatsiya evaziga olib qo‘yish jamoat ehtiyojlari deb e’tirof etiladi:

  • mudofaa va davlat xavfsizligi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ehtiyojlari, erkin iqtisodiy zonalarni, erkin savdo zonalarini tashkil etish va ularning faoliyat ko‘rsatishi uchun yerlar berish;
  • xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish;
  • foydali qazilmalar konlarini qidirish va qazib olish (bundan keng tarqalgan foydali qazilmalar konlari mustasno);
  • respublika hamda mahalliy ahamiyatga molik avtomobil va temir yo‘llarni, aeroportlarni, aerodromlarni, aeronavigatsiya obyektlarini hamda aviatexnika markazlarini, temiryo‘l transporti obyektlarini, ko‘priklar, metropolitenlar, tunnellarni, energetika va aloqa tizimining muhandislik obyektlari hamda tarmoqlarini, kosmik faoliyat obyektlarini, magistral quvurlarni, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini, irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini qurish (rekonstruksiya qilish);
  • tasdiqlangan aholi punktlari bosh rejalarining obyektlarni davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qurishga oid qismini bajarish;
  • davlat investitsiya dasturlarida ko‘rsatilgan davlat ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatish muassasalarining binolari hamda inshootlarini markazlashtirilgan investitsiyalar hisobidan qurish nazarda tutilgan loyihalarni amalga oshirish.

Yer uchastkalarining har qanday boshqa maqsadlarda olib qo‘yilishini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish sifatida talqin etish taqiqlanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, mahalliy kengashning yer uchastkasini olib qo‘yish bo‘yicha tashabbusni dastlabki tarzda ko‘rib chiqishga doir majlislari OAV va jamoatchilik vakillari ishtirokida ochiq o‘tkaziladi.

Mahalliy kengashning yer uchastkasini olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingandan keyin hokimliklar huquq egalari bilan kompensatsiyaning shartlari, turlari va miqdori bo‘yicha kelishuvga erishishga doir ishlarni amalga oshiradi.

Huquq egasi bilan kelishuvga erishilmagan taqdirda, huquq egasini kelishuvni imzolashga majbur qilish maqsadida ko‘chmas mulkni erkin tasarruf etishiga monelik qiladigan xatti-harakatlarni sodir etishga, huquq egasining munosib hayot kechirishi uchun monelik qiladigan shart-sharoitlarni yaratishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

Ma’lum qilinishicha, yer uchastkasi olib qo‘yilgani munosabati bilan egasiga noqulayliklar uchun ko‘chmas mulk qiymatining 5 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov to‘lanadi:

  • olib qo‘yilgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulkning bozor qiymati;
  • olib qo‘yilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymati (bundan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga bo‘lgan ijara huquqi mustasno);
  • olib qo‘yilgan yer uchastkasida joylashgan ko‘p yillik dov-daraxtlarning bozor qiymati;
  • ko‘chish, shu jumladan boshqa ko‘chmas mulkni vaqtinchalik ijaraga olish bilan bog‘liq xarajatlar;
  • yer uchastkasidan va unda joylashgan ko‘chmas mulkdan foydalanishdan olinishi mumkin bo‘lgan boy berilgan foyda (bunda yer uchastkasi va unda joylashgan ko‘chmas mulk bo‘shatib qo‘yilgan paytdan e’tiboran avvalgi faoliyatni tiklashgacha bo‘lgan, biroq 1 yildan ortiq bo‘lmagan muddatdagi foyda yoki mavsumiy hosildan olinishi mumkin bo‘lgan foyda hisobga olinadi);
  • huquq egasining qonunchilikda yoki kelishuvda nazarda tutilgan boshqa xarajatlari va zararlari.

Yer uchastkasi olib qo‘yilgani munosabati bilan huquq egasiga noqulayliklar keltirib chiqarilgani uchun kompensatsiya sifatida yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk bozor qiymatining 5 foizi miqdorida bir martalik to‘lov amalga oshiriladi.

Qonunchilikka muvofiq, huquq egasiga tegishli bo‘lgan, olib qo‘yilgan yerda o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylar (yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar), ishlab chiqarish binolari va inshootlari hamda boshqa binolar va inshootlar mavjud bo‘lgan taqdirda, ularning bozor qiymati ham to‘liq hajmda qoplanishi lozim.

Shuningdek, turar joyga nisbatan huquqni belgilovchi hujjatlari mavjud bo‘lmagan, ushbu turar joyga 15 yil (egalik qilish huquqini yuzaga keltiruvchi muddat) mobaynida xuddi o‘z mulkidek halol, oshkora va uzluksiz egalik qilgan shaxslarga, ushbu ko‘chmas mulk obyektlari uchun soliqlar to‘lab kelinganligi tasdiqlangan taqdirda, mazkur ko‘chmas mulk obyektlari qiymatining o‘rni qoplanadi


Bu ham qiziq

G‘azoda qurbonlar soni 34,8 mingdan oshdi

G‘azoda qurbonlar soni 34,8 mingdan oshdi

So‘nggi 24 soat ichida anklavning yana 55 nafar fuqarosi halok bo‘ldi
20:10 / 08.05.2024
O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi

O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi

Uchrashuvda hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.
09:21 / 08.05.2024
8-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

8-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 8-may kuni Toshkentda havo o‘zgarib tura…
22:14 / 07.05.2024
Rossiya hukumati iste’foga chiqdi

Rossiya hukumati iste’foga chiqdi

Bu haqda Rossiya Vazirlar Mahkamasi xabar berdi.
15:58 / 07.05.2024
Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasida otishma sodir bo‘ldi

Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasida otishma sodir bo‘ldi

Qirg‘iziston Respublikasi chegarachilari orasida qurbonlar yo‘q.
09:46 / 08.05.2024
Prezident jahon urushi qatnashchilari holidan xabar oldi

Prezident jahon urushi qatnashchilari holidan xabar oldi

Bobolar o‘zbekistonliklarni tinchlikning qadriga yetish, vatanparvarlik, mehnatsevarlikka da’vat etdi.
14:30 / 08.05.2024
Prezident O‘zbekistonga yangi tayinlangan elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi

Prezident O‘zbekistonga yangi tayinlangan elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi

Davlat rahbari xorijiy diplomatik vakolatxonalar rahbarlarini tayinlov bilan samimiy qutladi.
15:13 / 07.05.2024
Putin rasman Rossiya prezidenti lavozimiga kirishdi

Putin rasman Rossiya prezidenti lavozimiga kirishdi

U mamlakatni yana 6 yil boshqaradi
14:53 / 07.05.2024
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev Moskvaga tashrif buyurdi

Prezident Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 79-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.
16:30 / 08.05.2024
Poytaxtda ham harbiy parad o‘tkaziladi

Poytaxtda ham harbiy parad o‘tkaziladi

Harbiy boʻlinmalarning tantanali ravishdagi piyoda yurishlari 8-may kuni soat 14:00 da “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasidan…
20:54 / 07.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!