$
12694.87 UZS
-25.13
139.48 UZS
-0.56
13766.32 UZS
-61.59
21° Kechasi 13°

Yulduzlarning eng qimmat va o‘xshamagan plastik operatsiyalari

16:26 / 02.02.2024

Aksariyat kino va shou biznes vakillari ideal ko‘rinishga intilib yoki yoshligini saqlab qolish uchun tavakkal operatsiyalarni o‘tkazishga ham tayyor bo‘lishadi. Xuddi shunday yangi qiyofa yaratish uchun katta miqdorda pul sarflagan yulduzlar ro‘yxatini taqdim etamiz.

1. Joselin Vildenshteyn
“Mushuk ayol” laqabi bilan tanilgan Joselin Vildenshteynni plastik jarrohlikka bo‘lgan ishtiyoqi uni butun dunyoga mashhur qildi. Vildenshteyn 1940-yilda Shveysariyada tug‘ilgan. Hamda Alek Vildenshteyn ismli milliarderga turmushga chiqadi. Joselinning eri mushuklarni yaxshi ko‘rgani bois ayol o‘zini mushuk qiyofasiga o‘xshatish uchun plastik jarrohlikni boshdan kechiradi. Birinchi operatsiya ko‘ngildagidek kechmaydi va u jami 80 ta operatsiyani o‘tkazadi. Operatsiyalar qiymati taxminan 4 million AQSh dollarini tashkil etdi. Buni qarangki, eri uchun mushukka o‘xshashni tanlagan ayol xiyonatga uchraydi. Ammo erining jazmani butkul mushukka o‘xshamas edi.

2. Kayli Jenner
Kayli Jenner nafaqat millionerlik maqomi, balki ko‘pgina plastik jarrohlik operatsiyalari va son-sanoqsiz kosmetik muolajalar bilan ham mashhur. Ammo bu mavzu haqida gapirish Kayliga unchalik ham yoqmaydi. 10 yillik fotosuratlarni solishtirsangiz o‘zgarishlarni sezishingiz aniq.
Jennerga bu o‘zgarish taxminan 6 million dollarga tushgan.

3. Maykl Jekson
Pop qiroli Maykl Jekson juda murakkab inson bo‘lgan. Maykl o‘zining birinchi plastik jarrohlik operatsiyasini 21 yoshida o‘tkazgan. Musiqachi o‘zining tashqi qiyofasini to‘g‘rilashga odatlanib qolgan va hatto qarindoshlari ham uni bu istagidan to‘xtatib qololmagan.

Maykl terini oqartirgan va bu bilan u irqchilikda ayblangan. Ammo Maykl epidermis kasalligiga uchrab terisida oq dog‘lar paydi bo‘lgach, shu qarorga kelganini aytgan. Umri davomida Jekson 100 ga yaqin plastik jarrohlik amaliyotini boshdan kechirib, jami bir million AQSh dollari sarfladi. Hamda 2009- yil navbatdagi operatsiyaga kirishdan oldin yurak xurujiga uchradi.

4. Sher
Ko‘pgina hamkasblaridan farqli o‘laroq, Sher o‘zining tashqi ko‘rinishidagi o‘zgarishlar haqida doimo ochiq gapirgan. Xonanda taxminan 50 marta plastik jarrohlar va kosmetologlar xizmatiga murojaat qilgan, buning uchun u taxminan 750 ming AQSh dollari sarflagan.

5. Demi Mur
Demi Mur yoshligida burnining shaklini o‘zgartirdi.
U 50 ga yaqin tana shaklini o‘zgartiruvchi operatsiyalarni o‘tkazgan. Yuzi va tanasini yashirgan aktrisa ko‘p marta xususiy kosmetika klinikalaridan chiqib ketayotganda qo‘lga olindi. Ammo akltrisa bunday turdagi operatsiyalar o‘tkazganini rad etib faqat inyeksiyalar olganini qayd etadi. Operatsiyalar uchun umumiy qiymatda aktrisa taxminan 150 ming AQSh dollari sarflagan.

6. Donatella Versache (170 000 dollar)
Donatella akasining vafotidan keyin juda ham ozib ketdi. Keyinchalik u stressli yuzini o‘zgartirish uchun 2003-yilda kosmetologlarga murojaat qildi.

Unda o‘takzilgan birinchi operatsiyalar juda muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Ammo dizayner o‘z vaqtida istaklarini to‘xtab qololmadi, oqibatda yuzdagi uyg‘unlik yo‘qoldi. Doimiy inyeksiya tufayli lablar juda kattalashdi va rinoplastikadan o‘tgan burun fonida grotesk paydo bo‘ldi. Versase bu natijaga erishish uchun kamida 30 ta operatsiyani o‘tkazgan va 170 ming AQSh dollari sarflagan.


Lifestyle


														
														Chaqaloqlar uchun dunyodagi birinchi AI gadjeti yaratildi

Chaqaloqlar uchun dunyodagi birinchi AI gadjeti yaratildi

Barcha ma’lumotlar qulay nazorat va tahlil qilish uchun ota-onalarning smartfoniga o‘tkaziladi.
17:14 / 19.05.2024

														
														So‘nggi yillarda astma kasalligidan vafot etganlar ko‘paygan

So‘nggi yillarda astma kasalligidan vafot etganlar ko‘paygan

Astma bilan og‘rigan odamlar va ularning oila a’zolariga bu kasallik haqida ko‘proq ma’lumot taqdim etish muhim.
17:03 / 19.05.2024

														
														Telegram messenjerida o‘zgarish

Telegram messenjerida o‘zgarish

Ma’lumot uchun, shu paytgacha heshteg yordamida faqat bitta kanal ichida qidiruv amalga oshirilardi.
16:57 / 19.05.2024

														
														Namanganda gullar festivali 7 mln nafar mehmon keladi

Namanganda gullar festivali 7 mln nafar mehmon keladi

“Gullar festivali” ni viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqav ochib berdi.
16:53 / 19.05.2024

														
														Qaysi mahsulotlar ayollar uchun zararli?

Qaysi mahsulotlar ayollar uchun zararli?

Mutaxassisning ta’kidlashicha, ushbu mahsulotlar me’yoridan ortiq iste’mol qilinsa, bir nechta noxush oqibatlarga olib kelis…
16:49 / 19.05.2024

														
														Go‘dakka qo‘shimcha ovqat tayyorlash talablari

Go‘dakka qo‘shimcha ovqat tayyorlash talablari

Natijada unga qo‘shimcha ovqat berish zarurati tug‘iladi.
10:22 / 19.05.2024

														
														Buyrak kasalligining alomatlari va belgilari

Buyrak kasalligining alomatlari va belgilari

Internetda topish mumkin bo‘lgan eng keng tarqalgan maslahatlardan biri bu ko‘proq suv ichish va ko‘p dam olishdir.
14:58 / 18.05.2024

														
														Lavlagining foydali jihatlari

Lavlagining foydali jihatlari

Lavlagi tarkibidagi shakar tezda qonga so‘riladi, natijada uning keskin ko‘tarilishi kuzatiladi.
14:53 / 18.05.2024

														
														Gormonlar buzilishi nimalarga sabab bo‘ladi?

Gormonlar buzilishi nimalarga sabab bo‘ladi?

Charchoq, vazn o‘zgarishi va boshqa alomatlar kuzatilsa, ginekolog-endokrinolog bilan uchrashish tavsiya etiladi.
14:27 / 18.05.2024

														
														Endi bizda ham krevetka yetishtiriladi

Endi bizda ham krevetka yetishtiriladi

Bu bo‘yicha Janubiy Koreya bilan kelishuvga erishildi.
09:45 / 18.05.2024

Bu ham qiziq

Tramp Bayden bilan debatdan oldin doping testini talab qilmoqchi

Tramp Bayden bilan debatdan oldin doping testini talab qilmoqchi

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp, uning raqibi Jo Bayden bilan munozaradan oldin doping sinovlarini talab qilishini ay…
11:11 / 18.05.2024
Namanganda gullar festivali 7 mln nafar mehmon keladi

Namanganda gullar festivali 7 mln nafar mehmon keladi

“Gullar festivali” ni viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqav ochib berdi.
16:53 / 19.05.2024
Chaqaloqlar uchun dunyodagi birinchi AI gadjeti yaratildi

Chaqaloqlar uchun dunyodagi birinchi AI gadjeti yaratildi

Barcha ma’lumotlar qulay nazorat va tahlil qilish uchun ota-onalarning smartfoniga o‘tkaziladi.
17:14 / 19.05.2024
Germaniyada kuchli yog‘ingarchilik suv toshqinlarga olib keldi

Germaniyada kuchli yog‘ingarchilik suv toshqinlarga olib keldi

Ayniqsa, Saar o‘lkasining ma’muriy markazi va xuddi shu nomdagi Saarbryukken shahri zarar ko‘rdi.
17:23 / 18.05.2024
20-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

20-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo‘ladi, kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamo…
14:40 / 19.05.2024
Isroil G‘azoga navbatdagi hujumini uyushtirdi

Isroil G‘azoga navbatdagi hujumini uyushtirdi

Mazkur hujum natijasida 17 nafar falastinlik halok bo‘lgan. Bu haqda, Al Jazeera telekanali xabar bermoqda.
12:17 / 19.05.2024
Surxondaryoda chiqindi uchun to‘lov qimmatlashdi

Surxondaryoda chiqindi uchun to‘lov qimmatlashdi

2024-yil 17-may kuni Surxondaryo viloyati hokimining yangi qarori e’lon qilindi. Unga ko‘ra, chiqindilarni to‘plash, olib ke…
18:01 / 18.05.2024
Buyrak kasalligining alomatlari va belgilari

Buyrak kasalligining alomatlari va belgilari

Internetda topish mumkin bo‘lgan eng keng tarqalgan maslahatlardan biri bu ko‘proq suv ichish va ko‘p dam olishdir.
14:58 / 18.05.2024
Toshkentning 6 ta tumanida ichmlik suvi ikki kunga o‘chiriladi

Toshkentning 6 ta tumanida ichmlik suvi ikki kunga o‘chiriladi

Xususan, Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Sergeli, Mirobod, Yangihayot va Yakkasaroy tumanlarida 20-may soat 09:00 dan 21-may 21:0…
16:50 / 19.05.2024
Angrenda relsdan chiqib ketgan yuk vagonlari haqida rasmiy izoh berildi

Angrenda relsdan chiqib ketgan yuk vagonlari haqida rasmiy izoh berildi

Angrenda relsdan chiqib ketgani 7 ta yuk vagoni  haqidagi videoga “O‘zbekiston temiryo‘llari” izoh berdi.
16:36 / 19.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!