Samarqandda “Bolalar farovonligiga investitsiya: Kelajak avlodlar barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yo‘l” Jahon sammiti doirasida “Sog‘ayishdan farovonlik sari” mavzusida Bolalar onkologiyasi bo‘yicha II xalqaro kongress bo‘lib o‘tmoqda.
Kongress O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Rossiyaning sog‘liqni saqlash sohasi rahbarlari, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro bolalar onkologlari jamiyati, Yevropa onkologiya maktabi vakillari, shuningdek, xorijiy universitet klinikalari va yetakchi tibbiyot markazlari, xalqaro va milliy ilmiy hamjamiyat hamda fuqarolik jamiyati vakillarini birlashtirdi.
Kongressda so‘zga chiqqan Ziroat Mirziyoyeva dunyo hamjamiyatini, hukumatlarni, olimlar va insonparvar tashkilotlarni aniq va kechiktirib bo‘lmaydigan harakatlar yo‘lida birlashishga chaqirdi: “Dard va kasallik siyosiy chegara, millat yoki daromad tanlamaydi. Hech bir bola, hech bir oila o‘z dardi bilan yolg‘iz qolmasligi uchun, farovon kelajagi uchun birlashaylik!”.
“Mehrli Maktab” o‘quvchilarining chiqishi hech kimni befarq qoldirmadi. Bolalar o‘z hayotiy hikoyalari bilan birga butun dunyo bolalarining umidlarini ham yetkazdilar. Ular tufayli kongress ishtirokchilari davolanish natijalariga bir lahza bo‘lsa-da, kichik bemorning nigohi bilan — uning beqiyos irodasi va cheksiz minnatdorlik tuyg‘usi orqali nazar tashlash imkoniga ega bo‘ldilar.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!