Taniqli aktyor va xonanda Muhammad Ali Navroʻzov yoshlik yillarida Sevinch Moʻminovani yaxshi koʻrgani haqida aytib berdi.
“Hech qaysi bir aktrisaga gap otmaganman. Lekin, Sevinch Moʻminova yoqqan. Juda chiroyli ayol. Ularni juda hurmat qilaman. U paytlarda men yosh bola boʻlganman, yoqtirish boʻlgan. Biroq, gap otmaganman”, dedi Muhammad Ali.
Maʼlumot uchun, Muhammad Ali Navroʻzov 1991-yilda dunyoga kelgan. Uning ayni vaqtda bir oʻgʻil, bir qiz farzandi bor.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!