$
12437.15 UZS
62.6
153.34 UZS
0.21
14480.57 UZS
55.56
36° Kechasi 19°

Kun tarixi: 29-aprel – Xalqaro raqs kuni. Tangalarga surati tushirilgan raqqoslar va zahardan qutqaruvchi raqslar haqida qiziqarli ma’lumotlar

11:30 / 29.04.2020

Xalqaro raqs kuni – 29-aprelda nishonlanadigan, raqsning barcha uslublariga bag‘ishlangan bayram. U 1982-yilda YUNESKOning Xalqaro Raqs Kengashi tomonidan tashkil etilgan. Aynan ushbu sana shu kuni tug‘ilgan fransuz xoreografi, baletning nazariyotchi va islohiyotchisi, tarixga “zamonaviy baletning otasi” sifatida kirgan Jan-Georges Nover sharafiga tanlangan.
Xalqaro raqs kuni munosabati bilan quyida sizga raqsning turlari va ular haqida qiziqarli ma’lumotlarni keltirib o‘tamiz.

Raqs turlari
• Disco – 60-yillarning oxiridagi “psixik inqilob” natijasida musiqa, moda va raqs madaniyati sifatida shakllandi. Disko musiqasi yorqin ohanglar bilan ajralib turadi. Disko raqqoslari asosan e’tiborni jalb qiluvchi va rang-barang liboslarda chiqishlar qilishadi.

• Bal raqslari – juftlik uchun mo‘ljallangan, qattiq xoreografik standartlarga ega bo‘lgan raqs. Raqqoslar o‘z sheriklariga juda bog‘langan bo‘lib, ularni almashtirish bir qancha qiyinchilik keltirib chiqarishi mumkin. Musobaqalarda qatnashishda sherikni tark etish deyarli har doim raqqosning professional karyerasini buzilishiga olib keladi.

• Zamonaviy jazz – bal raqslarining dolzarbligi davrida paydo bo‘lgan. Zamonaviy jazz – bu klassik uslub, ko‘cha raqslari va jazz improvizatsiyasining birlashgan raqs turidir.

• Klassika, xoreografiya – xoreografik san’atning eng yuqori shakli bo‘lib, yuqori estetik ideallarning timsoli hisoblanadi. U o‘ziga xos qat’iy standartlar va ishlash texnikalariga ega. Murakkablik jihatidan balet elementlari bilan taqqoslash mumkin.

• Lotin Amerikasi raqslari, salsa, xastl – ushbu yo‘nalishlar bugungi kunda juda mashhur hisoblanadi. Bu nafaqat raqs, balki dam olish va aloqa hamdir. Ushbu raqslar juftliklar uchun bo‘lsa-da, sheriklarni almashtirish va yangi tanishlar orttirishingiz sizda bal raqslari kabi qiyinchiliklar uyg‘otmaydi. Shuningdek, raqs maxsus tayyorgarlikni talab qilmaydi, o‘rganish esa juda oddiy.

• Hip-hop – bu klub raqsining yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu raqs turining musiqasi passiv, harakatlari esa erkinroq bo‘ladi.

• Ko‘cha raqsi – 70-yillarning boshlarida AQSh ko‘chalarida raqsga tushadigan guruhlar ko‘payib borishi bilan tarqalgan raqs turi hisoblanadi. U turli xil raqs uslublarining elementlarini o‘zida mujassam etgani bilan ajralib turadi.

• Tango – energetik va aniq ritm bilan ifodalanadigan, juftlik uchun mo‘ljallangan erkin raqs. Shuningdek, raqsning R’n’B, improvizatsiya, tribal, jazz, go-go va boshqa bir qancha turlari mavjud.

Qiziqarli faktlar
• Raqs va raqqoslar turli mamlakatlarning banknotalari va tangalarida tasvirlangan.

• Italiyada tarantella raqsi mavjud bo‘lib, u ko‘p tarantulalar (o‘rgimchak turi) mavjud bo‘lgan hududda paydo bo‘lgan va bir paytlar odamlar bunday harakatlar zaharlangan odamni zahardan qutqarishi mumkin, deb ishonishgan.

• Dunyodagi eng mashhur raqslardan biri bo‘lgan tangoni argentinaliklar va urugvayliklar hanuzgacha o‘zlari o‘ylab topganliklari borasida bahslashadi.

• Hind raqqosasi Kalamandalam Hemalente 123 soat 15 daqiqa davomida tinimsiz raqsga tushgan holda Ginnesning rekordlari kitobiga kirgan.

• Mashhur salsa raqsining ma’nosi shundaki, erkak doim improvizatsiya qiladi, sherigi esa uning harakatlariga monand raqsga tushadi.

• Balet shikastlanish ehtimoli eng ko‘p bo‘lgan raqs turi hisoblanadi.

• Ushbu faoliyatda shikastlanish ehtimollari juda ko‘pligi sababli ko‘p raqqoslar o‘z faoliyatini 35 yoshga yetmay yakunlashadi.

Guljahon Sanjarbekova tayyorladi


Bu ham qiziq

Kuz faslida nega allergik kasalliklar avj oladi?

Kuz faslida nega allergik kasalliklar avj oladi?

Bu borada mutaxassis tavsiyasi bilan tanishamiz
22:53 / 03.09.2025
Qirg‘izistondan olib kelingan narkotik moddalar bo‘yicha jinoyat ishi ochildi

Qirg‘izistondan olib kelingan narkotik moddalar bo‘yicha jinoyat ishi ochildi

Qirg‘izistondan narkotik moddalar olib kelib, sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi.
12:10 / 05.09.2025
Vladimir Putin: “Zelenskiy muzokaralarga tayyor bo‘lsa, biz buni Moskvada ham tashkil qilishga tayyormiz”

Vladimir Putin: “Zelenskiy muzokaralarga tayyor bo‘lsa, biz buni Moskvada ham tashkil qilishga tayyormiz”

Rossiya rahbari Xitoydagi tashrifi so‘ngida OAV vakillari bilan tashkil etilgan brifingda qatnashdi
22:05 / 03.09.2025
Qozog‘istonda o‘quvchi qizni zo‘rlagan o‘zbekistonlik erkakka umrbod qamoq jazosi berildi

Qozog‘istonda o‘quvchi qizni zo‘rlagan o‘zbekistonlik erkakka umrbod qamoq jazosi berildi

Sud hukmi 25-avgust kuni e’lon qilindi. Hukm hali qonuniy kuchga kirmagan bo‘lib, ayblanuvchining appelyatsiya shikoyati ber…
17:06 / 04.09.2025
5-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

5-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 18-20 daraja iliq, kunduzi 35-37 daraja issiq bo‘ladi
22:49 / 04.09.2025
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun QQS yengillashtiriladi

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun QQS yengillashtiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligida qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bil…
09:20 / 05.09.2025
DXX 2 nafar qirg‘izistonlikning o‘ldirilishiga izoh berdi

DXX 2 nafar qirg‘izistonlikning o‘ldirilishiga izoh berdi

Halok bo‘lganlar Qirg‘iziston fuqarolari ekanligi aniqlanib, jasadlar qarindoshlariga topshirilgan.
10:37 / 05.09.2025
Qayta ishlash bojxona rejimidan foydalanish tartibi tasdiqlandi

Qayta ishlash bojxona rejimidan foydalanish tartibi tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan “Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
12:51 / 04.09.2025
Rossiya Afg‘onistonga 20 tonna gumanitar yordam yubordi

Rossiya Afg‘onistonga 20 tonna gumanitar yordam yubordi

Tashabbus shaxsan Vladimir Putin ko‘rsatmasi va hukumat topshirig‘i asosida amalga oshirilmoqda.
09:35 / 05.09.2025
Toshkent viloyatida IIB tergovchisi qamoqqa olindi

Toshkent viloyatida IIB tergovchisi qamoqqa olindi

Jinoyat kodeksi 210-moddasiga ko‘ra, pora olish BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqd…
09:26 / 04.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!