$
12130.01 UZS
32.08
153.04 UZS
1.27
14245.48 UZS
50.98
31° Kechasi 18°

Kun tarixi: 12-dekabr – Buyuk Britaniyada stol tennisi assotsiatsiyasi tashkil etilgan kun 

11:36 / 12.12.2019

Stol tennisini Hindiston va Janubiy Afrikada xizmat qilgan ingliz harbiylari o‘ylab topganini bilasizmi? Ko‘pchilik bu o‘yinning vatani Xitoy deb hisoblaydi. Biroq hozirgi stol tennisiga o‘xshash o‘yin XVI asrdayoq Angliya va Fransiyada mavjud edi. Faqat unda aniq belgilangan qoidalar bo‘lmagan. Bu o‘yin ping-pong nomi bilan mashhur.
Harbiylar dastlab, raketkalar o‘rniga sigaret qutilaridan, sharik – koptokcha o‘rniga shisha qopqoqlaridan va tennis stolidagi to‘rlar o‘rniga kitoblardan foydalanishgan. Ping-pongning rivojlanishiga 1900-yilda AQShdan ichi bo‘sh sellyuloid to‘plarini olib kelgan ingliz Jeyms Gibb katta hissa qo‘shgan.

Похожее изображение

“Ping-pong” nomining kelib chiqishiga oid tarixiga oid aniq faktlar ma’lum emas. Uni Gibbning o‘zi ixtiro qilgan deb ishoniladi. Ammo bu nom 1901-yilda “Jon Jak va uning o‘g‘illari” kompaniyasi tomonidan kiritilgan. Ushbu kompaniya “Ping-pong” nomini rasmiy ravishda ro‘yxatdan o‘tkazib, patent olgan va Amerikada ushbu o‘yin uchun sport anjomlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan “Parker brazers” kompaniyasiga bu nomdan foydalanish huquqini bergan.

Похожее изображение

Oradan hech qancha vaqt o‘tmay, stol tennisi mashhurlikka erishdi. 1901-yil 12- dekabrda Buyuk Britaniyada stol tennisi assotsiatsiyasi tashkil etildi.

O‘tgan asrning boshlarida stol tennisi qoidalari yana-da murakkablashdi. Biroq o‘yin hali alohida sport turi maqomini olmagan edi. Ushbu o‘yin, asosan, britaniyalik aristokratlar tomonidan kechki ovqatdan keyin va faqat o‘yin-kulgi ko‘rinishida o‘tkazilardi. XX asr boshlaridagi o‘yin qoidalariga ko‘ra, o‘yin paytida erkaklarga kostyum, ayollarga esa ko‘ylak kiyishga ruxsat etilmagan.

O‘sha paytlarda stol tennisidagi raketka ushlagichlari uzun, yuzasi keng va nok shakliga o‘xshash bo‘lgan.

Картинки по запросу В Великобритании основана Ассоциация настольного тенниса

1920-yillarda Angliya va Uelsda stol tennisi mashhurligining yangi davri boshlandi. Yevropa assotsiatsiyalari va Uzoq Sharq mamlakatlarida milliy birlashmalar paydo bo‘ldi. Bu esa qoidalarni xalqaro miqyosda standartlashtirish muammosini hal qilishga imkon berdi. 1926-yilda Xalqaro stol tennisi federatsiyasi tashkil etildi, bir yildan so‘ng Londonda stol tennisi bo‘yicha birinchi jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

Похожее изображение

1988-yilda stol tennisi Olimpiya o‘yinlariga kiritildi. Bugungi kunda u dunyodagi eng mashhur sport turlaridan biri bo‘lib, 850 milliondan ortiq muxlislariga ega. Bu o‘yin, ayniqsa, Xitoyda ommalashgan.


Bu ham qiziq

Belarus hukumati 123 nafar siyosiy mahbusni ozod qildi

Belarus hukumati 123 nafar siyosiy mahbusni ozod qildi

The Insider nashr bu haqda Belarus prezidenti matbuot xizmati bayonotiga tayanib xabar bermoqda.
08:34 / 14.12.2025
Urganchda MChJ 6 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘mardi

Urganchda MChJ 6 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘mardi

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 6 milliard 33 million so‘mlik…
11:57 / 15.12.2025
Zelenskiy Trampning tinchlik rejasini Ukrainaga moslab qayta ko‘rib chiqmoqda

Zelenskiy Trampning tinchlik rejasini Ukrainaga moslab qayta ko‘rib chiqmoqda

WSJ gazetasining yozishicha, Zelenskiy o‘z xalqi ishonchini yo‘qotmagan holda Oq uyning taklifiga konstruktiv yondashmoqchi …
08:34 / 15.12.2025
Zelenskiy Berlinda AQSh va Yevropa vakillari bilan uchrashadi

Zelenskiy Berlinda AQSh va Yevropa vakillari bilan uchrashadi

Associated Press agentligining xabar berishicha, AQSh prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff hamda kuyovi Ja…
16:29 / 14.12.2025
Estoniya Rossiya bilan chegarada bunkerlar qurishni boshladi – manba

Estoniya Rossiya bilan chegarada bunkerlar qurishni boshladi – manba

“Shuningdek, tikanli maxsus simlar va “ajdaho tishlari” turidagi to‘siqlar zaxirasi shakllantirilgan bo‘lib, zarurat tug‘ilg…
17:48 / 13.12.2025
“Gryaz” yetakchisi Turkiyada ushlandi

“Gryaz” yetakchisi Turkiyada ushlandi

O‘zbekistonda bir qator og‘ir jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, uzoq vaqt qidiruvda bo‘lgan “Gryaz” laqabli jinoiy uyu…
11:54 / 14.12.2025
Hasanboy Do‘stmatov Jahon chempionatining eng yaxshi bokschisi deb topildi

Hasanboy Do‘stmatov Jahon chempionatining eng yaxshi bokschisi deb topildi

Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) tomonidan tashkil etilgan nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi safida 13 nafar bo…
17:03 / 14.12.2025
16-dekabr kungi ob-havo ma’lumoti

16-dekabr kungi ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 16-dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib …
16:37 / 15.12.2025
"Inson taqdiri statistikadan ming karra muhimroq" - Saida Mirziyoyeva

"Inson taqdiri statistikadan ming karra muhimroq" - Saida Mirziyoyeva

Biz oilaviy zo‘ravonlikka qarshi qonun qabul qilgan Markaziy Osiyodagi birinchi davlatmiz. Bolalarga nisbatan sodir etilgan …
22:01 / 15.12.2025
Jahon banki O‘zbekistonga 250 million dollar qarz beradi

Jahon banki O‘zbekistonga 250 million dollar qarz beradi

Jahon bankining ijrochi direktorlar kengashi O‘zbekiston uchun 250 million dollarlik moliyalashtirish paketini ma’qulladi.
17:31 / 15.12.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!