Rasmiylarning ma’lum qilishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon va Farg‘ona viloyatlari bo‘yicha boshqarmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qirg‘iz Respublikasidan “Vodil avto” chegara bojxona posti orqali Farg‘ona viloyati hududiga o‘tgan vaqtida Andijon shahrida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro to‘xtatilib, o‘rnatilgan tartibda tekshirilgan.
Natijada, ushbu shaxs jami 859 dona zargarlik buyumlari va 1 dona qo‘l soatini egnidagi kiyimlari ostiga yashirgan holda qo‘shni davlatdan olib kelganligi aniqlangan.
Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, kimyoviy tarkibi oltin hisoblangan, brilliant toshlari bilan bezatilgan mazkur zargarlik buyumlarining sof og‘irligi 4 kg 155 gramm bo‘lib, umumiy bahosi 5 mlrd 213 mln so‘mni tashkil etadi.
Aniqlanishicha, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida yashovchi 10 nafarga yaqin savdogarlar tomonidan Turkiya davlatidan Qirg‘iz Respublikasiga olib kelingan ushbu zargarlik buyumlarini mazkur shaxs 400 AQSh dollari xizmat haqi evaziga chegara bojxona postidan o‘tkazib berishi kerak bo‘lgan.
Hozirda fuqaroga nisbatan Jinoyat Kodeksining 182-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida ushbu qimmatbaho buyum egalarining shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!