$
12964.43 UZS
-30.16
158.28 UZS
0.6
14744.45 UZS
-17.4
20° Kechasi

Pandemiya: xonalarni viruslardan xoli qilish yo‘llari

09:56 / 02.04.2020

Koronavirus pandemiyasi yuz berayotgan hozirgi davrda uy va kvartiralarni muntazam tozalab turish lozim. Bu ish uy shinamligini ta’minlabgina qolmay, balki patogen mikroblarni samarali yo‘q qilishga ham yordam beradi. Bugun aynan viruslarni yo‘qotish uchun uyingizni qanday tozalash kerakligi haqida so‘z yuritamiz. Bu, uyingizga bakteriya va viruslar kirib kelish xavfini minimallashtirishga yordam beradi.

Qaysi xonadan boshlagan ma’qul?
Uyni tozalash eng ichki xonadan boshlanishi kerak. Birinchi bosqichda yotoqxona va mehmonxona, keyin esa ayvon hamda oshxonaga o‘tiladi. Oxirida hammom va yo‘lak bilan yakunlanadi. Xonalarning tashqi yuzasini maxsus aralashma bilan artib chiqing, shundan keyingina polga o‘tiladi. Avvalo, parda va choyshablarni olib tashlab, yaxshilab yuvishingiz kerak. Gilamlarni qoqish va uyni maxsus sovunli aralashma bilan tozalash yodingizdan chiqmasin.

Bolalar o‘yinchoqlari haqida ham unutmang
Viruslar birinchi navbatda yumshoq buyumlarga to‘planadi, shuning uchun ularni vaqti-vaqti bilan yuvib turish kerak. Qolgan qismini dezinfeksiyali eritma bilan artib olish yetarli. Eski, keraksiz yumshoq o‘yinchoqlarni asrab o‘tirmang. Ular bolalarga virus va bakteriyalarni yuqtirmasligi uchun butunlay yo‘q qilish lozim.

Chang artganda
Nafaqat mebel, balki ichki eshiklar, rasm ramkalarini ham artish kerak. Xona gullari ham yaxshilab tozalanishi lozim. Chang artayotganda eng ko‘p ishlatiladigan va shuning uchun tez ifloslanadigan rozetkalar, boshqaruv paneli, kompyuter klaviaturasi va sichqonchasi, eshik tutqichlari, shuningdek, planshet va mobil telefonlarga alohida e’tibor berish kerak.

Xonalarni dezinfeksiyalash ketma-ketligi
Dezinfeksiyalashni boshlashdan oldin, allaqachon tozalangan xonalarga qaytib kelmaslik uchun harakatlanish yo‘nalishini ishlab chiqish kerak. Hamma narsani to‘plang va ularni joylariga joylashtiring. Kiyimlarni shkafga osib qo‘ying, o‘yinchoqlarni qutiga soling. Yuvilgan sirtga tushmasligi uchun yuqori lampa, karniz, qandil, deraza tokchalari, stol changlarini sidirib tashlang. Ramka, haykalcha va boshqa bezak elementlarini alohida artib oling. Polni supurgi yoki changyutgich bilan tozalang. Bunday holda, mebelning barcha joylarini tozalashga e’tibor qarating. Ikki chelak suv yordamida pollarni yuving: biri tozalash vositasi qo‘shilgan, ikkinchisi toza suv bo‘lsin.

Antibakterial tozalashni rezina qo‘lqop bilan amalga oshirish tavsiya qilinadi. Dezinfeksiya tugagandan so‘ng qo‘lingizni kamida 20 soniya davomida issiq suv va sovun bilan yuving.

Qaysi dezinfeksiyalash vositasini tanlagan ma’qul?
Oddiy latta yoki gubkadan ko‘ra bir marta ishlatiladigan spirtli sochiq (salfetka)lar bilan tashqi yuzani changdan tozalash ancha xavfsizroq. Yorlig‘ida antibakterial ta’siri alohida qayd etilgan sochiqlarni tanlang.
Agar qog‘oz sochig‘ingiz bo‘lmasa, uyda dezinfeksiyalash spreyini tayyorlash ham mumkin. Buning uchun 1 choyqoshiq suvda 4 choyqoshiq konsentrlangan oqartiruvchi vosita eritiladi. Keyin uni maxsus idishga solib, uy bo‘ylab purkab chiqiladi.
Bundan tashqari, dezinfeksiyalash vositasi yana quyidagilardan iborat bo‘lishi ham mumkin:
• etil yoki izopropil spirti;
• to‘rtlamchi ammiak;
• vodorod peroksidi eritmasi;
• glikolik kislota;
• natriy gipoxlorid.

Oshxona mebellarini tozalash uchun siz nafaqat an’anaviy dezinfeksiyalash vositalarini, balki ammiakning suvdagi eritmasini ham ishlatishingiz mumkin (1 litr suvga 1 oshqoshiq ammiak qo‘shiladi). Vannaxona xloramin B yoki oqartiruvchi vositalar bilan yaxshi tozalanadi.

Parda, gilam va choyshablarni tozalash
Parda, gilam, choyshablar, divan yopqichlarni yuvish uchun oddiy kir yuvish kukuni ham mos keladi. Shu bilan birga, kir yuvish mashinasidagi harorat 60° daraja qilib belgilanishi kerak. Patogenlarni yo‘q qilishda issiqlik bilan ishlov berish ham yaxshi samara beradi. Bug‘ yordamida tozalash, ayniqsa, yumshoq mebellar uchun qulay. Bug‘ moslamalarini 70° C da 5 daqiqa yoki 100° C da 1 daqiqa ushlab turing.
Efir moyi dezinfeksiyalash vositalarining o‘tkir hidlarini yo‘qotishga yordam beradi. Bir chelak toza suvga bir necha tomchi qo‘shish kifoya, kvartira havosi bir zumda yoqimli hid bilan to‘ladi. Samarasini kuchaytirish uchun siz aromalampa yordamida efir moyini ishlatishingiz mumkin. Nisbatan moʻtadil iforlar – limon, archa va evkalipt hidini tanlang.

Qancha muddatda amalga oshirish lozim?
Oddiy sharoitda tozalash har 3-4 kunda bir marta amalga oshiriladi, ammo virusli pandemiya paytida uni har kuni bajarish kerak. Chunki ba’zi sirtlarda mikroblar bir necha kun yashashi mumkin.
Dezinfeksiyalash jarayoni ko‘p vaqt va kuch talab qilishi mumkin, ammo u virus yuqishidan himoya qiladigan zaruratdir.


Bu ham qiziq

Farg‘ona va Xitoyning Urumchi shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Farg‘ona va Xitoyning Urumchi shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

“Farg‘ona–Urumchi–Farg‘ona” yo‘nalishida aviaparvozlar yo‘lga qo‘yiladi”, – deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA.
12:29 / 17.04.2025
Rossiyadagi uylardan birida 4 nafar o‘zbekistonlikning jasadi topildi

Rossiyadagi uylardan birida 4 nafar o‘zbekistonlikning jasadi topildi

Joriy yilning 13-aprel kuni Rossiyaning Kaliningrad shahri Gagarin ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyda 4 nafar O‘zbekiston fuqaro…
10:16 / 17.04.2025
O‘zbekiston va Ozarbayjon oziq-ovqat sanoatidagi qo‘shma loyihalarni muhokama qilmoqda

O‘zbekiston va Ozarbayjon oziq-ovqat sanoatidagi qo‘shma loyihalarni muhokama qilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillari Ozarbayjon Respublikasiga rasmiy tashrif bilan borishdi.
19:27 / 17.04.2025
Yangi Toshkentda Markaziy Osiyodagi eng yirik 20 gektarlik okeanarium quriladi

Yangi Toshkentda Markaziy Osiyodagi eng yirik 20 gektarlik okeanarium quriladi

14-aprel kuni Prezident Mirziyoyevga Yangi Toshkentdagi Chirchiq daryosi bo‘yidagi 20 gektar maydonda okeanarium qurish loyi…
09:51 / 18.04.2025
Jizzax shahriga 8 dona zamonaviy avtobuslar olib kelindi

Jizzax shahriga 8 dona zamonaviy avtobuslar olib kelindi

Yil yakuniga qadar shaharga yana 52 dona avtobuslar olib kelish rejalashtirilgan.
16:22 / 17.04.2025
Finlyandiyada mahalliy politsiya ish tashlash e’lon qildi

Finlyandiyada mahalliy politsiya ish tashlash e’lon qildi

Finlyandiya politsiyasi qariyb 50 yil ichida birinchi marta ish tashlash e’lon qildi. Ikki kunlik aksiya mamlakatning janubi…
20:32 / 17.04.2025
2027-yil Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tadi

2027-yil Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tadi

Qirg‘iziston parlamenti 2027-yil 24-yanvarda navbatdagi prezident saylovi bo‘lib o‘tishini tasdiqladi.
20:10 / 16.04.2025
Chet elliklar uchun “talaba vizasi” joriy qilinadi

Chet elliklar uchun “talaba vizasi” joriy qilinadi

Prezident tibbiyotda Andijon brendini yaratish bo‘yicha barcha imkoniyatlar borligini ta’kidladi.
21:00 / 16.04.2025
Bugun Parijda AQSh va Ukraina rasmiylari uchrashuv o‘tkazadi

Bugun Parijda AQSh va Ukraina rasmiylari uchrashuv o‘tkazadi

Bu haqda Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak ma’lum qildi.
12:53 / 17.04.2025
O‘zbekistonning aholi eng zich joylashgan hududlari ma’lum qilindi

O‘zbekistonning aholi eng zich joylashgan hududlari ma’lum qilindi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-aprel holatiga respublika bo‘yicha aholi zichligi 1 km² ga …
11:29 / 17.04.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!