$
11838.92 UZS
-64.23
₽
147.05 UZS
0.3
€
13248.94 UZS
-80.21
31° Kechasi 18°

Markaziy bank yillik asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi

15:42 / 12.06.2025

Markaziy bank boshqaruvi 2025-yil 12-iyundagi yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qolish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Yil boshidan o‘suvchi trendda shakllanib kelgan umumiy inflyatsiya darajasi may oyida o‘tgan yilgi energiya tariflari oshirilishining birlamchi ta’siri chiqib ketishi hisobiga pasayib, yillik 8,7 foizga teng bo‘ldi. Aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari umumiy inflyatsiyadan yuqori darajada shakllanmoqda.  

Xizmatlar inflyatsiyasi tezlashishi hisobiga bazaviy inflyatsiyaning o‘suvchi dinamikasi davom etib, may oyida yillik 8,5 foizga yetdi. Iqtisodiyotda yalpi talab yuqoriligi sharoitida joriy energiya narxlari oshirilishining ikkilamchi ta’sirlari yuzaga chiqishi inflyatsion bosimlarning uzoqroq davom etishiga ishora beradi.   

Joriy yilning yanvar–may oylarida iqtisodiyotdagi yuqori faollik yalpi talabning shakllanishida asosiy omillardan biri bo‘ldi. Bu savdo va pullik xizmatlardan tushumlar va transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmlarining oshishi hamda banklararo tranzaksiyalar hajmi va ko‘chmas mulk savdosi bitimlari soni o‘sishida namoyon bo‘lmoqda.   

Shuningdek, iqtisodiyotga kredit ajratish sur’atlarining yuqori darajada saqlanib qolayotgani va byudjet xarajatlarining o‘sishi ham iqtisodiy faollikni rag‘batlantirishga hissa qo‘shmoqda. Ushbu omillar kelgusida yalpi talabni qo‘llab-quvvatlab, iqtisodiyotdagi narxlar darajasiga bosimni kuchaytirishi mumkin.   

Jahon iqtisodiyotidagi noaniqliklar hamda xalqaro savdodagi keskinliklar natijasida ko‘p davlatlarda pul-kredit sharoitlari qat’iyligi uzoqroq davom etishi kutilmoqda. Shu bilan birga, so‘nggi oylardagi ayrim oziq-ovqatlar jahon narxlari o‘sishi kelgusida ichki narxlarga qo‘shimcha bosim yaratishi ehtimoli mavjud.   

An’anaviy eksport tovarlari birja narxlarining yuqori darajada saqlanib qolishi va hamkor davlatlarda almashuv kursi mustahkamlanishi eksport tushumlari hamda transchegaraviy pul o‘tkazmalari o‘sishini qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu, o‘z navbatida, mamlakatga xorijiy investitsiyalar oqimi oshishi bilan birga ichki valyuta bozorida takliflarning barqaror shakllanishiga xizmat qilib, kelgusi oylarda almashuv kursi tomonidan inflyatsiyaga bosimlarning kamayishiga hissa qo‘shadi.   

Pul-kredit sharoitlarining joriy qat’iylik darajasi saqlab qolinishi kelgusida kreditlash hajmi o‘sishining mo‘tadillashuvi va depozitlarning yuqori o‘sish sur’atlari davom etishini ta’minlaydi. Bu yalpi talabni muvozanatlashtiruvchi va monetar omillarning inflyatsiyaga ta’sirini kamaytiruvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.   

Yuqorida keltirilgan omillarni hisobga olib, o‘rta muddatli istiqbolda narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani o‘zgarishsiz, 14 foiz darajasida qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.   

Markaziy bank tomonidan o‘rta muddatli istiqbolda inflyatsiyaning 5 foizlik target darajasigacha pasayishiga erishish uchun pul-kredit sharoitlarining yetarli darajada qat’iyligi ta’minlanadi.   

Iqtisodiyotdagi yalpi talab va ikkilamchi ta’sirlarning narxlarga oshiruvchi bosimlari kelgusi oylarda kutilganidan ko‘ra kuchayishi bo‘yicha ehtimollar va asoslar yuzaga kelgan taqdirda pul-kredit sharoitlari qat’iyligi qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.  


O‘zbekiston


														
														Sirdaryoda ikki kişini öldirgan ayol 13 yil 4 oyga qamaldi

Sirdaryoda ikki kişini öldirgan ayol 13 yil 4 oyga qamaldi

Sirdaryo viloyatining Şirin şahrida erining qonuniy rafiqasi va uning ikki qiziga piçoq bilan hujum qilgan 29 yoşli ayolga s…
11:59 / 26.10.2026

														
														Toshkentda Onix urib yuborgan 20 yoshli qiz vafot etdi

Toshkentda Onix urib yuborgan 20 yoshli qiz vafot etdi

Montserrat12pt Toshkent shahrining Uchtepa tumanida Onix rusumli avtomobil urib yuborgan 20 yoshli qiz shifoxonada vafo…
11:34 / 26.10.2026

														
														Ilon Mask AQSHdagi eng yirik siyosiy donorga aylandi

Ilon Mask AQSHdagi eng yirik siyosiy donorga aylandi

Milliarder Ilon Mask AQSHda Respublikachilar partiyasini qo‘llab-quvvatlash uchun 446 million dollar ajratib, mamlakatdagi e…
09:57 / 26.10.2026

														
														Yevropada qishki vaqtga o‘tildi: soatlar bir soat orqaga surildi

Yevropada qishki vaqtga o‘tildi: soatlar bir soat orqaga surildi

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25-oktabrga o‘tar kechasi qishki vaqtga o‘tdi. Shu munosabat bilan soat millari bir soat orqag…
09:54 / 26.10.2026

														
														Isitish mavsumida gazdan xavfsiz foydalanish bo‘yicha ogohlantirish berildi

Isitish mavsumida gazdan xavfsiz foydalanish bo‘yicha ogohlantirish berildi

Havo haroratining pasayishi va isitish mavsumining boshlanishi munosabati bilan gaz uskunalaridan xavfsiz foydalanish yuzasi…
09:31 / 26.10.2026

														
														20 ming dollarni chegaradan yashirincha olib chiqayotganlar ushlandi

20 ming dollarni chegaradan yashirincha olib chiqayotganlar ushlandi

Andijon viloyatida 20 ming AQSh dollarini xorijga noqonuniy olib chiqishga uringan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bojxona qo‘mi…
09:25 / 25.10.2026

														
														Uzoq davom etgan semizlik miya salomatligiga zarar yetkazishi mumkin — olimlar

Uzoq davom etgan semizlik miya salomatligiga zarar yetkazishi mumkin — olimlar

Luiziana shtati universiteti olimlari uzoq yillar davom etgan semizlik o‘rta yoshda miya holatining yomonlashuvi bilan bog‘l…
09:20 / 25.10.2026

														
														Ziroat Mirziyoyeva rahbarligidagi Global tarmoq bolalar salomatligi uchun dunyo Birinchi xonimlarini birlashtiradi

Ziroat Mirziyoyeva rahbarligidagi Global tarmoq bolalar salomatligi uchun dunyo Birinchi xonimlarini birlashtiradi

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva tarmoq…
14:49 / 24.10.2026

														
														30-oktyabr kuni V “Zakovat-Gambit” shaxmat turnirining final bahslari bo‘lib o‘tadi

30-oktyabr kuni V “Zakovat-Gambit” shaxmat turnirining final bahslari bo‘lib o‘tadi

19-23-oktyabr kunlari V “Zakovat-Gambit” turnirining hududiy saralash o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Bu yil musobaqada ishtirok eti…
14:14 / 24.10.2026

														
														Gaz ta’minotidagi qonunbuzilishlar: respublika bo‘ylab o‘tkazilgan reydlar natijasi

Gaz ta’minotidagi qonunbuzilishlar: respublika bo‘ylab o‘tkazilgan reydlar natijasi

Joriy kuz-qish mavsumida mamlakatimizda tabiiy gaz tarmoqlariga ulanmagan hududlar aholisini suyultirilgan gaz bilan uzluksi…
09:39 / 24.10.2026

Bu ham qiziq

"Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi sammit mehmonlari bilan birgalikda markaziy qahramoni Bola bo‘lgan ko‘rgazmani tomosha qildilar.

"Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi sammit mehmonlari bilan birgalikda markaziy qahramoni Bola bo‘lgan ko‘rgazmani tomosha qildilar.

Ko‘rgazmada tashrif buyuruvchilarga bolaning dunyoga kelishidan ancha oldin — bo‘lajak onaga g‘amxo‘rlik qilishdan boshlanib…
15:45 / 23.10.2026
Ziroat Mirziyoyeva rahbarligidagi Global tarmoq bolalar salomatligi uchun dunyo Birinchi xonimlarini birlashtiradi

Ziroat Mirziyoyeva rahbarligidagi Global tarmoq bolalar salomatligi uchun dunyo Birinchi xonimlarini birlashtiradi

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva tarmoq…
14:49 / 24.10.2026
Ilon Mask AQSHdagi eng yirik siyosiy donorga aylandi

Ilon Mask AQSHdagi eng yirik siyosiy donorga aylandi

Milliarder Ilon Mask AQSHda Respublikachilar partiyasini qo‘llab-quvvatlash uchun 446 million dollar ajratib, mamlakatdagi e…
09:57 / 26.10.2026
O‘zbekistonda 3 mingdan ortiq gaz balloni va 13,6 tonna suyultirilgan gaz noqonuniy muomaladan olindi

O‘zbekistonda 3 mingdan ortiq gaz balloni va 13,6 tonna suyultirilgan gaz noqonuniy muomaladan olindi

O‘zbekistonda 19–21-oktabr kunlari o‘tkazilgan reydlarda noqonuniy muomalada bo‘lgan 3 mingdan ortiq gaz balloni va ularda s…
23:49 / 22.10.2026
Toshkentda Onix urib yuborgan 20 yoshli qiz vafot etdi

Toshkentda Onix urib yuborgan 20 yoshli qiz vafot etdi

Montserrat12pt Toshkent shahrining Uchtepa tumanida Onix rusumli avtomobil urib yuborgan 20 yoshli qiz shifoxonada vafo…
11:34 / 26.10.2026
60 ming kishilik Xitoy qo‘shiniga qarshi turgan shahar qanday vayron bo‘ldi?

60 ming kishilik Xitoy qo‘shiniga qarshi turgan shahar qanday vayron bo‘ldi?

Namangan viloyati hududida joylashgan qadimiy Axsikent shahri 1620-yilda yuz bergan kuchli zilzila oqibatida vayron bo‘lgan.…
10:54 / 23.10.2026
Ayrim xizmatlarda hujjatlarning elektron shakli qabul qilinadi

Ayrim xizmatlarda hujjatlarning elektron shakli qabul qilinadi

O‘zbekistonda fuqarolar ayrim xizmatlardan foydalanishda hujjatlarning qog‘oz nusxasini taqdim etmasdan, ularning elektron s…
23:52 / 22.10.2026
Saida Mirziyoyeva Ashxoboddagi “ONA. Ona tabiat” ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Saida Mirziyoyeva Ashxoboddagi “ONA. Ona tabiat” ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Ashxobodda tashkil etilgan “ONA. Ona tabiat” ko‘rgazmasi menda juda iliq taassurot qoldirdi.
09:19 / 22.10.2026
Yevropada qishki vaqtga o‘tildi: soatlar bir soat orqaga surildi

Yevropada qishki vaqtga o‘tildi: soatlar bir soat orqaga surildi

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25-oktabrga o‘tar kechasi qishki vaqtga o‘tdi. Shu munosabat bilan soat millari bir soat orqag…
09:54 / 26.10.2026
FIFA U-20 Jahon chempionati sanalari e’lon qilindi

FIFA U-20 Jahon chempionati sanalari e’lon qilindi

2027 yilda O‘zbekiston va Ozarbayjonda o‘tkaziladigan FIFA U-20 Jahon chempionati 17-sentabrdan 9-oktabrgacha davom etadi. B…
23:44 / 22.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!