$
12739.95 UZS
7.39
139.14 UZS
-0.23
14191.03 UZS
9.5
28° Kechasi 16°

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Qatar bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi

10:07 / 21.06.2021

20-iyun kuni Toshkentdagi “Hilton” mehmonxonasida O‘zbekiston va Qatar futbol assotsiatsiyalari prezidentlari Abdusalom Azizov va Shayx Hamad bin Halifa Bin Ahmad Al Tani o‘rtasida o‘zaro Hamkorlik shartnomasini imzolashga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda ikki mamlakat futbol federatsiyalari prezidentlari futbolni rivojlantirish, futbol birdamligini oshirish, o‘zaro tajriba almashish, musobaqalar tashkilotchiligi, murabbiylar malakasi va futbol jarayonlari xavfsizligi bilan bog‘liq masalalarni o‘z ichiga olgan hamkorlik shartnomasini imzoladilar.

O‘FA rahbari Abdusalom Azizov futbolni rivojlantirish, ayniqsa, terma jamoalarga foyda keltiradigan iqtidorli futbolchilarni tarbiyalash, terma jamoalarni tizimli ravishda shakllantirish muhim ekanligi haqida gapirdi. Shuningdek, O‘FA rahbari murabbiylarning malakasini oshirish va yana ko‘plab dolzarb masalalarda Qatar bilan yaqin hamkorlik qilinayotganidan mamnun ekanligini ma’lum qildi.

Kelishuvga kiritilgan yangi qo‘shimchalar sifatida ikki futbol assotsiatsiyasi tomonidan kelishilgan o‘yinlar va futboldagi korrupsiya xavfini yengish uchun amalga oshirilgan ishlarni yanada rivojlantirishga o‘z xissasini qo‘shishi ta’kidlandi.

Shayx Hamad bin Halifa Bin Ahmad Al Tani O‘FA prezidentini O‘zbekiston 2022-yilgi 23 yoshli futbolchilar o‘rtasida o‘tadigan Osiyo kubogi musobaqasiga mezbonlik huquqini qo‘lga kiritgani bilan tabrikladi va QFAning barcha masalada yordamga tayyor ekanligini bildirdi. 

O‘zbekiston va Qatar futbol assotsiatsiyalari rahbarlari davom etayotgan koronavirus pandemiyasi davrida Osiyo futbol konfederatsiyasiga a’zo assotsiatsiyalar futbolni rivojlantirish uchun ko‘proq hamkorlik qilishlari zarurligini ta’kidladilar. Shuningdek, suhbat davomida OFK musobaqalariga tegishli boshqa bir qator masalalar ham ko‘rib chiqildi.


Bu ham qiziq

Boysundagi kondan yana zaharli gaz sizib chiqishi oqibatida 2 kishi vafot etdi

Boysundagi kondan yana zaharli gaz sizib chiqishi oqibatida 2 kishi vafot etdi

“Mustaqillikning 25-yilligi” (M-25) gaz konida 17-sentyabr kuni tushdan keyin yana vodorod sulfidi gazi sizib chiqishi holat…
14:12 / 18.09.2024
Yo‘taldan qutila olmayapsizmi? Unda bu usulni qo‘llab ko‘ring!

Yo‘taldan qutila olmayapsizmi? Unda bu usulni qo‘llab ko‘ring!

Yo‘tal — organizmning o‘ziga xos bo‘lmagan himoya reaksiyasi.
11:20 / 18.09.2024
800 nafar o‘zbekistonlik hamshiralar Germaniyaga ishga yuboriladi

800 nafar o‘zbekistonlik hamshiralar Germaniyaga ishga yuboriladi

Shuningdek, Germaniyaga ishga yuboriladigan hamshiralar kamida €2200 maosh oladi.
15:22 / 17.09.2024
Qoraqalpog‘istonda “Adliya sayli” bo‘lib o‘tdi

Qoraqalpog‘istonda “Adliya sayli” bo‘lib o‘tdi

“Mamlakat kelajagi — qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan” g‘oyasi asosida yoshlar o‘rtasida huquqbuza…
20:24 / 18.09.2024
Ayollar erkaklardan tezroq qariydi. Nega?

Ayollar erkaklardan tezroq qariydi. Nega?

Har xil darajadagi gormonlar.
11:32 / 18.09.2024
Shaxmat Olimpiadasi. O‘zbekiston terma jamoasi Ukrainani mag‘lub etdi

Shaxmat Olimpiadasi. O‘zbekiston terma jamoasi Ukrainani mag‘lub etdi

45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasining 7-tur o‘yinlari ham o‘z nihoyasiga yetdi.
09:04 / 19.09.2024
Urganch davlat universitetiga nisbatan chora ko‘rildi

Urganch davlat universitetiga nisbatan chora ko‘rildi

Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar berdi.
12:08 / 18.09.2024
Surxondaryoda avtohalokat oqibatida 19 yoshli uch sinfdosh vafot etdi

Surxondaryoda avtohalokat oqibatida 19 yoshli uch sinfdosh vafot etdi

Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati xabar bergan.
13:16 / 18.09.2024
Stomatitning oddiy davosi

Stomatitning oddiy davosi

Stomatitni uy sharoitida 3 ta mahsulot bilan davolash mumkin.
11:12 / 18.09.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!