Wi-Fi-router qurilmasini o‘z joyidan atigi bir necha santimetrga o‘zgartirish yoxud uning joyini boshqa joyga ko‘chirish ham qurilmaning sifatli to‘lqin olishi va ishlash tezligini yaxshilanishi mumkin. Eng muhimi, kerakli manzil tomon yo‘naltirilsa bo‘lgani.
Agar siz Maksvellning elektromagnit maydon darajasi haqidagi qarashlari maishiy hayotda unchalik as qotmaydi, deb o‘ylasangiz, adashasiz. Masalan, Londonning Imperiya kolleji tadqiqotchisi Jyeyson Koul elektromagnit nurlanishning namoyon bo‘lishidagi muhim belgilarni o‘rganibgina qolmay, balki undan maishiy hayotda foydalanish borasida ham tadqiqot olib bormoqda.
Texnika taraqqiy etgan bugungi kundagi ommabop Wi-Fi-routerlar 2,4 GGs. diapazonda ishlaydi. Agar sizning xonadoningiz, ishxonangizda Wi-Fi-router qurilmasi bo‘lsa, uning yorug‘lik signali aniq nuqtada yaxshi yonsa, demak, routerning uzatuvchi to‘lqini ham, internetning ham sifati yaxshi ekanligidan dalolat beradi.
Agar routerning erkin harakat qilishiga tabiiy to‘siqlar halaqit bermasa, bunday holatda uning ishlash tezligi sizni quvontirishi aniq. Ammo masalaning boshqa tomoni ham bor. Bu – to‘lqinning turg‘un holati deb ataladi. Bunda interferensiya – tovush to‘lqinining kuchayishi yoki susayishi yuz beradi, natijada aloqa sifati yomonlashadi. Siz bunday holatda mustaqil ravishda aniq to‘lqin maydonni bila olmaysiz, Koulning algoritmga oid ishlarida esa bunday holat ham hisobga olingan. Bu usul ish berishi uchun tadqiqotchi emulyatorni Androidga ilova qildi va Google Playga joylashtirdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!