Bugun, 7-dekabr kuni Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Termiz aeroport” chegara bojxona postining “yashil” yo‘lagi orqali xorijga ketayotgan M.N ismli shaxs o‘zining shubhali hatti-xarakatlari bilan bojxona xodimlarining e’tiborini tortdi. Shundan so‘ng ushbu fuqaro belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilganda u o‘zi bilan birga qadimiy tangalarni olib ketayotganligi ma’lum bo‘lgan. Bu haqida davlat bojxona qo‘mitasi xabar bermoqda.
Mazkur shaxsning egnidagi kiyimlari cho‘ntagidan har birining qadimiyligi 50 yildan oshgan 20 dona tanga borligi ma’lum bo‘lgan.
Hozirda mazkur tangalar Termiz arxeologiya muzeyiga topshirilib, holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!