Okean va dengiz qari hamisha inson e'tiborini o‘ziga jalb etib kelgan. Tinib-tinchimas insonni ko‘proq undagi tirik jonzodlar va uning qa'rida yashiringan sirlar qiziqtirgan. Tadqiqotlar natijasida ilk suv ostiga sho‘ng‘ish apparatlari kashf qilinmaguncha uzoq yillar davomida bu savollar javobsiz qolgan.
Bir qancha suv manbalari ostida qilingan izlanishlar juda ko‘plab ilmiy dalillar va tirik organizmlarni kashf qildi. Shu bilan birgalikda tadqiqodchilar suv qa'ridan o‘zlari hech kutmagan narsalarni ham topishadi. Ayon bo‘lishicha, dengiz va okeanlar o‘z qarida nafaqat cho‘kib ketgan kemalar bo‘lagini, balki bebaho nodir buyumlar va tabiat hodisalarini ham yashirgan. Hozir biz sizga mana shunday g‘aroyibotlarning 10 tasi to‘g‘risida so‘zlab bermoqchimiz.
“Apallon - 11”ning dvigatellari
1969 yildagi oyga parvozdan so‘ng “Apallon - 11”ning dvigatellari Atlantika okeani tubidan joy olgan. 2012 yil Amazon internet-do‘koni rahbari milliarder Jyeff Bezos ularni topib, suv yuzasiga olib chiqishga kirishdi. Raketa bo‘laklari gidrolokator yordamida taxminan 4300 metr chuqurlikdan topilgan. Ularni suv yuzasiga olib chiqish jarayoni uchun uch haftacha vaqt sarflandi. Shundan so‘ng dvigatellar Amerika kosmik agentligiga topshirildi.
Hukumat komissiyasining majlisi
2009 yilda Muhammad Nashid dunyoda birinchi bo‘lib suv ostida Vazirlar Mahkamasi majlisini chaqirdi. Majlis ishtirokchilari gidrokostyum va akvalanglar kiyib olgan edilar. Majlis Girifushi oroli yaqinida 6 metr chuqurlikda o‘tkazildi. Maldiv respublikasi prezidenti shu yo‘l bilan omma e'tiborni iqlim o‘zgarishlari va okean darajasining ko‘tarilishi muammolariga ko‘proq jalb qilishni istagan.
Yer osti daryosi
Meksikadagi Anxelita suvosti g‘ori go‘yo ikkiga ajralgan dunyoga o‘xshaydi. Suv ostida ko‘rinish 30 metrlik chuchuk suv qatlamidan yer dunyosiga o‘tib ketadi: orolcha, barglari to‘kilayotgan daraxt va tarkibida serovodorod (vodorod sulfid) qatlami bo‘lgan yerosti daryosi.
Lokomotivlar
Kema bo‘laklarining suv tubida yotishi odatiy, biroq u yerda poyezd qismlari topilsa nima deysiz? 1985 yilda Nyu-Jyersidagi Long-Branch sohillaridan 1850 yillarning ikkita kamyob lokomotivlari topilgan. Buni ustiga ularning qanday qilib bu joyda paydo bo‘lgani noaniq. Bir taxminga ko‘ra, ular belgilangan joyiga olib ketilyotganda qattiq to‘fon tufayli barjadan tushib ketgan.
Qadimiy yapon yodgorligi
1985 yilda g‘avvoslar Ryukyu arxipelagidagi Sakisima orollarining Yaeyama guruhiga kiruvchi Yonaguni orolida noaniq qoya jismga duch kelishgan. Topilma Yonaguni yodgorligi nomini oldi. Uning to‘g‘ri tomonlari ko‘p bo‘lib, peshayvon zinalarini eslatib yuboradi. Olimlarning fikriga ko‘ra, yodgorlik bundan 5000 yil oldin qurilgan.
Suv o‘rgimchagi
Agar siz o‘rgimchaklar faqat quruqlikda yashaydi, deb o‘ylasangiz, demak hali Cybaeidae oilasiga kiruvchi kumush-o‘rgimchakni ko‘rib ulgurmagansiz. U o‘ziga xos tuzilishga ega bo‘lib, suvga sho‘ng‘ish vaqtida uning tuklari orasida havo qolib ketadi. Bu esa uni suv ostida uzoq qolishiga sabab bo‘ladi. Suv o‘rgimchagi butun Yevropa va Shimoliy Osiyo bo‘ylab sekin oquvchi va tinch turgan suvlarda uchraydi.
Qadimiy shahar
Xitoyning Chjetszyan muzofotidagi Mingta orollar ko‘li tubida butun bir shahar joylashgan. GES qurilishi paytida hududni suv bosgan. 50 000 ark qishloq xo‘jaligi yerlari va 27 ta shahar suv ostida qolgan. Ularning ko‘pchiligi deyarli endi qurilgan holicha saqlangan.
Michigan ko‘lining Stounxendji
2007 yilda cho‘kkan kemalarni gidrolokator yordamida qidirib yurgan tadqiqodchilar guruhi Michigan ko‘li tubida suvosti strukturasini topishdi. 15 metr chuqurlikdagi suv ostida mashhur Stounxendjni eslatib yuboruvchi tuzilish joylashgan. Taxmin qilinishicha, konstruksiyaning yoshi 10 000 yoshni tashkil qiladi.
Xazina
Kemalar bilan birgalikda dengiz xazinalari ham suv qa'rida o‘zining so‘nggi manzilini topgan. Ko‘plab bebaho xazinalar to‘g‘risidagi hikoyalar aslo afsona emas. Mana shunday bebaho yuklarning biri SS Gairsoppa nomli Britaniya savdo kemasida bo‘lgan. Bu kema 1940 yilda hind portlaridan biri Kalkuttadan yo‘lga chiqib, o‘zining so‘nggi manziliga yetib borolmadi. U nemis suvosti kemasi tomonidan cho‘ktirilgan. 2011 yilda kema qoldiqlari va 48 tonna og‘irlikdagi 1200 ta kumush quymasi topilgan. Biroq bu hali kemadagi boylikning 20 foizi, xolos. Qolgan 80 foizi suv tubining qayeridadir orom topgan.
Suvosti muzeyi
2010 yilning dekabrida Kankunda g‘aroyib muzey ochildi. Galereya quruqlikda emas, balki Karib basseynining sayoz joyida, suv ostida joylashgan. Muzey kolleksiyasi 2 metrdan 10 metrgacha bo‘lgan chuqurlikda o‘rnatilgan. Ekspozitsiyani 403 ta haykallar tashkil etadi. Art-jismlarni suv o‘tlari bosib ketishi sababli ularni vaqti-vaqti bilan almashtirib turishga to‘g‘ri keladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!