$
11903.15 UZS
-62.36
₽
146.75 UZS
0.79
€
13329.15 UZS
-108.12
31° Kechasi 18°

O‘zbekistondagi masjidlar soni yana bittaga ko‘paydi

07:02 / 28.12.2019

Bugun, juma kuni yurtimiz musulmonlari uchun munosib tuhfa o‘laroq O‘zbekistondagi masjidlar soni yana bittaga ko‘paydi. Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida “Abdulloh ibn Muborak” jome masjidi ro‘yxatdan o‘tkazilib, faoliyat yurita boshladi. Bu haqida O‘MI Matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Qorovulbozor tumanida shu vaqtgacha masjid yo‘q edi. Bugungi kunda tumanda 19 000 aholi istiqomat qiladi. Aholining ko‘p qismi jamoat namozlarini ado etish uchun tumandan 50 km masofada joylashgan Kogon tumanidagi masjidlarga qatnar edi. Bu albatta ko‘pchilikka qiyinchilik tug‘dirar, ayniqsa keksalar uchun mushkul holat edi. “Tumanimizda ham masjid bo‘lsa edi”, deya orzu qilishar edi. 

Nihoyat bu borada qilingan hatti-harakatlar, urinishlar zoye ketmadi. Aholining bir necha bor qilgan murojaatlari inobatga olinib, mahalliy hokimlik tomonidan masjid qurilishi uchun “Tinchlik” mahallasi hududidan yer ajratildi. 

Xalq hashari yo‘li bilan bu joyda zamon talablariga javob beradigan va namozxonlar uchun qulay sharoitlarga ega 450-500 kishilik sig‘imga ega bo‘lgan masjid qurildi. Tegishli hujjatlar tayyorlanib, viloyat adliya boshqarmasidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqida guvohnoma olindi.  Masjidga islom olamidagi ulug‘ tobeinlardan biri  “Abdulloh ibn Muborak” nomi berildi”, deyiladi xabarda.

Bugun, 27-dekabr kuni masjidda ilk bor juma namozi ado etildi. Shukrona sifatida elga osh dasturxoni yozildi. Marosimga O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo‘limi mudiri Muhammadnazar domla Qayumov, ulamolar, imom-xatiblar tashrif buyurib, hudud aholisini yangi masjid bilan muborakbod etdilar.

Shu bilan O‘zbekistondagi masjidlar soni 2066 taga yetdi. Eslatib o‘tamiz, joriy yilning o‘zida 10 ta yangi masjid ochilib, faoliyat yurita boshladi.


Bu ham qiziq

AQSh Meksika chegarasida migrantlarga qarshi issiqlik qurolini sinashi mumkin

AQSh Meksika chegarasida migrantlarga qarshi issiqlik qurolini sinashi mumkin

AQSH Mudofaa vazirligi (Pentagon) Milliy xavfsizlik vazirligiga Meksika chegarasida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan issiqlik nuri…
23:56 / 22.10.2026
Ikki viloyatda qariyb 5,5 kg opiy musodara qilindi

Ikki viloyatda qariyb 5,5 kg opiy musodara qilindi

Samarqand va Xorazm viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida jami 5 kilogramm 527 gramm opiy moddasi musodara qil…
09:45 / 21.10.2026
Qashqadaryolik tadbirkor Prezidentga o‘zi ishlab chiqargan kiyimni sovg‘a qildi

Qashqadaryolik tadbirkor Prezidentga o‘zi ishlab chiqargan kiyimni sovg‘a qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatidagi 54 million dollarlik “Sulton Tex Group” to‘qimachilik fabrikasi faoliy…
15:58 / 21.10.2026
O‘zbekistonda 3 mingdan ortiq gaz balloni va 13,6 tonna suyultirilgan gaz noqonuniy muomaladan olindi

O‘zbekistonda 3 mingdan ortiq gaz balloni va 13,6 tonna suyultirilgan gaz noqonuniy muomaladan olindi

O‘zbekistonda 19–21-oktabr kunlari o‘tkazilgan reydlarda noqonuniy muomalada bo‘lgan 3 mingdan ortiq gaz balloni va ularda s…
23:49 / 22.10.2026
Uzoq muddatli elektr uzilishlariga qaramay, Ukraina Vengriya va Moldovaga elektr energiyasini sotmoqda

Uzoq muddatli elektr uzilishlariga qaramay, Ukraina Vengriya va Moldovaga elektr energiyasini sotmoqda

Ukrainaning “Ukrainian News” axborot agentligi seshanba kuni xabar berishicha, mamlakat ichidagi uzoq muddatli elektr uzilis…
17:20 / 20.10.2026
22-oktyabr —TARIX IZLARIDA

22-oktyabr —TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:57 / 22.10.2026
Rossiyadan o‘zbekistonlik ayol va uning farzandi vatanga qaytarildi

Rossiyadan o‘zbekistonlik ayol va uning farzandi vatanga qaytarildi

O‘zbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi ko‘magida Rossiyada ushlab turilgan o‘zbekistonlik ayol va mehribonlik uyi…
11:40 / 21.10.2026
Ayrim xizmatlarda hujjatlarning elektron shakli qabul qilinadi

Ayrim xizmatlarda hujjatlarning elektron shakli qabul qilinadi

O‘zbekistonda fuqarolar ayrim xizmatlardan foydalanishda hujjatlarning qog‘oz nusxasini taqdim etmasdan, ularning elektron s…
23:52 / 22.10.2026
Makkada nomaqbul harakat sodir etganlikda ayblangan ikki bangladeshlik qatl etildi

Makkada nomaqbul harakat sodir etganlikda ayblangan ikki bangladeshlik qatl etildi

2026-yil 14-oktyabr kuni Saudiya Arabistonining Makka mintaqasida masjid ichida nomaqbul harakat sodir etganlikda ayblangan …
17:31 / 20.10.2026
Andijonda “prava”si bo‘lmagan 20 yoshli yigit Labo bilan ag‘darilib ketdi.

Andijonda “prava”si bo‘lmagan 20 yoshli yigit Labo bilan ag‘darilib ketdi.

Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida YPX xodimining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmagan Labo haydovchisi boshqaruvni yo‘qoti…
15:55 / 21.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!