$
12621.29 UZS
-103.87
158.44 UZS
-0.21
14596.52 UZS
88.57
35° Kechasi 21°

“O‘zstandart” agentligi direktori: “Eksport qiluvchilarga kerakli barcha standartlarni olib beramiz”

18:27 / 22.08.2019

Bugun, 22-avgustda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “O‘zstandart” agentligi mutasaddilari ishtirokida brifing va jurnalistlar bilan muloqot bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “O‘zbekiston Respublikasida muvofiqlikni baholash tizimini yanada takomillashtirish, sinov laboratoriyalari kompleksini rivojlantirish to‘g‘risidagi”gi Prezident qarori ijrosi yuzasidan ma’lumot taqdim etildi. 

Shuningdek, anjumanda respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati va eksport hajmini oshirish, ularning xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqarilishini ta’minlash hamda mavjud sinov va kalibrlash laboratoriyalarini modernizatsiya qilish, aholiga sifatli va xavfsiz mahsulotlar yetkazib berish masalalari muhokama qilindi. 

Shuningdek, Ochiq muloqot davomida Xabardor.uz muxbirining “O‘zbekistondagi standartlar xalqaro standart talablariga javob bermaydi. Shu bois ko‘pgina mahsulotlarimizni chet elga eksport qila olmaymiz. Ularni uyg‘unlashtirish asosida, daromadli va sifatli eksport qilish uchun agentlik qanday chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda?”, deya bergan savoliga “O‘zStandart” agentligi direktori Dilshod Sattorov quyidagicha javob qaytardi: 
– Biz hozirda aynan shu masalada yangi ishlarni amalga oshiryapmiz. Milliyligimizdan, mahalliy iqlim sharoitidan kelib, chiqib yetishtiradigan mahsulotlarmizni xalqaro bozorga olib chiqadigan yo‘nalish ustida ishlayapmiz. Lekin bitta standart ishlab chiqish uchun 6 oy, ayrimlariga 2 yilgacha vaqt talab qilinadi. Chunki uni barcha davlatlarga isbotlashimiz kerak. Hozirda biz 14 turdagi mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha ish olib boryapmiz. Agar 2 yil avvalgi uyg‘unlashtirish masalasiga kelsak, juda eski standart edi. Hozirda yiliga 3 mingta standart qabul qilish orqali joriy va kelasi yillarda eksport qiluvchilarga kerakli barcha standartlarni olib beramiz, dedi D.Sattorov.

–  Masalan, hammaga bir xil standart kerak bo‘lmaydi. Kimgadir Amerikaning faqat bitta standarti kerak bo‘lishi mumkin. Agar ishlab chiqaruvchi so‘rasa, aytgan standartni olib beramiz. Undan so‘ng oldimizda turgan ikkinchi vazifa, ma’lum mahsulot standart asosida ishlab chiqilgandan so‘ng  amerikaliklarga shu standartga mosligini isbotlash uchun u yerdagi sinov laboratoriyasi kelishuv belgilaymiz. Hozirda elektrotexnika sohasidagi ayrim mahsulotlar to‘laligicha Amerika standarti asosida ishlab chiqarilmoqda, ta’kidladi u.

–  Shuningdek, eksport qiluvchi korxonalar xalqaro talab asosida sifat menejmentini joriy qiladigan bo‘lsa, Markazlashgan mablag‘ hisobidan to‘liq xarajatlar qoplab berilyapti. Biz korxonaning katta yoki kichikligidan kelib chiqib 10 million so‘mdan  40 million so‘mgacha bo‘lgan xarajatlarni nazarda tutyapmiz. Agar eksportbop mahsulot bo‘lsa, Amerika yoki Yevropa talabi asosida sinovdan o‘tkazilayotganda  40, 50, 60 millionlik sinovlar va sertifikatlash xarajatlari markazlashgan, ayniqsa, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining eksportga ko‘maklashish agentligi fondi hisobidan to‘liq qoplab berish mexanizmi qabul qilindi. Qolaversa, yo‘l haqi xarajatlarining ham 50 foizi qoplab beriladi. Bugungi kunda, eksportbop mahsulot ishlab chiqarish uchun barcha shart-sharoit yaratib berilmoqda.


Bu ham qiziq

2025-yilda O‘zbekistonga qancha choy import qilingan?

2025-yilda O‘zbekistonga qancha choy import qilingan?

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Xitoy yaqqol yetakchi
22:44 / 05.08.2025
5-avgust kuni yurtimiz bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

5-avgust kuni yurtimiz bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 35-37 daraja issiq bo‘ladi
22:52 / 04.08.2025
O‘tgan 6 oy davomida qancha xorijliklar tijoriy maqsadlarda yurtimizga tashrif buyurdi?

O‘tgan 6 oy davomida qancha xorijliklar tijoriy maqsadlarda yurtimizga tashrif buyurdi?

Statistika qo‘mitasi bu borada ma’lumotlarni ochiqladi
20:32 / 05.08.2025
Shavkat Mirziyoyevga Turkmanistonning oliy ordeni topshirildi

Shavkat Mirziyoyevga Turkmanistonning oliy ordeni topshirildi

Davlatimiz rahbari Oliy davlat mukofoti uchun Xalq Maslahat Kengashi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, Turkmaniston Prezident…
14:20 / 05.08.2025
Ertaga havo harorati 40 darajagacha koʻtariladi

Ertaga havo harorati 40 darajagacha koʻtariladi

“Oʻzgidromet” ertaga, 5-avgust kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.
17:19 / 04.08.2025
Zo‘ravonlik va shilqimlik uchun 6 mingdan ortiq shaxs javobgarlikka tortilgan

Zo‘ravonlik va shilqimlik uchun 6 mingdan ortiq shaxs javobgarlikka tortilgan

Ma’lum qilinishicha, 2025-yilning birinchi yarmida mazkur moddalar asosida quyidagi huquqbuzarliklar aniqlangan.
10:55 / 05.08.2025
Samarqandda yangi avtovokzal ishga tushdi

Samarqandda yangi avtovokzal ishga tushdi

Yangi avtovokzalning ishga tushirilishi natijasida 300 nafar aholi uchun doimiy ish o‘rni yaratilgan.
11:58 / 05.08.2025
Boks federatsiyasi Laziz Mullajonovning vaziyati bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

Boks federatsiyasi Laziz Mullajonovning vaziyati bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

Tashkilot OAV vakillarini tekshirilmagan va asossiz ma’lumotlarni tarqatmaslikka chaqirdi
18:16 / 05.08.2025
Namanganda tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosining oldi olindi

Namanganda tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosining oldi olindi

Hozirda mazkur ish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda
20:40 / 05.08.2025
Toshkentda Spark yonib ketdi

Toshkentda Spark yonib ketdi

Hozirda yong‘in sababi aniqlanmoqda.
15:11 / 05.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!