$
12900.00 UZS
-20.16
157.32 UZS
-1.29
14595.06 UZS
-86.12
32° Kechasi 18°

PowerPointda qiziqarli taqdimot qilish sirlari

16:36 / 23.12.2019

Talabalaringiz va qo‘l ostingizdagi odamlarning qalbini zabt etmoqchi bo‘lsangiz, g‘oyalaringizni PowerPoint sirlaridan foydalangan holda taqdim eting. Axir, odamlarning karyerasi taqdimot kuchi bilan belgilangan holatlar ko‘p bo‘ladi!
Zerikarli, jonsiz va cho‘zib yuborilgan slayd-shoudan ko‘ra yomonroq yana nima bo‘lishi mumkin? Ehtimol, barchani uxlatib qo‘yganingizni anglashdir. Biroq haqiqat shundaki, aqlli odamlarda ham yomon taqdimotlar bo‘ladi. Ko‘pincha ma’ruzachi uni tinglaydigan bechora odamlar bilan bir xil qurbonga aylanadi. Ushbu vaziyatni bartaraf qilish uchun quyidagi 11 maslahatga amal qiling va slaydlaringizga jon bag‘ishlang

Mazmun 

Avvalambor, taqdimotning tuzilishi va mazmuni haqida o‘ylab oling. PowerPoint’ni ochishdan oldin, taqdimot kuningizni tasavvur qiling. Tomoshabinlarga nima deysiz? Aniq tasavvurga ega bo‘lmaguningizcha, dizayn haqidagi fikrlar faqatgina e’tiborni susaytiradi va muhim narsalardan chalg‘itadi.

Bitta slayd – bitta g‘oya

Shubhasiz, mavzuingiz haqida juda ko‘p narsa bilasiz, shuning uchun hamma narsani aytib berishni xohlaysiz. Ammo bunday axborot oqimidan odamlar chalkashib ketishi va qiziqishini yo‘qotishi oson. Ushbu qoidaga rioya qiling: bitta slayd – bitta fikr. Tasavvur qiling-a, taqdimot – yo‘l bo‘yidagi e’lonlar taxtasi. Tomoshabinlar yuqori tezlikda o‘tib ketishadi va bir necha soniya ichida asosiy g‘oyani ilg‘ab olishlari kerak. Kichik harf bilan yozganlaringizni o‘qish uchun to‘xtamaydilar.

Uch asosiy fikr

Matnni soddalashtiring va qisqartiring. Bu qiyin, ammo ommaga yoqadi. Taqdimotni uchta asosiy dalil va xulosaga bo‘lishni maslahat beramiz. Ushbu usul doimo ish beradi. Axir, aytilgan gaplardan keyin ko‘p hollarda faqat uch asosiy fikrni eslaymiz. Tanlov jarayonini osonlashtirish uchun ushbu savolga javob bering: taqdimotingizdan qaysi uchta fikr tinglovchilarning xotirasida qolishi kerak?

Tanaffuslarni rejalashtiring

Shuni yodda tutingki, butun taqdimot davomida odamlarning e’tiborini ushlab turish qiyin. Rejalashtirilgan to‘xtamlar va o‘tish oraliqlari haqida o‘ylang. Masalan, tomoshabinlarga savol berish, video ko‘rsatish bilan tanaffus qilishingiz mumkin.

Dizayn

Hikoyaning mazmuni o‘ylab bo‘lingach, uning dizayniga kirishishingiz mumkin. Matningiz slaydlarda qanday ko‘rinishini tasavvur qiling. Ko‘pchilik eskizlar yoki asosiy qismlarni qo‘lda chizib oladi. Bu ma’lumotni tartiblashda juda yaxshi yordam beradi. Taqdimot uslubini aniqlashtirib oling, unga oxirigacha amal qilish kerak. Ranglar, shriftlar va boshqa elementlar o‘zaro mutanosib bo‘lishi kerak.

Ranglar gammasi

Odamlar o‘zgacha taqdimotni kutadi. Ular standart PowerPoint mavzularini son-sanoqsiz ko‘rgan. Shunday ekan, standart mavzulardan voz kechgan ma’qul. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ranglarni to‘g‘ri ishlatish orqali odamlarni ishontirish, qiziqishini oshirish va tushunishini osonlashtirish mumkin. Shu sababli, tajribali ma’ruzachilar professional PowerPoint shablonlariga ko‘proq murojaat qilishmoqda. Ulardagi ranglar kombinatsiyasi dizaynerlar tomonidan o‘ylab topilgan. 
Ranglar bilan mustaqil ishlashingizga to‘g‘ri kelsa, brendingizga xos odatiy ranglardan foydalaning. Shuningdek, taqdimotni qanday joyda o‘tkazishingizni ham hisobga oling. Och rangli xonada to‘q rangdagi matn yaxshi idrok qilinsa, to‘q rangli xonada – aksincha. 
Adobe Color CC xizmati mos ranglarni topish, mavzular yaratish va ularni saqlash imkoniyatlarini beradi. Pictaculous dasturi esa taqdimotingizdagi tasvirlarga mos ranglar palitrasini taqdim etadi.

Shriftlar 

O‘qish oson bo‘lgan oddiy shriftlarni tanlang. Masalan, Arial, Times New Roman yoki Verdana. Kalligrafik shriftlardan qoching. Maksimal ikki turdagi shriftdan foydalaning – bittasi sarlavhalar uchun, ikkinchisi tarkibiy matn uchun. O‘lchamiga e’tibor bering – u kamida 24 bo‘lishi kerak, biroq zalning oxiridagi odamlar hamma narsani osongina o‘qiy olishi uchun kichikligi 30 bo‘lgani ma’qul.

Zerikarli ro‘yxatlardan voz keching

Zerikarli ro‘yxatlarni xaridlar uchun asrab qo‘ying. Professional ko‘rinish uchun ro‘yxatlaringizga shakl bering. 
Albatta, “Bu ikki daqiqalik vazifa emas!”, “Men dizayner emasman” deyishingiz tayin. Ammo ma’ruzachi qanchalik aqlbovar qilmaydigan ma’lumotga ega bo‘lmasin, intellektini namoyish qilish uchun imkoniyatlari bo‘lmasa, taqdimot bilan g‘oyalar ham butunlay muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Bunday vaziyatga tushib qolishingizga yo‘l qo‘ymang. G‘oyalar va vaqt tanqisligi muammosini tayyor andozalar hal qilishi mumkin.
Hech qachon kichik o‘lchamdagi fotosuratni kengaytirmang. Bepul sifatli fotosuratlarga to‘la o‘nlab resurslar bor – saqlab oling va ulardan foydalaning. 

Diagramma va grafiklar 

Ma’lumotlarning ulkan yig‘indisi bilan odamlarni chalkashtirib yubormaslik uchun diagrammalarga alohida e’tibor berilishi kerak. Ammo ularning soni haddan ziyod oshib ketmasin. Grafiklar hikoyangizga mazmun qo‘shgandagina ulardan foydalaning. 

Prezentatsiyani turli formatlarda saqlang

Taqdimotni PDF, JPEG yoki MPEG-4 formatlarda saqlab qo‘ying. Agar standart PPT fayl ochilmay qolsa yoki istaganingizday ko‘rinmasa, doim zaxira variantingiz bo‘ladi.


Bu ham qiziq

Indoneziyada 6 balli zilzila sodir bo‘ldi

Indoneziyada 6 balli zilzila sodir bo‘ldi

Indoneziyada kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Ushbu yer silkinishi magnitudasi 6 ga teng edi. Bu haqda Yevropa o‘rta yer dengizi…
20:18 / 03.05.2025
2-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

2-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 16-18 daraja, kunduzi 29-31 daraja bo‘ladi.
22:15 / 01.05.2025
Joriy yilgi haj mavsumi qachondan boshlanishi ma’lum qilindi

Joriy yilgi haj mavsumi qachondan boshlanishi ma’lum qilindi

O‘zbekistondagi 2025-yilgi haj mavsumi 13-maydan boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar…
14:15 / 03.05.2025
O‘zbekiston fuqarolarining Rossiya armiyasi safida urushda qatnashgani yuzasidan tekshiruv boshlandi

O‘zbekiston fuqarolarining Rossiya armiyasi safida urushda qatnashgani yuzasidan tekshiruv boshlandi

Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burxonovning ma’lum qilgan.
17:50 / 02.05.2025
“Menga “Barselona”dan hech kim qo‘ng‘iroq qilgani yo‘q” – Husanovning agenti

“Menga “Barselona”dan hech kim qo‘ng‘iroq qilgani yo‘q” – Husanovning agenti

Ijtimoiy tarmoqlarda Abduqodir Husanov “Barselona”ga ketishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
09:21 / 02.05.2025
Apple xakerlarning global hujumidan ogohlantirmoqda

Apple xakerlarning global hujumidan ogohlantirmoqda

Unian nashrining ma’lum qilishicha, josuslik dasturi allaqachon 100 dan ortiq mamlakatda aniqlangan.
11:03 / 03.05.2025
Qozog‘iston hududlarini “Rossiya va SSSR sovg‘asi” deb atagan deputatning mamlakatga kirishini taqiqladi

Qozog‘iston hududlarini “Rossiya va SSSR sovg‘asi” deb atagan deputatning mamlakatga kirishini taqiqladi

Shuningdek, yana 4 nafar rossiyalik mansabdorlar ham “qora ro‘yxat”dan joy olgan.
11:50 / 03.05.2025
Toshkentda xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan ot sporti paradi bo‘lib o‘tadi

Toshkentda xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan ot sporti paradi bo‘lib o‘tadi

Toshkentda 3-may kuni soat 18:00 da Amir Temur shoh ko‘chasida 9 may - xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan ot sporti par…
20:12 / 02.05.2025
3-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

3-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 32-34 daraja bo‘ladi.
21:59 / 02.05.2025
Toshkentda Orlando yonib ketdi

Toshkentda Orlando yonib ketdi

Bugun, 3-may kuni soat 11:52 da Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Furqat ko‘chasida Orlando rusumli avtomobilda yong‘in …
12:52 / 03.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!