$
12900.00 UZS
-20.16
157.32 UZS
-1.29
14595.06 UZS
-86.12
33° Kechasi 18°

Qozog‘iston hududlarini “Rossiya va SSSR sovg‘asi” deb atagan deputatning mamlakatga kirishini taqiqladi

11:50 / 03.05.2025

DW nashr manbasining ma’lum qilishicha, taqiq ushbu shaxslarning Qozog‘iston Respublikasi va uning rahbariyatiga nisbatan haqoratomuz va dushmanona bayonotlari sabab bo‘lgan. “Qora ro‘yxat”dan Rossiya Davlat dumasi vitse-spikeri Pyotr Tolstoy, Xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Vyacheslav Nikonov, “Yedinaya Rossiya” partiyasi deputatlari Yevgeniy Fyodorov va Konstantin Zatulin, shuningdek, “Rossotrudnichestvo” rahbari va Davlat dumasining sobiq deputati Yevgeniy Primakov joy olgan.

Avvalroq Tolstoy Ukrainadan keyin Rossiya uchun Qozog‘iston “navbatdagi muammoga” aylanishi mumkinligini bildirgandi. Tolstoy, shuningdek, Olmaotani “ruslar tomonidan qurilgan Verniy shahri” deb atagan va Qozog‘istonni Rossiyadan uzoqlashish uchun “o‘z tarixini o‘ylab topishga” urinishda ayblagan.

Nikonov federal televideniyadagi chiqishida “Qozog‘iston shunchaki mavjud emas” deya fikr bildirib, zamonaviy Qozog‘iston hududlarini “Rossiya va SSSR sovg‘asi” deya ta’riflagan. Fyodorov Nikonovning fikrlarini qo‘llab-quvvatlagan va Rossiya Qozog‘istondan o‘z hududlarini qaytarishni talab qilish huquqiga ega ekanini aytgan. Bundan tashqari, Fyodorovning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston “xalqaro huquqlarga muvofiq SSSR tarkibidan chiqmagan”, bu esa uning davlatchiligi “to‘liq qonuniy emasligini” anglatadi.

“Deputatlardan tashqari, propagandachilar Tina Kandelaki va Tigran Keosayan, siyosatshunos Nikita Mendkovich, “rus dunyosi” mafkurachisi Aleksandr Dugin hamda rossiyalik tarixchi Andrey Grozin ham Qozog‘iston hukumati tomonidan “persona non grata”, deb e’lon qilingan”, – deyiladi DW xabarida.


Bu ham qiziq

Andijondagi YTHda Gentra devorni yorib o‘tdi

Andijondagi YTHda Gentra devorni yorib o‘tdi

Hozirda, mazkur holat yuzasidan Buloqboshi tumani IIB YHXG mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
15:11 / 03.05.2025
Rayan Garsiya faoliyatidagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qildi

Rayan Garsiya faoliyatidagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qildi

Nyu-Yorkdagi “Times Square” arenasida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi.
12:28 / 03.05.2025
Ertaga O‘zbekistonda havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

Ertaga O‘zbekistonda havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

“O‘zgidromet” bunday harorat may oyining boshiga qaraganda ko‘proq yoz mavsumi uchun xos ekanini ma’lum qildi.
12:16 / 03.05.2025
OFK Elit Chempionlar Ligasi. “Al-Ahli” chempionlikni nishonladi

OFK Elit Chempionlar Ligasi. “Al-Ahli” chempionlikni nishonladi

OFK Chempionlar Ligasi final bahsida Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” va Yaponiyaning “Kavasaki Frontale” jamoalari bahslash…
09:35 / 04.05.2025
Joriy yilda Xorazmda jami 200 million dollarlik 91 ta loyiha ishga tushiriladi

Joriy yilda Xorazmda jami 200 million dollarlik 91 ta loyiha ishga tushiriladi

Qoraqalpog‘istondan Xorazmga keladigan yo‘l sifati yomonligi bois yiliga qo‘shimcha 300-400 ming turist jalb qilish imkoniya…
13:56 / 02.05.2025
Samarqandda yigit qiz bola sinfdoshidan tiz cho‘kib kechirim so‘radi

Samarqandda yigit qiz bola sinfdoshidan tiz cho‘kib kechirim so‘radi

Samarqand viloyati Paxtachi tumani 21-maktab o‘quvchilari aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘l…
21:27 / 03.05.2025
Joriy yilgi haj mavsumi qachondan boshlanishi ma’lum qilindi

Joriy yilgi haj mavsumi qachondan boshlanishi ma’lum qilindi

O‘zbekistondagi 2025-yilgi haj mavsumi 13-maydan boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar…
14:15 / 03.05.2025
Hududiy o‘rmon xo‘jaliklariga zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari tarqatildi

Hududiy o‘rmon xo‘jaliklariga zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari tarqatildi

Ekologiya vazirligi hamda O‘rmon xo‘jaligi agentligi tomonidan o‘rmonlar barpo etish, qayta tiklash va o‘rmon yong‘inlariga …
12:24 / 02.05.2025
Bugun Green Card javoblari chiqadi

Bugun Green Card javoblari chiqadi

AQShning xilma-xillik viza dasturiga 2026-yil uchun berilgan arizalar (DV-2026) javoblari bugun, 3-may kuni e’lon qilinadi.
10:02 / 03.05.2025
Toshkentda Orlando yonib ketdi

Toshkentda Orlando yonib ketdi

Bugun, 3-may kuni soat 11:52 da Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Furqat ko‘chasida Orlando rusumli avtomobilda yong‘in …
12:52 / 03.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!