$
12141.38 UZS
15.28
160.26 UZS
1.15
14313.47 UZS
141.7
31° Kechasi 18°

Hukumat qarori: «Fara»larni yoqib yurish bo‘yicha talabga o‘zgartirish kiritildi

16:31 / 05.06.2019

4 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 460-sonli qarori qabul qilindi. Bu haqda bosh vazir matbuot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qilmoqda.

Unga ko‘ra, 2021 yil 1 yanvarga qadar kunning yorug‘ vaqtida yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanishi shartligi bo‘yicha talab avtomatik yonib turuvchi kunduzgi signal chiroqlari bilan jihozlanmagan avtomototransport vositalariga nisbatan tatbiq etilmaydi. 

Kunning yorug‘ vaqtida quyidagi hollarda yaqinni yorituvchi chiroqlar yoqilishi kerak:

  • transport vositalari tashkiliy jamlanma safida harakatlanayotganda;
  • yo‘lovchilarni tashiyotgan avtobus va yo‘nalishli transport vositalarida;
  • bolalar guruhini tashkiliy tashishda;
  • xavfli, katta o‘lchamli va og‘ir vaznli yuklarni tashishda;
  • mexanik transport vositalarini shatakka olishda (shatakka olib ketayotgan transport vositasida);
  • mototsikl va mopedlarda.

Hujjatga ko‘ra, «faralar» bo‘yicha qat'iy talab haydovchilarga emas, ishlab chiqaruvchilarga qo‘yiladi. 

Qarorda belgilanishicha, 2020 yil 1 yanvardan mamlakatda ishlab chiqariladigan barcha avtomototransport vositalari ichki bozorga ishlab chiqaruvchi tomonidan avtomatik yonib turuvchi kunduzgi signal chiroqlari bilan jihozlangan holda chiqariladi.

Respublikaga chet eldan import qilinadigan avtomototransport vositalarida kunduzgi signal chiroqlarining mavjudligi sertifikatsiyadan o‘tkazish uchun majburiy texnik talab sifatida belgilanadi. Ya'ni, import avtomobillarning ham shunday avtomatik yonadigan chiroqlari bo‘lmasa, mamlakat ichkarisiga olib kirilishiga ruxsat berilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi «O‘zstandart» agentligi, «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda ikki oy muddatda muomalaga chiqarilayotgan g‘ildirakli transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni mazkur qaror talablaridan kelib chiqib takomillashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritishi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari bilan hamkorlikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga kunning yorug‘ vaqtida avtomototransport vositalarining yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanmaganligi uchun javobgarlikni yengillashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtiradi.

Eslatib o‘tamiz, yo‘l harakati ishtirokchilarining xavfsizligini ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining «Yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» 2019 yil 9 apreldagi 292-son qarori bilan kunning yorug‘ vaqtida barcha avtomototransport vositalari yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanishi shart qilib belgilangandi.

Bundan tashqari, hukumat topshirig‘iga asosan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ham tashqi yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdorini (hozirda 101 ming 365 so‘m) kamaytirishga oid tegishli Qonun loyihasi ishlab chiqiladi.


Bu ham qiziq

14-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

14-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
16:50 / 13.04.2026
O‘tgan yili qurilish bilan bog‘liq 2 million 600 mingdan ziyod arizaning uchdan biri rad etilgan

O‘tgan yili qurilish bilan bog‘liq 2 million 600 mingdan ziyod arizaning uchdan biri rad etilgan

Aholi va tadbirkorlar qurilish qilish uchun avval loyihalashga ruxsat olishga, keyin arxitektura rejalashtirish topshirig‘i …
17:30 / 14.04.2026
WhatsApp Дуровнинг танқидига жавоб қайтарди

WhatsApp Дуровнинг танқидига жавоб қайтарди

Pavel Durov Telegram asoschisi WhatsApp’ni keskin tanqid qilib, messenjer foydalanuvchilarni chalg‘itishi va ma’lumotlar xav…
17:13 / 12.04.2026
Eron beshta arab davlatidan kompensatsiya talab qildi

Eron beshta arab davlatidan kompensatsiya talab qildi

Eron Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Qatar, BAA va Iordaniyadan AQSh-Isroil operatsiyasidagi roli uchun kompensatsiya talab qil…
10:16 / 14.04.2026
Sirdaryoda sudya pora bilan ushlandi

Sirdaryoda sudya pora bilan ushlandi

Bu haqda, Aziz Obidov o‘zining Telegram kanalida xabar berdi.
12:02 / 14.04.2026
Orban Vengriya saylovlarida mag‘lubiyatga uchradi

Orban Vengriya saylovlarida mag‘lubiyatga uchradi

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban parlament saylovlarining dastlabki natijalarini o‘z partiyasi uchun og‘riqli deb atadi.
09:45 / 13.04.2026
Toshkentda yo‘l talashgan erkakka chora ko‘rildi

Toshkentda yo‘l talashgan erkakka chora ko‘rildi

Yakkasaroy tumanida erkak fuqaro ayol haydovchining yo‘lini to‘sib, uning mashinasini majburan to‘xtatgan va ko‘chada janjal…
17:11 / 11.04.2026
Farg‘onada fuqarolar nomiga 1 milliard so‘mdan ortiq kredit olgan yigit ushlandi

Farg‘onada fuqarolar nomiga 1 milliard so‘mdan ortiq kredit olgan yigit ushlandi

Farg‘ona viloyatida onlayn kreditlar orqali fuqarolar nomiga yirik miqdorda qarz rasmiylashtirib, firibgarlik yo‘li bilan 1 …
14:39 / 12.04.2026
Turkiyada Isroil konsulligiga qilingan hujum ortidan 12 kishi qo‘lga olindi

Turkiyada Isroil konsulligiga qilingan hujum ortidan 12 kishi qo‘lga olindi

Turkiya huquq-tartibot idoralari 7-aprel kuni Istanbulda Isroil konsulligiga uyushtirilgan qurolli hujum yuzasidan olib bori…
11:23 / 13.04.2026
Tramp Xitoyni ogohlantirdi

Tramp Xitoyni ogohlantirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan muzokaralar yuzasidan gapirar ekan, natija qanday bo‘lishidan qat’i nazar, Vashingto…
11:11 / 12.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!