Farg‘ona viloyatida onlayn kreditlar orqali fuqarolar nomiga yirik miqdorda qarz rasmiylashtirib, firibgarlik yo‘li bilan 1 milliard so‘mdan ortiq mablag‘larni qo‘lga kiritgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. U Quva tumanida 1997-yilda tug‘ilgan fuqaro ekani aniqlanib, huquq-tartibot organlari tomonidan ushlangan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchi 10 dan ortiq fuqarolar nomiga onlayn kredit va ipoteka rasmiylashtirib, pullarni o‘z ehtiyojlariga ishlatgan. Ayrim holatlarda Face ID va ishonchli ko‘rinishdagi “yordam” orqali fuqarolar ishonchiga kirib, ularning nomidan katta miqdorda qarzlar olingan. Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi (firibgarlik) bilan kvalifikatsiya qilingan. Ichki ishlar organlari jabrlangan fuqarolarni murojaat qilishga chaqirdi.
Shuningdek, Markaziy bank qaroriga ko‘ra, 22-apreldan boshlab firibgarlik yo‘li bilan rasmiylashtirilgan onlayn kreditlar bo‘yicha foiz, jarima va neustoykalar to‘xtatiladi hamda sud qarori asosida jabrlanuvchilarga mablag‘lar qaytarilishi belgilangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!