AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan muzokaralar yuzasidan gapirar ekan, natija qanday bo‘lishidan qat’i nazar, Vashington ustunligini saqlab qolishini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, “kelishuv bo‘ladimi yoki yo‘q AQSh baribir yutadi”.
Shu bilan birga, u Xitoyni ogohlantirib, agar Pekin Eronga qurol yetkazsa, bu jiddiy oqibatlarga olib kelishini aytdi.
New York post xabariga ko‘ra, Hormuz bog‘ozi hududida harbiy faollik kuchaygan, mintaqadagi keskinlik saqlanib qolmoqda.
The Times of Israel xabar qilishicha, Xitoy Eronni qurollantirish haqidagi iddaolarni rad etgan. Xitoy elchixonasi bu ayblovlarni asossiz deb atab, Pekin hech bir tomonga qurol yetkazib bermasligini ma’lum qilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!