$
12758.36 UZS
-19.76
163.34 UZS
-0.67
14820.11 UZS
-111.12
38° Kechasi 24°

O‘zbekistonlik talaba xalqaro olimpiadaning mutlaq g‘olibi bo‘ldi 

19:06 / 23.10.2019

Joriy yilning 21-22-oktabr kunlari Toshkent davlat stomatologiya institutida “Stomatologiya Yuga – 2019” xalqaro olimpiadasi o‘tkazildi. Unda mutlaq g‘oliblik O‘zbekistonlik talabaga nasib etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi ma’lumot berdi.

MDH doirasidagi oliy ta’lim muassasalaridan yigirmaga yaqini qatnashgan mazkur olimpiadada O‘zbekiston tomonidan Buxoro, Samarqand va Andijon tibbiyot institutlari hamda Toshkent davlat stomatologiya institutidan vakillar ishtirok etdi. 

Olimpiadada tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining yuqori kurslarida tahsil olayotgan 5 nafar talabadan iborat jamoalar bellashdilar. 

Olimpiada terapevtik stomatologiya, ortopedik stomatologiya, xirurgik stomatologiya, bolalar stomatologiyasi va ortodontiya yo‘nalishlarida olib borildi. Tanlovni xalqaro tajribaga ega bo‘lgan olimlar baholab bordi. 

Olimpiyadada Toshkent davlat stomatologiya instituti talabasi Diyora Isanova xalqaro olimpiadaning mutlaq g‘olibasi bo‘ldi. 

Bundan tashqari ushbu institut talabalari jamoasi tanlovda O‘zbekiston nomidan qatnashib, 2 ta 1-o‘rin, 2 ta 2-o‘rin, 1 ta 3-o‘rinni egalladi.

 Umumjamoa hisobida esa Kirov davlat tibbiyot universiteti va Kuban davlat tibbiyot universiteti yuqori o‘rinlarni egalladi. 

Olimpiada doirasida shuningdek, tibbiyot muassasalarining taqdimotlari va konferensiyalari ham o‘tkazildi.


Bu ham qiziq

Yevropa Ittifoqi Gruziyaga ultimatum qo‘ydi

Yevropa Ittifoqi Gruziyaga ultimatum qo‘ydi

Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Kaya Kallasning so‘zlariga ko‘ra, gruzinlar hukumati ma’lum shartlarni bajarishi lozim
18:37 / 16.07.2025
Isroil Suriya janubiga zarba berdi

Isroil Suriya janubiga zarba berdi

BBC xabariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda Suriyaning, asosan, druzlar istiqomat qiladigan hududlarida badaviy qabilalar hamda mah…
12:58 / 16.07.2025
17-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

17-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 22-24 daraja iliq, kunduzi 38-40 daraja issiq bo‘ladi
22:36 / 16.07.2025
Ai-80 benzini rekord darajada qimmatladi

Ai-80 benzini rekord darajada qimmatladi

Mazkur markadagi benzin narxi qariyb 44% ga qimmatlagan
22:53 / 16.07.2025
1-avgustdan boshlab chiqindidan qarzi borlar “svet”ga to‘lov qila olmaydi

1-avgustdan boshlab chiqindidan qarzi borlar “svet”ga to‘lov qila olmaydi

Bu bo‘yicha yangi tartib joriy qilinmoqda.
14:25 / 17.07.2025
O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz mamlakat deb topildi

O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz mamlakat deb topildi

Yurtimiz jinoyatchilik indeksida yuqorilashda davom etmoqda
18:22 / 17.07.2025
Qozog‘iston Rossiya olmosining asosiy xaridorlaridan biriga aylandi

Qozog‘iston Rossiya olmosining asosiy xaridorlaridan biriga aylandi

Qo‘shnilarimiz qimmatbaho toshning ancha qismini ruslardan olmoqda
18:56 / 16.07.2025
Ozodlikka chiqqan fuqarolarga nafaqa tayinlash tartibi belgilandi

Ozodlikka chiqqan fuqarolarga nafaqa tayinlash tartibi belgilandi

Ma’lumot uchun, nafaqa miqdori BHMning 6 baravarini tashkil etadi.
16:34 / 17.07.2025
Los-Anjeles–2028. XXXIV yozgi Olimpiya o‘yinlari taqvimi e’lon qilindi

Los-Anjeles–2028. XXXIV yozgi Olimpiya o‘yinlari taqvimi e’lon qilindi

“AQShning Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlari rasman 2028-yil 14–30-iyul kunlariga belgilangan, b…
16:54 / 16.07.2025
ShHTning navbatdagi sammiti Xitoyda bo‘lib o‘tadi

ShHTning navbatdagi sammiti Xitoyda bo‘lib o‘tadi

Xitoy 31-avgustdan 1-sentyabrga qadar Tyanjin shahrida ShHT (Shanxay hamkorlik tashkiloti) sammitiga mezbonlik qiladi. Bu ha…
14:52 / 16.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!