$
12658.19 UZS
-100.17
161.44 UZS
-1.9
14672.11 UZS
-148
41° Kechasi 24°

Ko‘k choy foydalimi yoki qora choy?

14:46 / 13.04.2020

Choy xalqimizning eng sevimli ichimligi bo‘lib, uni 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan barcha birdek suyadi. Choy nafaqat mazali ichimlik, balki sog‘liq uchun ko‘plab foydali xususiyatlarga ega mahsulot hamdir. Ammo shu yerda savol tug‘iladi: ko‘proq ko‘k choy foydaliroqmi yoki qora choy? Quyida shu savolga javob izlaymiz.

Ko‘k choyning foydasi

• Ko‘k choy vitamin va mineral hamda organizmning umumiy holatini yaxshilashga yordam beradigan antioksidantlarga boy. Ushbu mahsulot saratonga qarshi kurashda yordam beradi.
• Miya faoliyatini yaxshilaydi va tetiklashtiradi.
• Ko‘k choy ortiqcha vazndan qutulishga, tanadagi ortiqcha yog‘larni eritishga va moddalar almashinuvini yaxshilashga yordam beradi.

• Ko‘plab tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, ko‘k choydagi antioksidantlar saratonning ko‘p turlariga, jumladan, ko‘krak, prostata va yo‘g‘on ichak saratoniga qarshi kurashishga yordam beradi.
• Ko‘k choy Parkinson (http://xabardor.uz/x/508195)  kasaliga chalinish xavfini kamaytiradi. Ko‘k choy neyrodegeneratsion kasalliklarning rivojlanishi xavfini kamaytiradi. Bunga miya neyronlariga yordam beradigan kuchli himoyalash xususiyatiga ega bo‘lgan katexin sababchi hisoblanadi.
• Diabet, yurak-qon tomir kasalliklari, semirish va erta qarishga qarshi eng yaxshi vosita hisoblanadi.

Qora choyning foydali xususiyatlari

• Ilmiy tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, qora choy tarkibidagi moddalar og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari, toshma va stomatit yaralaridan himoya qiladi.
• Kun davomida 3-4 piyola choy ichish, yurak xastaliklari yuzaga kelish xavfini 21 foizga kamaytirishi yevropalik olimlar tomonidan isbotlangan.

• Qora choy iste’mol qiladigan ayollarda bachadon saratonining yuzaga kelish xavfi boshqalarga nisbatan kamroq bo‘ladi.
• Qora choy hayotiy quvvatni tiklab, kayfiyatni ko‘taradi. Immunitetni yaxshilab, asablarni tinchlantirgan holda, stress gormonini pasaytiradi. Hazm faoliyatini yaxshilab, moddalar almashinuvini faollashtiradi.

Ushbu mahsulotlarning ko‘pgina foydalari bo‘lgani kabi, zararlari ham mavjuddir. Yuqorida ko‘k choyning ham, qora choyning ham sog‘liq uchun foydali xususiyatlarini keltirib o‘tdik. Qaysi birini iste’mol qilish esa ta’bingizga havola.

Guljahon Sanjarbekova tayyorladi


Bu ham qiziq

Qoraqalpoq davlat universiteti o‘qituvchisi 18 mln so‘m pora bilan ushlandi

Qoraqalpoq davlat universiteti o‘qituvchisi 18 mln so‘m pora bilan ushlandi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘…
17:45 / 17.07.2025
Eron prezidenti taksida Tabrizga bordi

Eron prezidenti taksida Tabrizga bordi

Mas’ud Pezeshkiyon ushbu hodisaga javoban hech qanday rasmiy chora ko‘rmadi, aksincha xususiy taksida Tabrizga yo‘l oldi, de…
10:36 / 18.07.2025
O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz mamlakat deb topildi

O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz mamlakat deb topildi

Yurtimiz jinoyatchilik indeksida yuqorilashda davom etmoqda
18:22 / 17.07.2025
18-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

18-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 23-25 daraja iliq, kunduzi 40-42 daraja issiq bo‘ladi
21:25 / 17.07.2025
Toshkentdagi podstansiyada yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentdagi podstansiyada yong‘in sodir bo‘ldi

Xabarga ko‘ra, yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
09:53 / 17.07.2025
Mars sayyorasining bir bo‘lagi auksionda qimmatbaho summaga sotildi

Mars sayyorasining bir bo‘lagi auksionda qimmatbaho summaga sotildi

Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan auksionda xaridor “Qizil sayyora”ning bir bo‘lagini qimmat narxga sotib oldi
18:56 / 17.07.2025
O‘zbekiston kelasi yili yirik sport tadbiriga mezbonlik qiladi

O‘zbekiston kelasi yili yirik sport tadbiriga mezbonlik qiladi

Mazkur tadbir Osiyo sporti uchun muhim ahamiyatga ega
20:33 / 16.07.2025
Ukraina Rossiyaga asirlar almashinuvini taklif etdi

Ukraina Rossiyaga asirlar almashinuvini taklif etdi

Gap sovet davridagi yodgorlik haqida ketmoqda
22:29 / 17.07.2025
Kolumbiya prezidenti: “NATO bilan ortiq hamkorlik qilmaymiz”

Kolumbiya prezidenti: “NATO bilan ortiq hamkorlik qilmaymiz”

Siyosatchi Gaaga shahridagi xalqaro anjumanda bu masalaga to‘xtalib o‘tdi
20:36 / 17.07.2025
Buxgalteriya xizmatlariga talab sezilarli darajada oshdi

Buxgalteriya xizmatlariga talab sezilarli darajada oshdi

2025-yilda buxgalterlar ko‘rsatgan xizmatlar narxi 1 milliard so‘mdan oshgan
21:19 / 17.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!