$
12705.79 UZS
59.23
159.20 UZS
-1.68
14704.41 UZS
243.07
33° Kechasi 21°

Moddiy madaniy meros obyektlarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi

14:28 / 31.08.2019

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Moddiy madaniy meros obyektlarining muhofaza qilinishi kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Hujjat matni UzA tomonidan e'lon qilindi.

Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 2-avgustda qabul qilingan, Senat tomonidan 2019-yil 24-avgustda ma'qullangan.

O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentyabrda qabul qilingan 2012‒XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimcha kiritildi:

132-moddaning (Moddiy madaniy meros obyektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish) birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etildi:

“Davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros obyektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish ancha miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa, – eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros obyektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa, – eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;

229-3-modda (Belgilangan taqiqlarni (cheklovlarni) buzgan holda binolarni, inshootlarni yoki boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash) quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirildi:

“Davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarining qo‘riqlanadigan tegralarida, alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarda, shu jumladan o‘zining tarixiy-madaniy qimmatiga ko‘ra Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarda va ularning qo‘riqlanadigan tegralarida moddiy madaniy meros obyektlari hisoblanmagan binolar, inshootlar hamda boshqa obyektlarni belgilangan tartibda ruxsatnoma olmasdan qurish yoki buzish, shunday harakatlar uchun ma'muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, – eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi”.

O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentyabrda qabul qilingan 2015‒XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimcha kiritildi:

64-moddaning (Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish qoidalarini buzish) matni quyidagi tahrirda bayon etildi:

“Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish qoidalarini buzish, – fuqarolarga eng kam ish haqining o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarining qo‘riqlanadigan tegralarida, alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarda, shu jumladan o‘zining tarixiy-madaniy qimmatiga ko‘ra Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarda va ularning qo‘riqlanadigan tegralarida moddiy madaniy meros obyektlari hisoblanmagan binolar, inshootlar hamda boshqa obyektlarni belgilangan tartibda ruxsatnoma olmasdan qurish yoki buzish, – fuqarolarga eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – yuz baravaridan yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha ma'muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi”;

quyidagi mazmundagi 268-3-modda bilan to‘ldirildi:

“268-3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti va uning hududiy boshqarmalari

Ushbu Kodeksning 64-moddasida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentining va uning hududiy boshqarmalarining mansabdor shaxslari ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi.

Ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi”.


Bu ham qiziq

Yangiyo‘lda “Kamaz” 9 yoshli bolani urib yubordi

Yangiyo‘lda “Kamaz” 9 yoshli bolani urib yubordi

Ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida velosipedchi bola turli ko‘rinishdagi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.
14:53 / 11.06.2025
11-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

11-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

11-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddat…
15:26 / 10.06.2025
Suv xo‘jaligi sohasidagi huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi videomateriallarni yuborgan shaxslar rag‘batlantiriladi

Suv xo‘jaligi sohasidagi huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi videomateriallarni yuborgan shaxslar rag‘batlantiriladi

Nizom Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 74-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarga nisbat…
13:13 / 11.06.2025
Los-Anjelesdagi norozilik namoyishlari sabab komendantlik soati joriy qilindi

Los-Anjelesdagi norozilik namoyishlari sabab komendantlik soati joriy qilindi

Los-Anjeles politsiya departamenti komendantlik soati joriy etilganiga qaramay, shahar markazida odamlar to‘planishda davom …
11:17 / 11.06.2025
Fransiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi

Fransiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi

Bu haqda mamlakat prezidenti Emmanuyel Makron seshanba kuni France 2 telekanali efirida e’lon qildi. Uning aytishicha, agar …
14:15 / 11.06.2025
Fuqarolarning huquqlarini sud orqali himoya qilish kafolatlari kuchaytiriladi

Fuqarolarning huquqlarini sud orqali himoya qilish kafolatlari kuchaytiriladi

Endilikda, shaxsning o‘z aybini tan olishi unga qarshi yagona dalil bo‘lsa, u aybdor deb topilmaydi.
17:08 / 10.06.2025
O‘zbekiston eng ko‘p qaysi davlatlardan avtomobil import qilmoqda?

O‘zbekiston eng ko‘p qaysi davlatlardan avtomobil import qilmoqda?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2025-yilning yanvar-aprel oylarida xorijdan qiymati 213,7 ml…
12:09 / 11.06.2025
AQShda Trampga qarshi katta namoyishlarga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

AQShda Trampga qarshi katta namoyishlarga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

“Demokratik partiyaga yaqin bo‘lgan 100 dan ortiq tashkilotlar 14-iyun kuni, ya’ni Trampning tug‘ilgan kunida, butun AQSh bo…
17:22 / 11.06.2025
Qashqadaryoda hokim o‘rinbosari pora bilan ushlandi

Qashqadaryoda hokim o‘rinbosari pora bilan ushlandi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
14:34 / 13.06.2025
Mirziyoyev aviahalokat munosabati bilan Hindiston Prezidenti va Bosh vaziriga ta’ziya maktubi yo‘lladi

Mirziyoyev aviahalokat munosabati bilan Hindiston Prezidenti va Bosh vaziriga ta’ziya maktubi yo‘lladi

O‘zbekiston rahbari qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga, butun Hindiston xalqiga chuqur hamdardlik izhor etdi…
16:57 / 12.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!