$
12672.81 UZS
79.04
158.89 UZS
0.4
14753.69 UZS
55.5
38° Kechasi 25°

Uchar gilam   7-qism

20:54 / 08.05.2020

– Ayt sababini! –dedi podshoh.
– Qulog‘ingizga aytaman, – dedi.
– Kel, ayta qol! –dedi podshoh.
Nabiram podshohning qulog‘iga bir nima dedi-yu, kelib yonimga o‘tirdi. Dasturxonlar yozildi, necha turli taomlar yeyildi, sharoblar ichildi.
Ziyofatdan so‘ng podshoh mehmonlarga in’omlar berdi..
Menga qarab:
– Sizning nabirangiz bugun bizga mehmon bo‘ladi, – dedi.
Podshohga qulluq qilib chiqdim. Uyga keldim-u, aql-u hushim nabiramda qoldi. Ertalabgacha mijja qoqmasdan chiqdim. Ertalab podshoh saroyiga qarab yurdim. Nabiram podshoh bilan choy ichib o‘tirgan ekan. Podshoh meni choyga taklif qildi.
O‘sha kuni podshoh shunday katta in’om berdiki, shuncha yildan beri savdogarchilik qilib orttirgan davlatim podshoh bergan in’om oldida dengizdan bir qatra, oftobdan bir zarra edi.
Juda xursand bo‘lib uyga qaytdik. Nabiram podshohning qulog‘iga:
– Kulganimning sababini kechasi aytaman, meni bobomdan so‘rab olib qoling! – degan ekan.
Yarim kechagacha nabiram podshoh bilan shatranj o‘ynab o‘tiribdi. Yarim kechadan keyin:
– Qani, shohim, qurollaning, menga ham qurol bering, – deb o‘rnidan turibdi. Qurollanib bo‘lgach, ikkovlari saroyga kirishibdi.
Nabiram podshohni katta qizining uyiga boshlab kiribdi; unda hech kim yo‘q ekan. Podshohga dahlizdagi obrezni ko‘rsatib, “Shu joyni oching!” – debdi.
Podshoh obrezni ochgach, uning tagida bir zina ko‘rinibdi, zina bilan yana bir dahlizga tushibdilar. Тokchada sham yoqig‘liq. Dahlizda bir katta kovush va ikkita kichkina bola kovushi bor ekan.
Dahlizdagi uyning eshigini ochib uyga kirishibdi.
Podshohning qizi bir badbashara kishi bilan o‘tirar, bir tomonda ikkita uch-besh yoshlar chamasidagi bolalar, ikkinchi tomondagi beshikda esa yana bir bola yotar ekan.
– Podshohi olam, bu badbashara mahram-u, tilsiz baliq nomahrammi? Mana kulishimning sababi, – debdi bola.
Shoh yerto‘ladagilarni jazolabdi. Shundan so‘ng podshoh nabiramni tez-tez chaqirib turadigan bo‘ldi.
Bir kun namoz o‘qiyotganimda nabiram kelib namozimni buzdi. Bolam, sen bir oz tashqarida o‘ynab yurgin, men namozimni o‘qib olay, keyin ikkalamiz bir joyga boramiz, – deb aldab yubordim. O‘zim namozimni o‘qiy boshlagan edim, yana kelib namozimni buzdi, aldab yuborib namozimni boshlashim bilan kelib, namozni yana buzdi.
Ming aqlli bo‘lsa ham, bola bolaligiga boradi-da. Bolaga qo‘shilib o‘zim ham bola bo‘lib qolibman. Endi bunga bir po‘pisa qilib qo‘rqitib qo‘ymasam bo‘lmaydi, dedim-u, bir shapaloq urdim, bola ikki yumaladi-yu, go‘ristondan topganim quruq suyak kalla bo‘lib qoldi.
O‘sha kallani mana shu go‘rga qo‘yganman, endi pushaymon qilamanki, nima uchun men uni urdim, deb yig‘layman, ammo foydasi yo‘q.
Mollarim va pullarimni bir sodiq qulimga berganman, xotinim bilan qizimning ro‘zg‘origa o‘sha qaraydi, o‘zim o‘lgunimcha shu go‘ristonda qorovul bo‘lib yig‘lab yotishga ahd qilganman, – debdi chol.
Chol bilan xayrlashib, tandirchi oldiga kelgan yigit go‘rkov sarguzashtini aytib beribdi. Chol bolaga:
– Bizning turmushimizda bunday g‘aroyib voqealar bo‘lmadi. Тurgan joyimiz tandir bo‘lsa ham ichi katta joy. Kiygan choponimiz esa bitta, chunki juda qashshoqmiz, topganimiz zo‘rg‘a ovqatimizga yetadi, – deb bu kishi ham o‘z sarguzashtini so‘zlab beribdi.
Uzoq safar va mashaqqatlarda sarson bo‘lgan, nihoyat, ko‘p sirlarni bilib olgan yigit uyga kelgach, ota-onasi bilan ko‘rishib, butun voqeani so‘zlab beribdi, ertasidan boshlab siyoh, qalam va qog‘ozlarni g‘amlab olibdi-yu, o‘tgan voqealarni bir kitob qilib, otasining qo‘liga beribdi va podshohning vaziriga topshirishni va javobini olib kelishni iltimos qilibdi.
Chol saroyga kirib podshohga salom beribdi.
Podshoh vazirga qarabdi: Vazir:
– Ha, ota, nima xizmat, kimga arzingiz bor? – debdi.
Chol qo‘ynidagi kitobni vazirga beribdi.
– Bu nima, ota? – debdi vazir.
– Bu, o‘sha tandirda turuvchi chol-u kampirning hikoyasi. Qulbachchangiz berib yubordi, – debdi chol.
– Ular kitobni qo‘liga olib varaqlab ko‘rishibdi; har joy har joyidan bir xat, yarim xat o‘qib, ota siz ketavering, bu kitobni o‘qib ko‘rib, sizni o‘zimiz chaqiramiz, – deb cholga ruxsat berishibdi.
Podshoh bilan vazir kitobni diqqat bilan o‘qib chiqishibdi.
– Podshohi olam, bu yigit juda aqlli ko‘rinadi, bu ishlar har qanday odamning qo‘lidan kelmaydi. Bu kitobda yozilgan go‘rkov, novvoy, egarchilarning sirini bilish uchun ko‘p kishilar ovora bo‘lib, ularni gapirtira olmaganlar. Ayniqsa, Sanobarshohning oldiga borgan odam tirik qaytmagan.
Siz uning kambag‘alligiga qaramang, davlati bo‘lib, aqli bo‘lmasa, u davlatdan nima foyda? Bizlarning maslahatimizga kirsangiz malikani shu yigitga bering, – deyishibdi vazirlar. Podshoh bu maslahatga ko‘nibdi.
Bir haftadan keyin cholni chaqirtirib, unga bu xushxabarni va to‘y tayyorgarligiga kirishishni aytibdilar. Qirq kecha-yu qirq kunduz to‘y-tomosha qilib, malikani cholning o‘g‘liga berib, hammalari murod-maqsadlariga yetgan ekanlar.


Bu ham qiziq

Turkiyaning Qahramanmarash hududida yong‘in chiqdi

Turkiyaning Qahramanmarash hududida yong‘in chiqdi

Qahramanmarashdagi O‘rmon xo‘jaligi boshqarmasiga qarashli turarjoy binosida yong‘in chiqqanligi ma’lum qilindi.
15:48 / 11.08.2025
Avstraliya ham Falastinni tan olishi mumkin

Avstraliya ham Falastinni tan olishi mumkin

Bu haqda Sydney Morning Herald gazetasi manbalarga tayanib xabar berdi.
11:27 / 11.08.2025
Odessadagi plyajda mina portladi

Odessadagi plyajda mina portladi

Keyinroq Odessa viloyati politsiyasi o‘z saytida suzish paytida yuz bergan ikkita portlash natijasida bir ayol va ikki erkak…
16:14 / 10.08.2025
Tramp va Putin uchrashuvida Zelenskiyning ishtiroki rejalashtirilmagan

Tramp va Putin uchrashuvida Zelenskiyning ishtiroki rejalashtirilmagan

O‘tgan hafta Putin bunday uchrashuvni izohlar ekan, hozircha Ukraina prezidenti bilan shaxsiy uchrashuvi uchun “sharoitlar” …
10:59 / 10.08.2025
Shifokorlar alstgeymerga shifo topdi

Shifokorlar alstgeymerga shifo topdi

Olimlar hatto unutilgan xotirani tiklashni ham o‘rganishdi
21:51 / 10.08.2025
Ozarbayjon prezidenti Ukrainaga 2 million dollarlik yordam ajratdi

Ozarbayjon prezidenti Ukrainaga 2 million dollarlik yordam ajratdi

Ma’lum qilinishicha, Boku Kiyevga gumanitar yordam sifatida Ozarbayjonda ishlab chiqarilgan elektr uskunalarini xarid qilish…
14:22 / 11.08.2025
Toshkent viloyatida MIB xodimi pora bilan ushlandi

Toshkent viloyatida MIB xodimi pora bilan ushlandi

Ma’lum bo‘lishicha, davlat ijrochisi ushbu “xizmati” evaziga avvalroq 450 AQSh dollari va 1 mln 300 ming so‘m ham olgan.
12:49 / 11.08.2025
Fransiyalik ayol 21 yil ishlamasdan pul olgani uchun ish beruvchini sudga berdi

Fransiyalik ayol 21 yil ishlamasdan pul olgani uchun ish beruvchini sudga berdi

“Bunga chidash qiyin edi” – deydi ayol o‘z ko‘rsatmasida
22:36 / 10.08.2025
Xorazmda “mehnat staji qilib beruvchi” mutaxassis ushlandi

Xorazmda “mehnat staji qilib beruvchi” mutaxassis ushlandi

Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.
11:04 / 11.08.2025
11-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

11-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 22-24 daraja iliq, kunduzi 38-40 daraja issiq bo‘ladi
22:06 / 10.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!