$
12948.10 UZS
-9.04
156.93 UZS
0.37
14696.09 UZS
-6.38
31° Kechasi 14°

Tarixdagi 10 ta eng mashhur xakerlar

18:31 / 02.01.2020

Texnologiyalarga qanchalik ko‘p ishonsak, potensial xakerlar bizdan shunchalik ustun bo‘lishadi. Ularning maqsadi yordam berish yoki ziyon yetkazish emas, balki dunyoni o‘zlariga mos ravishda o‘zgartirishdir. Nomlari allaqachon ommaga ma’lum bo‘lgan bir nechta mashhur xakerlar mavjud. Quyida ular haqida ma’lumot beramiz.

1. Robert Teppen Morris

Kompyuter viruslari haqida deyarli hech narsa bilmasangiz ham, ehtimol “chuvalchanglar” haqida eshitgan bo‘lishingiz mumkin. Bunday virusni birinchi bo‘lib Robert Teppan Morris tarmoqqa kiritgan. 

Kornel Universiteti aspiranti Morris o‘zining “chuvalchang”ini yaratdi va 1988-yil 2-noyabrda uni tarmoqqa chiqardi. U bilan AQShdagi olti ming kompyuter ishini to‘xtatdi. Keyinchalik, u shunchaki internet qanday rivojlanayotganini ko‘rishni xohlaganini va bu nazoratdan chiqib ketgan eksperimentning oqibatlari ekanligini aytdi. Biroq, “chuvalchang” shunchaki sinovdan tashqari ko‘plab zararlar keltirdi: u hisoblar uchun parollar topishga harakat qilib, etc/passwd’ni o‘qidi. Oxir oqibat, Morris jarimaga tortilib, uch yillik qamoqqa hukm qilindi.

Keyinchalik Morris Garvard universitetining professori va ko‘plab dasturiy ta’minot ishlanmalarining muallifi bo‘ldi. Bugungi kunda u Massachusets texnologiya institutida informatika professori bo‘lib ishlaydi.

2. Kevin Mitnik

Hammasi Kevin Mitnik to‘satdan jamoat transportidan bepul foydalanmoqchi bo‘lganidan boshlandi.

Mitnik soxta sayohat hujjati bilan Los-Anjeles avtobus tizimiga hujum qildi. Keyinchalik, u xohlagan joyga bepul qo‘ng‘iroq qilishni boshladi. Bir necha yil o‘tgach, Mitnik allaqachon raqamli uskunalar korporatsiyasi tarmog‘ini buzish va ularning dasturlarini o‘g‘irlashni ishlab chiqqan. Bu uning birinchi ishi bo‘lgan, ammo keyinchalik u Nokia va Motorola telefon gigantlari tarmog‘iga hujum qilgan.

Politsiyachilar uni 1995-yilda Amerikaning yetakchi kompyuter xavfsizligi bo‘yicha mutaxassisi Sutomu Simomuraga nisbatan xakerlik hujumidan keyin ushlagan. Mitnik besh yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Qamoqdan chiqqandan so‘ng, u kompyuter tizimlarini himoya qilish bilan shug‘ullana boshlagan.

3. Adrian Lamo

Ha, kompaniyalar ba’zan o‘z tizimlarining zaif tomonlarini sinab ko‘rish uchun xakerlarni yollaydilar, ammo Adrian Lamoni hech kim yollamagan edi.

2002 va 2003-yillarda Lamo shunchaki qiziqish tufayli bir nechta yirik kompaniyalarning tizimlariga xakerlik qildi, so‘ngra o‘sha kompaniyalarning xavfsizlik tizimlaridagi xatolar to‘g‘risida ularga ma’lum qildi. Xaker hujum qilgan obyektlar orasida Microsoft, Yahoo va New York Times ham bor edi. U yerda Adrian aloqa ma’lumotlarini ekspert ma’lumotlar bazasiga qo‘shdi.

“Uysiz xaker” sifatida tanilgan Lamo ko‘pincha internet-kafelar va jamoat kutubxonalarida tarmoqqa ulanib ishlagan. Lamoning 2003-yilda Nyu-York Tayms’ga kirishi kiberjinoyatchilikka qarshi bo‘lganlarning e’tiborini tortdi, u qo‘lga olinib, olti oy uy qamog‘ida va ikki yillik sinov muddatidagi qamoq jazosiga hukm qilindi. Hozir Lamo taniqli o‘qituvchi va jurnalist, xavfsizlik bo‘yicha mustaqil maslahatchi bo‘lib ishlaydi, ammo ofis ishlariga yollanishdan qochadi.

4. Geri Makkinnon

Asli londonlik bo‘lgan Shotlandiya xakeri Geri Makkinnon siyosiy maqsadlarni amalga oshirish bilan birga zavqlanish uchun juda ko‘p harakatlar qilgan.

2002-yilda Makkinnon AQSh Mudofaa vazirligi, Armiya, Harbiy-dengiz kuchlari, Harbiy-havo kuchlari va NASA kompyuterlariga buzib kirgan. Keyinchalik, u noma’lum uchuvchi obyekt ma’lumotlarini yashirish, muqobil energiya manbalari va jamiyat uchun foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa texnologiyalar haqida ma’lumotni yashirish dalillarini izlayotganini aytdi.

Bu hazil emas. Makkinnonning aytishicha, AQSh hukumati global energiya inqirozini hal qila oladigan yadro texnologiyalarini yashirayotganiga ishonish uchun asos bor. Biroq, “ustoz ko‘rmagan xaker”, boshqa fayllarning barcha to‘plamlarini o‘chirib tashlashi va qattiq disklarga zarar yetkazishi mumkinligini tan oladi. Biroq hozirgacha havotirli hech narsa bo‘lmagan deya ta’kidlab keladi.

AQSh hukumati o‘z navbatida, Makkinnonning hujumi 800 ming dollarga tushishini da’vo qilmoqda va xaker haqiqatdan ham noma’lum uchuvchi obyekt haqida ma’lumot qidirayotganligini shubha ostiga qo‘yadi. Gerini himoyasiga olgan britaniyalik yuristlar o‘zlarining mijozlari asperger sindromidan aziyat chekayotgan ruhiy holati tufayli alohida davolanishi kerakligini ta’kidlaydilar.

5. Rafael Grey

Rafael Grey o‘zini adolatgo‘y deb atagan va 2000-yilda 26 000 amerikalik, britaniyalik va kanadalik mijozlarning kredit karta raqamlari va shaxsiy ma’lumotlarini o‘g‘irlash uchun elektron tijorat saytlariga yordam berishga harakat qilayotganini ta’kidlagan.

2001-yilda Grey uch yillik majburiy psixiatrik davolanishga hukm qilingan.

6. Jon Dreyper

Dreyperning “xakerlar bobosi” deb atalishi mubolag‘a emas. 1970-yillarning boshlarida u telefon buzg‘unchilarining “qiroli” deb tan olingan, ya’ni bepul qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirgan. O‘sha paytda Internet hali keng tarqalmagan edi va shaxsiy kompyuterlar kam edi. Shuning uchun Dreyper telefonlar bilan shug‘ullanardi.

Bir nechta tajribalardan so‘ng, Jon do‘stlari Stiv Voznyak va Stiv Jobs bilan “Blue Box” nomli qurilmani yaratishadi, bu telefon tarmog‘idagi tovushlarga taqlid qilish va bepul qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkonini beradi. Keyinchalik Dreyper IBM PC EasyWriter uchun dunyodagi birinchi matn muharririni yozdi. Ayni paytda u o‘zining Shaxsiy kompyuter xavfsizligi kompaniyasini boshqaradi.

7. Kevin Poulsen

1980-yillarda telefon aloqalarini buzish juda ommalashib ketganida, Poulsen Los-Anjeles radiostansiyasida bema’ni hazilni amalga oshirdi va bir nechta telefon qo‘ng‘iroqlarini qalbakilashtirdi, bu unga eng muhim sovg‘alarni – Gavayiga sayohat va Porsche avtomashinasini yutib olishga imkon berdi.

Bir oz vaqt o‘tgach, xaker federal qidiruv byurosi ma’lumotlar bazasiga xakerlik hujumini amalga oshirdi va telefon so‘zlashuvi bilan bog‘liq maxfiy ma’lumotlarga kirishga muvaffaq bo‘ldi. Shundan so‘ng FQB uni qidirishni boshladi. Natijada Poulsen qo‘lga olindi va besh yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Hozirda u Wired News gazetasining bosh muharriri.

8. Dmitriy Galushkevich

2007-yilda butun Estoniyada Internetga kirish imkoniyati to‘satdan yo‘qoldi. “Kichik, ammo texnik jihatdan juda yaxshi” mamlakat hamma narsada Rossiya hukumatini aybladi. O‘sha payt Estoniyada sovet yodgorliklarining buzilishi tufayli tez-tez tartibsizliklar bo‘lib turardi, shuning uchun Rossiyadan shubhalanish mantiqan to‘g‘ri edi.

Ushbu kiberterror uchun javobgar bo‘lgan xakerlar mamlakatdagi barcha kompyuterlarga kirish huquqiga ega bo‘lishdi va ulardan foydalanib, barcha serverlarni yuklab olishdi. Bankomatlar ishlamadi, veb-sahifalar ochilmadi.

Estoniya rasmiylari aybdorlarni topish uchun bir necha hafta urindilar. Nihoyat,  shov-shuvni Estoniyada yashovchi 20 yoshli rus millatiga mansub Dmitriy Galushkevich uyushtirganligi ma’lum bo‘ldi. Galushkevich 17,500 kron jarimaga tortildi.

9. Jonatan Jeyms

AQSh mudofaa vazirligi tizimi qattiq himoya qilinishi kerak bo‘lgan kompyuter tizimlari ro‘yxatida turadi. Biroq, amerikalik xaker Jonatan Jeyms ushbu tizimni buzdi va ularning serveriga kirdi. O‘sha paytda yigit bor-yo‘g‘i 15 yoshda edi.

1999-yil 29-30-iyun kunlari Jeyms NASAga hujum qildi. U tarmoq bo‘ylab bemalol cho‘qqiga chiqishga va bir nechta fayllarni, shu jumladan, xalqaro orbital stansiyaning manba kodini o‘g‘irlashga muvaffaq bo‘ldi. Albatta, NASA xakerni qo‘lga olish uchun keng ko‘lamli operatsiyani boshladi va ko‘p o‘tmay Jeyms qo‘lga olindi. NASA yetkazilgan zararni 1,7 million dollarga baholadi.

Jeyms voyaga yetmaganligi sababli, u faqat olti oylik qamoq jazosiga hukm qilindi, shuningdek, unga kompyuterlardan foydalanish taqiqlandi.

Afsuski, Jeyms hozir tirik emas. U 2008-yil 18-mayda o‘z joniga qasd qildi. Ammo ba’zi mish-mishlarga ko‘ra, qonunni buzgan xaker hukumat idoralari tomonidan “otib tashlangan”I ham aytiladi.

10. “Deceptio Duo” guruhi

2002-yilda Deceptio Duo (ikki kishidan iborat guruh – 20 yoshli Benjamin Stark va 18 yoshli Robert Littl) AQSh harbiy-dengiz kuchlari, NASA, FAA va Mudofaa vazirligini o‘z ichiga olgan holda hukumat tarmog‘iga xakerlik ishlarini amalga oshirdilar.

Boshqa ko‘plab xakerlar singari, Stark va Littl ham shunchaki xavfsizlikning zaif tomonlarini ko‘rsatmoqchi va shu bilan o‘z mamlakatlariga yordam berishni istashgan. Ikki xaker ushbu tizimlarda xabarlar qoldirgan va hukumatning e’tiborini jalb qilish maqsadida rasmiylarning elektron manzillarini va maxfiy hukumat saytlarini ma’lum manbalarga joylashtirgan.

2006-yilda ikkala xaker ham o‘z ayblarini tan olishdi. Stark – ikki yillik, Littl – uch oylik sinov muddatini oldilar va har ikkisi uchun 10 ming dollar jarima tayinlandi.


Bu ham qiziq

Qamchiq dovonida Isuzu beton to‘siqqa borib urildi

Qamchiq dovonida Isuzu beton to‘siqqa borib urildi

Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida inson hayoti saqlab qolingan.
14:48 / 28.04.2025
O‘zbekistonda chet ellik talabalar soni 12,5 mingga yetdi

O‘zbekistonda chet ellik talabalar soni 12,5 mingga yetdi

So‘nggi 10 yil ichida O‘zbekistonda chet ellik talabalar soni qariyb 18 barobar ko‘paydi.
19:19 / 28.04.2025
Hindiston va Pokiston chegarasida yana otishma sodir bo‘ldi

Hindiston va Pokiston chegarasida yana otishma sodir bo‘ldi

Hindiston harbiylari bunga “tezkor va samarali” javob qaytargani, jarohatlanganlar yo‘qligi aytilmoqda.
10:35 / 29.04.2025
“Yangi O‘zbekiston” universitetida tibbiyot fakulteti tashkil etiladi

“Yangi O‘zbekiston” universitetida tibbiyot fakulteti tashkil etiladi

Qarorga ko‘ra, Universitetda texnika va tibbiyot sohalaridagi ilmiy-tadqiqot loyihalarini grant asosida moliyalashtirishning…
11:51 / 29.04.2025
Toshkent shahrida 12 ta zilzila o‘chog‘i aniqlandi

Toshkent shahrida 12 ta zilzila o‘chog‘i aniqlandi

Toshkent shahrida kelajakda har xil magnitudada namoyon bo‘lishi mumkin bo‘lgan 12 ta zilzila o‘chog‘i aniqlandi. Bu haqda f…
19:41 / 27.04.2025
Kanadada avtomobil festival ishtirokchilarini bosib ketdi

Kanadada avtomobil festival ishtirokchilarini bosib ketdi

Kanadaning Vankuver shahridagi Filippin festivalida mashina olomonni bosib ketdi. Mahalliy politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, h…
19:12 / 27.04.2025
Navoiyda “zapravka” 26 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalandi

Navoiyda “zapravka” 26 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalandi

AGTKShda gaz sarfini o‘lchash kompleksiga o‘rnatilgan qurilmaning kirish-chiqish qismidagi gaz jo‘mraklariga davlat standart…
12:12 / 28.04.2025
28-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

28-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 20-22 daraja, kunduzi 36-38 daraja bo‘ladi.
20:32 / 27.04.2025
O‘zbekiston delegatsiyasi migrantlar huquqlarini himoya qilish maqsadida Rossiyaga yo‘l oldi

O‘zbekiston delegatsiyasi migrantlar huquqlarini himoya qilish maqsadida Rossiyaga yo‘l oldi

Ishchi delegatsiya tarkibiga Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Migratsiya agentligi, Tashqi ishlar, Ichki ishlar …
22:50 / 28.04.2025
29-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

29-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 20-22 daraja, kunduzi 31-33 daraja bo‘ladi.
22:55 / 28.04.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!