$
12618.63 UZS
-49.51
160.83 UZS
-0.32
14516.47 UZS
-124.1
36° Kechasi 23°

Juma namozini uyda jamoat bilan o‘qisa bo‘ladimi?

11:43 / 20.03.2020

Joriy yil 16-mart kuni O‘zbekiston Musulmonlar idorasi raisi, muftiy hazratlari Usmonxon Alimov diniy marosimlarni o‘tkazish tartibi haqida bayonot bergna va unda O‘zbekistonda juma namozlari vaqtinchalik to‘xtatilgani, uning o‘rniga esa uyda peshin namozi o‘qilishi haqida xabar berilgan edi.

Bugun, 20-mart, juma kuni bo‘lganidan ayrim fuqarolarda uyda jamoat bo‘lib juma namozini o‘qish mumkinmi yoki yo‘q, degan savollar paydo bo‘lmoqda. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi fatvo hay’ati ushbu savolga, jumladan, quyidagicha javob beradi:

“Bismillahir Rohmanir Rohim. Shu kunlarda aksar musulmon yurtlarining xalqaro va mahalliy fatvo uyushmalari, ulamolari mo‘min-musulmonlarning jonlarini omon saqlash uchun masjidlarda yig‘ilmaslik, xavf o‘tib ketguncha ibodatlarni uyda ado etib turish qaroriga kelishgan. Bunga yetarlicha asos borligini va masala jiddiy ekanligini eslatishgan. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi fatvosida ham juma namozi o‘rniga uyda peshin namozi ado etilishi aytilgan.

   Fiqhiy manbalarimizga murojaat qiladigan bo‘lsak, juma namozi durust bo‘lishi uchun juma namoziga odamlarga davlat boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari tomonidan umumiy ruxsat (izni omma) bo‘lishi, juma namozini odamlarga muftiy tomondan tayinlangan kishi ado qilib berishi kerak. Demak, juma namozini uyda o‘qilganda mana shu shartlar topilmaydi, natijada namoz durust bo‘lmaydi. Bu haqida muhaqqiq olim Mulla Ali Qori rahimahulloh shunday deydilar: 

“Jumani ado qilish uchun umumiy ruxsat (izni omma) bo‘lishi shart qilingan. Chunki juma – Islom shiorlaridan biri. Uni odamlar orasida ochiqchasiga qoim qilish shart bo‘ladi” (“Fathu bobil inoya” kitobi).

   Bu mavzuda Ibn Obidin rahimahulloh shunday deydilar:

“Umumiy ruxsat – jome’ masjidi ochilib, odamlar kirishiga ruxsat bo‘lishidir. Hatto, agar masjidda bir jamoat yig‘ilib, eshikni yopib olib juma namozini o‘qisalar, namozlari durust bo‘lmaydi” (“Raddul muhtor” kitobi). 

   E’tibor berilsa, bu masalada, umumiy ruxsat bo‘lmaganda, hatto bir jamoat masjidga kirib, o‘zlaricha juma o‘qisalar ham, namozlari durust bo‘lmasligi bayon qilinmoqda.

   Xulosa o‘rnida aytamizki, hozirgi sharoitda hammamiz ittifoq bo‘lib, shariatimiz ko‘rsatmalariga amal qilishimiz, Alloh taoloning sinov-imtihonlaridan go‘zal suratda o‘tishga harakat qilishimiz lozimdir. Nafl ibodatlar, tilovati Qur’on, duo-tasbehlar, qiyin sharoitda qolganlarga xayru ehson qilish kabi Alloh taologa xush keladigan amallarni ko‘paytiraylik. Boshimizga kelgan sinovni ham savob ishlash uchun g‘animat fursat, deb bilaylik. Shoyadki, Alloh taolo tez kunlarda fazilatli, katta jamoatlarda namozlarni ado qilishni nasib aylasa, xalqimizga xotirjamlikni qaytarsa. Alloh taolo dunyo musulmonlari, jumladan xalqimizdan turli balo-ofatlarni uzoq qilsin! Omin! 
Vallohu a’lam”.


Bu ham qiziq

O‘zbekistonda havo harorati 44 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekistonda havo harorati 44 darajagacha ko‘tariladi

“O‘zgidromet” ertaga, 18-iyun kuni kutilayotgan ob-havo prognozini e’lon qildi.
12:21 / 17.06.2025
UFC. Nursulton Ro‘ziboyevning navbatdagi jangi e’lon qilindi

UFC. Nursulton Ro‘ziboyevning navbatdagi jangi e’lon qilindi

Unga ko‘ra, Ro‘ziboyev 17-avgust kuni Chikago shahrida tashkil etiladigan UFC 319 turnirida oktagonga ko‘tariladi.
10:29 / 18.06.2025
17-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

17-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

17-iyunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, 17—19-iyunda O‘zbekistonning qolgan hududlarida havo harorati ku…
17:51 / 16.06.2025
Mirziyoyev Qashqadaryoga tashrifini “Alp texno servis” korxonasi bilan tanishuvdan boshladi

Mirziyoyev Qashqadaryoga tashrifini “Alp texno servis” korxonasi bilan tanishuvdan boshladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-iyun kuni Qashqadaryo viloyatiga bordi.
11:48 / 19.06.2025
Tramp Isroilga Oyatulloh Xominaiyning o‘ldirilishi bo‘yicha taqiq qo‘ymagan

Tramp Isroilga Oyatulloh Xominaiyning o‘ldirilishi bo‘yicha taqiq qo‘ymagan

Netanyaxu shu haqidagi xabarlarni “yolg‘on” deb atadi.
12:19 / 16.06.2025
O‘zbekistonda jinsni o‘zgartirishga ruxsat berildimi?

O‘zbekistonda jinsni o‘zgartirishga ruxsat berildimi?

Adliya vazirligi mazkur xabarlar va qaror yuzasidan tushuntirish berdi.
17:57 / 16.06.2025
Yer, mol-mulk, suv soliqlarini undirishning yangi mexanizmi ishlab chiqiladi

Yer, mol-mulk, suv soliqlarini undirishning yangi mexanizmi ishlab chiqiladi

Yil boshidan hududlarda byudjetga tushum 26 foizga o‘sdi. Lekin Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Qashqadaryo va Xorazmda o‘sish res…
12:35 / 16.06.2025
Oyatulloh Ali Xominaiy: “Eron xalqi hech qachon taslim bo‘lmaydi”

Oyatulloh Ali Xominaiy: “Eron xalqi hech qachon taslim bo‘lmaydi”

Xominaiy, shuningdek, AQSh tomonidan bo‘ladigan har qanday harbiy aralashuvga munosib javob berilishini va’da qildi.
16:51 / 18.06.2025
19-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

19-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 19-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulut…
14:10 / 18.06.2025
Samarqanddagi YTHda 39 yoshli sudya halok bo‘ldi

Samarqanddagi YTHda 39 yoshli sudya halok bo‘ldi

Samarqand viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudi raisi Temur Rustamov avtohalokatda vafot etdi.
12:49 / 18.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!