$
11814.05 UZS
11.86
139.93 UZS
0.06
13482.19 UZS
-45.48
31° Kechasi 18°

Tuzni ko‘p iste'mol qilishning zarari

15:00 / 20.08.2019

Tuz taom ta'mini yaxshilashdan tashqari inson organizmi uchun muhim hamdir. Osh tuzi tarkibidagi asosiy unsurlardan biri bo‘lgan natriy qon aylanishi va bosimini me'yorlashtiradi, shuningdek, asab tolalari va muskul to‘qimalari orasidagi signal almashinuvida yordam beradi. Osh tuzi tarkibidagi ikkinchi unsur bo‘lgan xlor esa ovqat hazm bo‘lishiga yordamlashadi. 

Biroq ko‘p miqdorda iste'mol qilingan tuz zararlidir. Yarim fabrikatlar tarkibida tuz me'yoridan ortiq bo‘ladi; restoranlarda ovqat shirin bo‘lishi uchun tuzni ko‘p solishadi. Sho‘r taomlarning iste'mol qilinishi esa inson organizmiga  salbiy ta'sir ko‘rsatadi.

Ko‘p tuz iste'mol qilish oqibatida tanada ko‘p suv to‘planadi. Buning sababi esa quyidagicha: qondagi chiqindilarni filtrlovchi buyraklar elektrolitlarning (natriy va kaliy) suvga nisbatan qat'iy muvozanatini tutib turadi. Tuzning organizmga ko‘p miqdorda kirishi natijasida buyraklar tanada mos ravishda ko‘proq suvni ushlashga majbur bo‘ladi. Organizmda ko‘p miqdorda suv to‘planishi esa vena va arteriya tomirlarini kengaytirishga sabab bo‘luvchi ko‘proq qon aylanishiga, bu esa qon bosimining ko‘tarilishiga olib keladi.

Bilamizki, sho‘r ovqat yeganimizdan keyin chanqaymiz – organizmimiz shu tarzda natriyning suvga bo‘lgan nisbatini tiklashga urinadi. Agar sho‘r taom iste'mol qilib ko‘p suv ichaversangiz, qon bosimiga duchor bo‘lasiz.Agar kam suv ichsangiz — tanangizning o‘zi kerakli miqdordagi suvni hujayralardan oladi, bu esa tananing suvsizlanishiga sabab bo‘ladi.

Tuzni ko‘p iste'mol qiladigan kishilar hojatxonaga tez-tez borishadi. Bu esa har safar suyak va tishlarimiz mustahkamligini ta'minlaydigan kalsiyning tanamizdan chiqib ketishini bildiradi. Kalsiyning tanadan ko‘p miqdorda chiqib ketishi osteoporozni keltirib chiqaradi.

Ayrim tadqiqotlarda aniqlanishicha, tuzni ko‘p miqdorda iste'mol qilish oshqozon yarasi va oshqozon rakiga ham olib kelishi mumkin ekan.

Iste'mol qilayotgan taomlaringizdagi tuz miqdoriga e'tibor bering: har holda o‘ta sho‘r mahsulotlardan voz kechish foydadan xoli emas.


Bu ham qiziq

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikda yirik komplekslarni ko‘paytirish vazifalari belgilandi.

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikda yirik komplekslarni ko‘paytirish vazifalari belgilandi.

Ulug‘norda paxtadan ozuqa ekinlariga o‘tkazilgan 5 ming gektar maydon kamida 10 ming bosh qoramol boqish imkonini beradi. Da…
12:26 / 24.09.2026
Konstitutsiyaviy sud: shaxsni sud qarorisiz 48 soatdan ortiq ushlab turish mumkin emas

Konstitutsiyaviy sud: shaxsni sud qarorisiz 48 soatdan ortiq ushlab turish mumkin emas

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi majlisida shaxsni ma’muriy tartibda 48 soatdan ortiq ushlab turish imkonini b…
15:11 / 23.09.2026
O‘zbekistonda ish joyidagi zo‘ravonlik bo‘yicha onlayn murojaat portali ishga tushiriladi

O‘zbekistonda ish joyidagi zo‘ravonlik bo‘yicha onlayn murojaat portali ishga tushiriladi

O‘zbekistonda ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik holatlari yuzasidan onlayn murojaat qilish imkonini beruvchi portal ishga t…
12:22 / 22.09.2026
Andijonda iqtisodiy o‘sish va aholi farovonligini oshirish masalalari muhokama qilinmoqda

Andijonda iqtisodiy o‘sish va aholi farovonligini oshirish masalalari muhokama qilinmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatl…
12:06 / 24.09.2026
Erkak Vengriya bosh vazirining yuziga sharob sepdi

Erkak Vengriya bosh vazirining yuziga sharob sepdi

Vengriya bosh vaziri Peter Madyar Seksard shahrida o‘tkazilgan vino festivalida ovqat olish uchun navbatda turganida bir erk…
10:22 / 22.09.2026
Saida Mirziyoyeva Google rahbariyati bilan uchrashuvda YouTube monetizatsiyasini O‘zbekistonda ishga tushirish masalasini muhokama qildi

Saida Mirziyoyeva Google rahbariyati bilan uchrashuvda YouTube monetizatsiyasini O‘zbekistonda ishga tushirish masalasini muhokama qildi

Saida Mirziyoyeva Google vitse-prezidenti Karan Bhatiya bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda O‘zbekistonda YouTube monetiza…
11:37 / 23.09.2026
Yamanda husiylar sabab uch kunda 169 nafargacha odam halok bo‘ldi

Yamanda husiylar sabab uch kunda 169 nafargacha odam halok bo‘ldi

Yamanda Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan husiylar harakati va Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya tomonidan …
10:06 / 23.09.2026
“Bizga har bir davlatning ovozi eshitiladigan BMT kerak!” — Saida Mirziyoyeva BMT minbarida nutq so‘zladi

“Bizga har bir davlatning ovozi eshitiladigan BMT kerak!” — Saida Mirziyoyeva BMT minbarida nutq so‘zladi

O‘zbekiston kelgusi yilda Qo‘shilmaslik harakatiga raislik qiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrats…
09:37 / 24.09.2026
Google Irlandiyada 403 mln yevro jarimaga tortildi

Google Irlandiyada 403 mln yevro jarimaga tortildi

Google kompaniyasi va Irlandiyaning Ma’lumotlarni himoya qilish komissiyasi (DPC) o‘rtasidagi olti yillik nizo kompaniyaga 4…
10:04 / 22.09.2026
23-sentyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

23-sentyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Ertaga respublika bo‘ylab biroz bulutli ob-havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.
17:30 / 22.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!