$
12778.12 UZS
78.98
164.01 UZS
1.85
14931.23 UZS
83.4
37° Kechasi 23°

Qish yaqin! Mashinani sovuq mavsumga qanday tayyorlash kerak?

15:14 / 12.11.2019

Mashinangiz qishki mavsumga tayyormi? Sovuqda ko‘chada qolib ketishni istamasangiz…

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, sovuq havo mashina dvigatellarini ko‘proq harakatlantiradi. Bu esa mashinani yozdagiga nisbatan besh barobar tezroq eskirishiga sabab bo‘ladi. Avtoulovingiz sizga uzoq vaqt xizmat qilishi uchun esa uni mavsumga tayyorlashingiz kerak. Bunda sizga quyidagi tavsiyalar yordam beradi. 

Qishki shinalar

Подготовка машины к зиме

Qoidaga ko‘ra, havo harorati +5 darajaga tushganda mashina shinalarini qishkisiga almashtirish kerak. Shuni unutmangki, sovuq mavsum boshlanganda shinalarni almashtirish uchun ularga jiddiy zarar yetishini kutib o‘tirish noto‘g‘ri.
 
Qishki shinalarning juda ko‘p turlari mavjud. O‘ta sovuq mamlakatlarda, asosan, Yevropa va Skandinaviyada ishlab chiqarilgan shinalardan foydalaniladi. Ular -20 dan ham past havoga bardosh bera oladi. Lekin bizning yurtimiz uchun bunday shinalarga ehtiyoj yo‘q. O‘zbekistonda qish u qadar sovuq bo‘lmaganligi uchun  Koreya va Xitoyda ishlab chiqarilgan shinalar biz uchun eng ma’quli hisoblanadi.
 
Agar qishda tez-tez tog‘li hududlarga boradigan bo‘lsangiz unda mashinangizga shurupli shinalar o‘rnatishingiz kerak. Bunday shinalar bilan qorli, muzli joylarda yurish qulay. 

Loy sachrashidan himoyalovchi to‘siq

Agar mashinangizda loy sachrashidan himoya qiluvchi to‘siq bo‘lmasa, ularni o‘rnatishni maslahat beramiz. Chunki u, mashinani ortiqcha ifloslanishdan himoya qiladi. Bunda, albatta, sifatlisini o‘rnatishga harakat qiling. 

Old oyna tozalagichlari

Agar mashinangizni anchadan beri ishlatayotgan bo‘lsangiz old oyna tozalagichlarining holatini tekshirib qo‘ying. 
Maxsus qishki tozalagichlar borligidan xabardormisiz? Ular sovuqqa chidamli materiallardan tayyorlangan bo‘lib, qattiq sovuq paytida ham yorilib ketmaydi va deformatsiyalanmaydi. Bunday cho‘tkalar qor, muz va sovuq havoga chidamli bo‘lgan plastik qoplamalar bilan qoplangan bo‘ladi. 

Bak

Подготовка машины к зиме

Old oyna uchun ishlatiluvchi suv saqlanadigan bak ham e’tibor berilishi kerak bo‘lgan muhim narsalardan biri. Unga o‘ta sovuq suv solmaslikka harakat qiling.


Eshik rezina qoplamalari

Eshik yaxshi yopilishiga xizmat qiluvchi rezina qoplamalar vaqt o‘tishi bilan quruqlashib yaroqsiz holga kelib qoladi. Shuning uchun qish oldidan ularni moylab qo‘ying. Bu qishda eshiklar yaxshi ochib yopilishi uchun juda muhim. 

Qulflar

Подготовка машины к зиме

Hatto, avtomobilingiz yangi bo‘lsa ham eshik, kapot va yukxona qulflarini tekshiruvdan o‘tkazish zarar qilmaydi. Ularni cho‘tka yordamida maxsus silikon asosga ega bo‘lgan moy bilan siylash kerak. 

Kuzov

Mashina sirtini antiyemirilish vositalari bilan himoya qilish yangi va eski mashinalar uchun birdek muhim. Qishda yo‘llarga sepiladigan qum va tuzlar bilan metall tez kirishadi. Natijada mashinada turli darajadagi yemirilishlar yuzaga keladi. Uni oldini olish uchun esa mashina sirtiga maxsus mum yoki mastika surib yurish kerak. 

Mashina yuvish

Подготовка машины к зиме

Ko‘pgina avtomobil egalari qish oylarida o‘zlarining “temir otlarini” kam hollarda yuvishadi, bu esa noqulay ob-havo sharoitida mashinaning ifloslanishiga sabab bo‘ladi. Bu juda yomon holat, albatta. Chunki qishki mavsumdagi loy va tuz qorishmali chiqindilar mashina tashqi tomonida yemirilish o‘choqlarini hosil qiladi. Shuning uchun mashinani kamida xaftasiga bir marta, juda bo‘lmaganda oyiga bir marta yuvish kerak. 

Qishda professional yuvish xizmatlaridan foydalanish yaxshiroq. Chunki ular mashinani sovuq havoda issiq suv bilan yuvishmaydi. Agar mashina havoga mos haroratdagi suv bilan yuvilmasa unda zang paydo bo‘lishi mumkin. 

Shassi 

Shassini qayta ko‘rib chiqish kerak. Kerak bo‘lsa, pedallarni o‘zgartiring, tormoz shlanglari va tormoz suyuqligi holatini tekshiring. Lozim topsangiz ularni ham almashtiring.

Akkumulyator

Подготовка машины к зиме

Akkumulaytor holatini tekshirish eng muhim ishlardan biri hisoblanadi. Uni tekshirish uchun mashinaning yon chiroqlarini ikki soatga yoqib qo‘ying, shundan so‘ng mashina yaxshi o‘t (zavat bo‘la) olsa, akkumulyator holati yaxshi bo‘ladi. Agar shu amaliyotdan so‘ng mashina o‘t olishga qiynalsa yoki umuman o‘t olmasa akkumulyatoringizni almashtirishingiz kerak. Akkumulyator ulagichlariga e’tibor bering, agar ular oksidlangan (oqish rangga kirgan) bo‘lsa, tokni yaxshi o‘tkazmayotgan bo‘ladi.
 
Layfxak: muzlagan akkumulyatorni avvalgi holatini tiklash uchun, uni issiq vannaga solib qo‘yish kerak. Faqat bunda suv akkumulyatorning uchdan bir qismiga tegib turishi lozim. 

Chiroqlar 

Akkumulyatorni tekshiryotganda chiroqlar yonishiga va chiroqlarga tok o‘tadigan simlar o‘ramiga e’tibor berishni unutmang.  

Motor moyi

Motor moyini filtri bilan birga almashtirish lozim. Dvigatel yog‘ini tanlashda faqat avtomobil ishlab chiqaruvchilarning tavsiyalariga quloq tutmay, balki mintaqangizdagi muayyan ish sharoitlariga ham e’tibor bering va albatta, moyning yopishqoqligiga ahamiyat qarating.

Antifriz

Подготовка машины к зиме

Antifrizning o‘rtacha ishlash muddati (sovutish suyuqligi) ikki yil yoki 40 ming kilometrlik masofani tashkil etadi. Uni almashtirishni kechiktirmaslik kerak. Yo‘qsa, motorni falon pulga ta’mirlatishingizga to‘g‘ri keladi.  

Yana bir muhim narsa radiatorda teng miqdordagi suv va antifrizni saqlab qolish tavsiya etiladi, bu esa suyuqliklarni sovuq haroratda muzlashiga to‘sqinlik qiladi. Buning uchun alohida o‘lchash stakaniga ega bo‘lish shart emas, do‘konlarda sotiladigan antifriz va suvning tayyor aralashmasi keraklicha bo‘lgan miqdorda sotiladi.

Yoqilg‘i quyish

Qishda hamisha bakni yoqilg‘iga to‘ldirib yurish tavsiya etiladi. Sababi, bakning bo‘shab qolgan qismida par hosil bo‘lishi mumkin, par suvga aylanib benzinga tushadi. Agar o‘sha suv muzga aylanib yoqilg‘i quvirlarida turib qolsa, mashinani ta’mirtalab holga olib keladi. Shuning uchun, qishda bakni to‘ldirib yurish yaxshiroq. 

Isitish va shamollatish tizimi

Ayniqsa, eski mashinalarning isitish va shamollatish tizimining ishlashini tekshirish muhimroq. Pech motorining ishlashiga, havo ta’minoti tizimidagi damperlarga va salon filtrining holatiga e’tibor berish lozim.

Jentlemanlar majmuyi

Qishki mavsumda mashinangizda quyidagilar bo‘lishi shart: belkurakli cho‘tka, suv o‘tkazmaydigan aerozol va temir arqon. 


Bu ham qiziq

O‘zbekistonda havo harorati 45 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekistonda havo harorati 45 darajagacha ko‘tariladi

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 17–19-iyul kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilm…
10:16 / 15.07.2025
16-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

16-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 22-24 daraja iliq, kunduzi 37-39 daraja issiq bo‘ladi
22:15 / 15.07.2025
Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi tashkil etildi

Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi tashkil etildi

“Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident f…
10:08 / 16.07.2025
O‘zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Xito…
12:25 / 16.07.2025
Isroil Suriya janubiga zarba berdi

Isroil Suriya janubiga zarba berdi

BBC xabariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda Suriyaning, asosan, druzlar istiqomat qiladigan hududlarida badaviy qabilalar hamda mah…
12:58 / 16.07.2025
Donald Tramp Rossiya - Ukraina urushi borasida o‘z fikrlarini bildirdi

Donald Tramp Rossiya - Ukraina urushi borasida o‘z fikrlarini bildirdi

Siyosatchining fikriga ko‘ra, bu urushda baribir imkoniyatlar noteng bo‘lib qolmoqda
19:54 / 15.07.2025
Los-Anjeles–2028. XXXIV yozgi Olimpiya o‘yinlari taqvimi e’lon qilindi

Los-Anjeles–2028. XXXIV yozgi Olimpiya o‘yinlari taqvimi e’lon qilindi

“AQShning Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlari rasman 2028-yil 14–30-iyul kunlariga belgilangan, b…
16:54 / 16.07.2025
2025-yilgi umra mavsumi avgust oyidan boshlanadi

2025-yilgi umra mavsumi avgust oyidan boshlanadi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Haj va Umra markazi yangi umra mavsumini 2025-yil avgust oyidan boshlanishini e’…
12:22 / 15.07.2025
Qoraqalpog‘istonning uchta tumanida issiqlik sababli bog‘chalar yopildi

Qoraqalpog‘istonning uchta tumanida issiqlik sababli bog‘chalar yopildi

2025-yilning 16-17-18-iyul kunlari ob-havo haroratining keskin oshishi kutilayotgani ma’lum qilindi.
16:07 / 16.07.2025
Toshkentda tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan fuqaro tizimga 2,7 mlrd so‘m zarar yetkazdi

Toshkentda tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan fuqaro tizimga 2,7 mlrd so‘m zarar yetkazdi

U xonadonida konserva mahsulotlarini tayyorlash bilan shug‘ullangan.
16:07 / 15.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!