$
12520.78 UZS
83.63
153.70 UZS
0.36
14634.29 UZS
153.72
31° Kechasi 19°

Internet tezligini oshirish usullari 

08:58 / 10.05.2020

Ayni kunlarda internetga bo‘lgan talab avvalgiga qaraganda bir necha marotabaga ortgan. Shu bilan birga internet tezligi borasida ham salbiy fikrlar ko‘paymoqda. Afsuski, internet juda sekin ishlashining bir qancha sabablari mavjud. Ularning biri bo‘lgan Domen nomlari tizimi (DNS)ga e'tiboringizni qaratmoqchimiz.

Ushbu tizim internet xaritasi vazifasini bajaradi. Masalan, shaharda yurishda xaritadan foydalanasiz, unda ko‘rsatilgan manzillar bo‘ylab harakatlanasiz.  Mavjud bo‘lgan boshqa manzillarni esa bilmasligingiz tabiiy. Internet xaritasi ham shuning o‘zginasi. 

Xabaringiz bo‘lsa, internetga ulanish jarayonida provayder o‘z DNS serverini tayinlaydi. Uning vazifasi matnli manzillarni raqamliga o‘zgartiradi yoki shuning aksini bajaradi. Biroq bu doim ham yaxshi degani emas, chunki bu orqali kam trafik, eskirgan dasturiy ta'minot va shunga o‘xshash muammolarga duch kelishingiz mumkin. Agar kompyuter darhol IP-manzilni topa olmasa, sahifalarni yuklash jarayoni sekinlashib boradi. Baxtga qarshi, foydalanish mumkin bo‘lgan boshqa DNS-serverlar mavjud. 

Ishlash tezligining pastligi server o‘zgartirishning yagona sababi emas. Aksariyat DNS tizimlar keraksiz saytlarni yoki ta'qiqlamoqchi bo‘lgan manbalarni blokirovka qilishingiz uchun maxsus tozalash xizmatidan foydalanishni taklif qiladi.  

Nima uchun DNS serverni o‘zgartirish kerak? 

Provayder avtomatik ravishda tanlagan DNS serveri ayrim hollarda muammolar keltirib chiqaradi.  Masalan, tezlik me'yorda hamda uskunalar yaxshi bo‘lsa ham sahifalar juda sekin yuklanishi mumkin.  Shuningdek, kamchilikning yana biri – xavfsizlik. Provayderning ushbu xizmatdan foydalanishi siz qaysi saytga tashrif buyurganingizni kuzatib boradi. Buning uchun kompyuterdagi mavjud serverni boshqasiga o‘zgartirish samarali bo‘lishi mumkin.

Sinab ko‘rishingiz mumkin bo‘lgan bepul DNS serverlar ro‘yxati:

Google  -  8.8.8.8 va 8.8.4.4;

CloudFlare  -  1.1.1.1 va 1.0.0.1;

Yandex  -  77.88.8.8  va 77.88.8.1;

Quad9  -  9.9.9.9;

OpenDNS  -  208.67.222.222  va  208.67.220.220;

Windowsda boshqa DNS xizmatiga qanday ulanish mumkin? Buning uchun quyidagi buyruqlarni amalga oshirish zarur:

- Sichqoncha ko‘rsatkichi "Ishga tushirish" (Пуск) tugmasiga keltirilib, o‘ng tarafi bosiladi. Hosil bo‘lgan kontekst menyudan "Internetga ulanish" bo‘limi tanlanadi;
- "Adapter sozlamasini o‘zgartirish" bo‘limi tanlanadi va sichqonchaning o‘ng tugmasi orqali "Xususiyatlar" (Свойства) tugmasi bosiladi;
- Internet protokolining to‘rtinchi versiyasi (TCP/IPv4) tanlanadi va "Xususiyatlar" tugmasi bosiladi;
- Paydo bo‘lgan maydonga ma'qul bo‘lgan DNS manzili kiritiladi;
- "Ok" tugmasi bosiladi.

MAC (Media Access Control)da boshqa DNS xizmatiga ulanish uchun:

- Sozlamalar ichidan "Tarmoq" tanlanadi;
- "Qo‘shimcha" tugmasi bosiladi;
- DNS yorlig‘i bosiladi;
- "DNS serverlari" ustunidagi "+" tugmachasi bosiladi;
- Manzil kiritilgandan so‘ng "Ok" tugmachasi bosiladi.

iPhone'da DNS serverni sozlash uchun:
- Sozlamalar ilovasi ochiladi;
- Wi-Fi sozlamalari bo‘limiga o‘tiladi;
- O‘z tarmog‘ingizni tanlang  -  "DNSni sozlash"  - "Qo‘l orqali";
- Ishlatilgan manzil "-" tugmasi bosish bilan o‘chiriladi;
- Endi "+" tugmasi bosilib, yangi server kiritiladi;
- "Ok" tugmasi orqali tasdiqlanadi.

Androidlarda server o‘rnatish uchun:

- DNSni o‘zgartirish dastur yuklab olinadi;
- Ilova ochiladi, "Qo‘l orqali kiritish" tugmasi bosiladi;
- Server manzili kiritiladi va "Boshlash" tugmasi bosiladi.

Shunday qilib internet tezligini oshirish uchun avval qurilmani o‘rganib chiqish va imkoni bo‘lsa buni sozlamaning o‘zida amalga oshirish har tomonlama foydali. Yuqoridagi tavsiyalar internet foydalanuvchilari uchun yaxshi yangilik bo‘lishiga ishonamiz.


Bu ham qiziq

Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalari mavjud vositalarni sotuvga qo‘ygan shaxs aniqlandi

Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalari mavjud vositalarni sotuvga qo‘ygan shaxs aniqlandi

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda
21:39 / 07.09.2025
Angrendagi dahshatli avtohalokat bo‘yicha Ochilboy Ramatov boshchiligida hukumat komissiyasi tuzildi

Angrendagi dahshatli avtohalokat bo‘yicha Ochilboy Ramatov boshchiligida hukumat komissiyasi tuzildi

Angrendagi dahshatli YTH yuzasidan IIV rasmiy axborot berdi
21:03 / 07.09.2025
Narendra Modi Donald Tramp bilan ziddiyati sabab BMT bosh assambleyasiga bormaydi

Narendra Modi Donald Tramp bilan ziddiyati sabab BMT bosh assambleyasiga bormaydi

Uning o‘rniga assambleyada hindlar nomidan tashqi ishlar vaziri qatnashadi
19:35 / 07.09.2025
Navoiyda 1 mlrd so‘mlik tabiiy gaz o‘marildi

Navoiyda 1 mlrd so‘mlik tabiiy gaz o‘marildi

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
14:33 / 08.09.2025
Ertaga O‘zbekistonda havo bulutli bo‘ladi

Ertaga O‘zbekistonda havo bulutli bo‘ladi

“O‘zgidromet” 8-sentyabr kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
14:32 / 07.09.2025
Bugun Marg‘ilon shahrining 2000 yillik yubileyi nishonlangan kun

Bugun Marg‘ilon shahrining 2000 yillik yubileyi nishonlangan kun

2007-yilda shaharning 2000 yilligi keng nishonlangan
18:45 / 07.09.2025
Sud-ekspertlik faoliyati raqamlashtiriladi

Sud-ekspertlik faoliyati raqamlashtiriladi

“Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari …
17:52 / 08.09.2025
Buyuk Britaniyaga turistik maqsadlarda safar qilgan o‘zbekistonliklar soni oshgan

Buyuk Britaniyaga turistik maqsadlarda safar qilgan o‘zbekistonliklar soni oshgan

2025-yilning yanvar-iyul oylarida jami 3,8 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Buyuk Britaniyaga safar qi…
20:21 / 08.09.2025
Bugun O‘zbekiston MTJ “CAFA Nations Cup” finalida Eronga qarshi o‘ynaydi

Bugun O‘zbekiston MTJ “CAFA Nations Cup” finalida Eronga qarshi o‘ynaydi

Ushbu qarama-qarshilik 19:30 da “Olimpiya” stadionida start oladi.
09:46 / 08.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!