Hindiston bosh vaziri Narendra Modi AQSh bilan ziddiyat tufayli Nyu-Yorkdagi BMT bosh assambleyasining navbatdagi sessiyasini o‘tkazib yuboradi.
Bu haqda Hindiston matbuoti rasman xabar bermoqda.
Hindiston tomonidan yig‘ilishda mamlakat tashqi ishlar vaziri ishtirok etadi.
Avgust oyi boshida Donald Tramp Hindiston Rossiya neftini qayta sotgani sababli mamlakat tovarlariga qo‘shimcha 25 foizli boj joriy qilgan edi. Shundan so‘ng, ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar ancha sovuqlashgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!