$
12621.29 UZS
-103.87
158.44 UZS
-0.21
14596.52 UZS
88.57
35° Kechasi 21°

Bolani dasturlashga o‘rgatuvchi 10 ta o‘yin

05:51 / 22.04.2015

XABARDOR.UZ - Zamonaviy texnika vositalari taraqqiy etayotgan bir paytda kompyuter o‘yinlarining ham ko‘plab turlari ishlab chiqilmoqda. Ko‘pincha kompyuterda o‘yin o‘ynab o‘tirgan bolani ko‘rganimizda bizda salbiy fikrlar uyg‘onadi. Chunki biz farzandimiz ularga behuda vaqt sarflayapti, deb o‘ylaymiz. Biroq shuni ham hisobga olishimiz kerakki, ya'ni shunday o‘yinlar ham borki, ular nafaqat o‘yin balki dasturlash uchun qo‘llanma shaklida yaratilgan. 

“O‘ylashimcha, kelajakda dasturchilargina dasturlash elementlari bilan bog‘liq bo‘lmaydilar”

- deydi Mark Tsukerberg.  

Farzandlarimiz kelajakda dasturlash asoslari bilan hayot kechirar ekanlar, ularni qiyinchiliklarga tayyorlash, ya'ni dasturlashni o‘rgatishimiz kerak.

Bolani dasturlashga o‘rgatish shu qadar muhimmi? U kelajakda futbolchi yoki balerina bo‘lishni istayotgan bo‘lsa-chi? Javob juda oddiy: mantiqiy fikrlash va o‘z ishlarini rejalashtirishga o‘rgatish uchun dasturlashni bilish muhim hisoblanadi. Ota-onalar zamonaviy farzandlari kichik yosh davridanoq planshet va kompyuterlarni yoqishni bilishini aytib maqtanadilar. Texnika vositalariga bo‘lgan qiziqishni algoritm tuzuvchi va kodlarni yozishni o‘rgatuvchi o‘yinlarni taklif etish orqali yonma-yon olib borish mumkin. 

Kodable

Nima deb o‘ylaysiz, necha yoshdan dasturlashni boshlash mumkin? Kodable tashkilotchilarining aytishicha, ushbu o‘yin ikki yoshli bolalarga ham taklif etilishi mumkin. Kodlarni o‘rgatishni harflarni o‘rganishdan avval boshlash mumkin. Hatto mittivoylar ham qiziq labirint bo‘ylab yugurishlari, ketma-ketlikka e'tibor bergan holda, bir vaqtning o‘zida dasturlarni tuzishni o‘rganishlari mumkin. Maslahatlar grafiklar yordamida taqdim etilgan, shuning uchun farzandingiz ma'lumotni o‘qishiga to‘g‘ri kelmaydi.

"Kodable"ni boshlang‘ich sinflarda informatikani o‘rganish uchun tavsiya etadilar: o‘qituvchi va ota-onalar o‘rganish jarayonini nazorat qilish, murakkablik darajasini belgilash va muvaffaqiyatlarni kuzatib borishlari mumkin. Eng kichik yoshdagi bolajonlar uchun juda yaxshi ilk qadamdir.

Code.org

“Dasturlash davri” deb nomlangan notijorat tashkilot, xalqaro harakat tomonidan tashkil etilgan Code.org saytida bolalar va kattalar uchun bir necha ma'rifiy kurslar to‘plangan. Ulardan foydalanishni boshlash yoshi – to‘rt yosh. Yagona o‘yin yordamida hamma narsani bir vaqtning o‘zida o‘rganish imkonsiz, ammo turli multfilm qahramonlari ishtirok etgan qadamma-qadam o‘rganish tizimi taqdim etilgan. Bosqichma-bosqich harakatlanib, qisqa dasturlarni yaratishni o‘rganish mumkin.

Lightbot

Smartfon va planshetlarda mavjud bo‘lgan ushbu o‘yinda kichik robot buyruqlarga bo‘ysunib, kerakli joyda lampochkani yoqishi kerak. Bunda bola oldida turadigan asosiy vazifa o‘yinchoqning yo‘lini oddiy buyruqlar yordamida rejalashtirishdan, ota-onalarning vazifasi esa bolakaylarga rasmlarda nima aks etganini tushuntirishdan iborat.

Lightbotni o‘ynaydigan bola kelajakda iste'dodli loyihalashtiruvchi bo‘lishi aniq emas, ammo o‘z harakatlarini rejalashtirish va sodda algoritmlarni tuzishni o‘rganadi. Bu ilova ham maktab yoshidagilar yoki 4-6 yasharlar uchun tavsiya etilishi mumkin. Loyiha tashkilotchilari to‘qqiz yoshdan katta bo‘lgan bolalar uchun ham murakkab shakldagisini taklif etishgan.

Aytgancha, ota-onalar ham yo‘nalishlarni tuzishda bajonidil ishtirok etishlari mumkin.

Robot bolalarga ajoyibligi bilan yoqadi, ota-onalarni esa o‘zining jiddiyligi bilan rom etadi.

PiktoMir

Rossiya fan akademiyasi buyurtmasiga asosan ishlab chiqilgan. “PiktoMir” maktabgacha yoshda bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, juda qiziqarli ishlangan. 

Robot maydonni bo‘yaydi, bola esa algoritmlarni tuzishni o‘rganadi. Barcha eslatmalar grafiklar yordamida bajarilgan, shuning uchun “Pikto Mir”ni o‘qishni bilmaydigan bolalarga ham besh yoshdan boshlab berish mumkin, olimlar hatto bolalarga ham tushunarli bo‘lishini ta'minlash maqsadida ancha harakat qilishgan. Agar ota-onalar ingliz tilini bilishmasa yoki dasturlash borasida bilimga ega bo‘lishmasa, ammo farzandlarida mantiqiy fikrlashni rivojlantirish istagida bo‘lishsa, "PiktoMir" ular uchun qutqaruvchi vazifasini bajaradi. Mobil ko‘rinishlari iOS, Android va Windows Phone uchun mavjud, ammo ikkita oxirgisini ishlab chiqaruvchilar sayti orqali yuklab olish zarur.

Robozzle

Mazkur o‘yining ma'nosi vazifalarni bajarish va ko‘rsatkichga qarab algoritm tuzish bo‘lib, u maktabning boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan. To‘g‘ri oddiy ko‘rsatkich yetti yoshli bolani uzoq vaqt davomida qiziqtirmaydi. Biroq o‘n yoshdagi va undan katta algoritmlashdan xabari bo‘lgan bolalarni qiziqtirishi aniq, chunki eng qiziq boshqotirmalar murakkab bo‘lgan bosqichlarda uchraydi.  Robozzl yangi masalalarni tuzish va izlab topish bo‘yicha cheksiz imkoniyatlar taqdim etadi, shuning uchun nafaqat dasturlash alifbosini o‘rganish, balki takrorlash va amaliyot uchun ham mos keladi.

Cargo-Bot

Maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar o‘zini qulay xis qiladigan, o‘zlashtirish uchun oddiy bo‘lgan yana bir o‘yin "Cargo-Bot"dir. Undagi matnlar kam bo‘lganligi uchun bolalar dastlabki vazifalarni bajarishi va eng kam yurishlar bilan qutilarni joydan joyga olishda bir necha harflarnigina farqlay bilishining o‘zi kifoya qiladi. Murakkab masalalar esa hatto kattalarni ham uzoq vaqtga o‘ylantirib qo‘yadi. Boshqa o‘rgatuvchi o‘yinlar orasida Cargo-Bot o‘zining yoqimli rasmlari bilan ajralib turadi. Aytgancha, Cargo-Bot butunlay "iPad"da dasturlashtirilgan.

CodeMonkey

G‘aroyib maymunni boshqarishni qadamma-qadam o‘rgatuvchi onlayn o‘yin juda sodda tuzilgan. Har bir yangi bosqich dasturlash imkoniyatlarini namoyish etadi, keyingi masalani bajarish uchun esa avvalgi darsga oid bilimlarni qo‘llashga to‘g‘ri keladi. Bananga yetib borish uchun bir necha daqiqa kerak, shuning uchun darslar bola zerikib qolmasligi va ulgurishini hisobga olgan holda, juda qulay ishlangan.

"CodeMonkey"ning yutug‘i shundaki, buyruqlar piktogrammalar yordamida beriladi, vazifalar ketma-ketligi esa deyarli haqiqiy kodlar qatori bilan yoziladi.

Scratch

"Scratch"ni mazkur ro‘yxatga qo‘shish nohaqlikdir, chunki bu o‘yni emas, bolalarni dasturlashga o‘rgatish uchun mo‘ljallangan maxsus muhitdir; kiritmaslikning ham iloji yo‘q, chunki u a'lo darajadagi o‘rgatish ko‘rsatmasidir. Massachusets texnologiya universitetiga tegishli "Scratch"dan keng omma foydalanishi mumkin.

Scratch imkoniyatlari unda masala va bosqichlari mavjud emasligiga qaramay katta taassurot qoldiradi, biroq uni qo‘llash uchun fantaziya va vositalar mavjud. Har bir dasturning maqsadi bolalarni mustaqil ravishda dasturlashga qaratilganini hisobga oladigan bo‘lsak, bu borada universal yechim ham yo‘q, biroq algoritmlashga o‘rgatuvchi o‘yinlarning ko‘pchiligida yetishmaydigan ijod uchun imkoniyat mavjud.  Scratch sakkiz yoshdan boshlab bolalarga taqdim etilishi mumkin.

SeeBot

Uzoq chang bosib yotgan klassikani ham unutish kerak emas. "SeeBot"ning o‘rgatuvchi o‘yinlari 2003 yilda ta'lim muassasalari uchun maxsus ishlanma sifatida paydo bo‘ldi. Dastlab yaratuvchilar yangi sayyorani mustamlakaga aylantirish haqida o‘yin yaratdilar, uning qiziq joyi shunda ediki, qahramonlarni boshqarish uchun o‘z dasturingizni yozishingiz talab etilardi.

CeeBot esa o‘xshash ko‘rsatmalarga ega bo‘lgan bir necha masalalardan iborat bo‘lgan o‘yin tariqasida o‘rgatuvchi kursdir. Yangi sayyorda mahalliy faunani qirib tashlayotgan dasturlashtirilgan robotlar tarixi kichik yoshdagi bolalarga to‘g‘ri kelmasligi mumkin, biroq informatikaga qiziqishni boshlagan va algoritm haqida tasavvurga ega bo‘lgan o‘smirlar uchun yaxshi qo‘llanmaga aylanadi. SeeBot zamonaviy o‘yinlarga qaraganda ancha ko‘rimsiz, ammo yana qaysi o‘yinda bola qahramonlarni maksimal darajada S++ga yaqinlashtirilgan shaxsiy dasturlar yordamida boshqarishi mumkin?

CodeCombat

CodeCombat jiddiy, chunki bu o‘yinda haqiqiy kodlar o‘rgatiladi va g‘olib haqiqiy dasturchiga aylanadi. Siz dasturlash tilini o‘zingiz tanlab, unda o‘z qahramoningiz uchun buyruqlar yozasiz (O‘yinda Python, JavaScript, Lua yoki CoffeScript ga o‘xshagan tajribadagilar taklif etiladi) va kristallarni qidirib sayohatga ravona bo‘lasiz.

O‘g‘il bolalar va qiz bolalar bu o‘yinni sakkiz yoshdan boshlab o‘ynashlari mumkin. O‘rganish va eslatmalar rus tilida. O‘yindan maktablarda ham foydalansa bo‘ladi.

O‘yinda har bir bosqichning boshlanishida bola dasturlash to‘g‘risida qiziq va ilhom beruvchi iqtiboslarni o‘qiydi, ular bolaga “bu kod o‘z-o‘zidan seni o‘rgatib qo‘yolmasligi”ni eslatadi. CodeCombat “otishmalar”ga qaraganda ko‘proq jalb etadi, dam olish va o‘rgatish uchun eng yaxshi o‘yinlardan biridir.

Ana ko‘rdingizmi, har bir narsani ijobiyga aylantirish o‘zimizga bog‘liq. O‘ylaymizki, yuqorida nomlari keltirilgan o‘yinlar yordamida farzandimiz nafaqat vaqtini qiziqarli, shu bilan birga unumli o‘tkazadi. Kelajakda dasturchi kasbida faoliyat yuritmasa ham, ish va vaqtini aql bilan rejalashtiruvchi insonga aylanadi. Bu borada esa kompyuter o‘yinlaridan qo‘llanma sifatida foydalanishimiz mumkin. Buning uchun biz ota-onalar dasturlashga mo‘ljallangan o‘yinlar uchun kun tartibidan biroz vaqt ajratib, farzandlarimizga o‘rgatsak, foydadan holi bo‘lmaydi. 


Bu ham qiziq

OPEK tarkibiga kiruvchi davlatlar neft qazib olishni ko‘paytirishga kelishib oldi

OPEK tarkibiga kiruvchi davlatlar neft qazib olishni ko‘paytirishga kelishib oldi

Kelishuvda sutkasiga 548 000 barrelgacha neft qazib olish ko‘zda tutildi
21:18 / 04.08.2025
O‘zbekistonga o‘qish maqsadida qaysi davlat fuqarolari ko‘proq kelyapti?

O‘zbekistonga o‘qish maqsadida qaysi davlat fuqarolari ko‘proq kelyapti?

Top-10 talikdan 3 ta qo‘shni davlat fuqarolari bor
19:48 / 04.08.2025
DXX Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni A.U.Ye. nomli jinoiy harakatdan ogohlikka chaqirdi

DXX Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni A.U.Ye. nomli jinoiy harakatdan ogohlikka chaqirdi

“A.U.Ye. yoshlar va mehnat muhojirlari hayotini vayron qiluvchi xavfli tuzilma. Nafaqat ota-onalar, balki mehnat muhojirlari…
10:00 / 05.08.2025
Iyul oyida “svet” va gazdan noqonuniy foydalanish ortidan tizimga 96 mlrd so‘m zarar yetkazilgan

Iyul oyida “svet” va gazdan noqonuniy foydalanish ortidan tizimga 96 mlrd so‘m zarar yetkazilgan

Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi org…
11:25 / 05.08.2025
Shavkat Mirziyoyevga Turkmanistonning oliy ordeni topshirildi

Shavkat Mirziyoyevga Turkmanistonning oliy ordeni topshirildi

Davlatimiz rahbari Oliy davlat mukofoti uchun Xalq Maslahat Kengashi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, Turkmaniston Prezident…
14:20 / 05.08.2025
Vladimir Zelenskiy: “Rossiya bilan 1200 nafar asirni almashtirish to‘g‘risida kelishuv mavjud”

Vladimir Zelenskiy: “Rossiya bilan 1200 nafar asirni almashtirish to‘g‘risida kelishuv mavjud”

Ukraina rahbari bu borada yanada ko‘proq asirlarni qaytarib olishiga harakat qilinayotganini qo‘shimcha qildi
22:54 / 04.08.2025
Avaza shahrida Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhammedov o‘zaro uchrashuv o‘tkazdi

Avaza shahrida Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhammedov o‘zaro uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari strategik sheriklikni kengaytirish muhimligini ta’kidladilar
19:01 / 05.08.2025
Namanganda tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosining oldi olindi

Namanganda tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosining oldi olindi

Hozirda mazkur ish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda
20:40 / 05.08.2025
Boks federatsiyasi Laziz Mullajonovning vaziyati bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

Boks federatsiyasi Laziz Mullajonovning vaziyati bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

Tashkilot OAV vakillarini tekshirilmagan va asossiz ma’lumotlarni tarqatmaslikka chaqirdi
18:16 / 05.08.2025
Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa va san’at oliy maktabi tashkil etiladi

Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa va san’at oliy maktabi tashkil etiladi

Oliy maktabda o‘quv jarayoni 2025/2026 o‘quv yilidan boshlanadi
19:00 / 04.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!