$
12520.78 UZS
83.63
153.70 UZS
0.36
14634.29 UZS
153.72
31° Kechasi 19°

O‘lik dengizi haqida qiziqarli ma’lumotlar: nima uchun “o‘lik” deb nomlangan?

21:26 / 19.09.2019

Bu dengiz o‘zining g‘ayrioddiy nomini suvdagi minerallarning ko‘pligi oqibatida dengizda baliq, o‘simliklar va biror bir tirik jonzot yo‘qligi tufayli olgan. Biologlar bu yerdan faqat bakteriyalarni, shuningdek, bir nechta oomitset va qo‘ziqorin turlarini topishga muvaffaq bo‘lishdi.

O‘lik dengizi Isroil va Iordaniya chegaralari o‘rtasida joylashgan. Bu dengiz haqida qadimgi tarixchilar va geograflar ham o‘z asarlarida qayd etib o‘tishgan. Masalan, Strabon o‘z asarlarida uni “Sirbonid ko‘li” deb ataydi.

Qizig‘i shundaki, ko‘pgina guvohlar suvda chuchuk suv baliqlarini ko‘rganliklarini ta’kidlamoqda. Hatto, isroillik jurnalist Noam Bedein baliqlarning bir nechta rasmlarini e’lon qildi.

O‘lik dengizining suvi tarkibidagi yuqori miqdordagi tuz odamlarga suzishda yengil harakat qilishga imkon beradi. O‘lik dengiz suvi bilan davolanish artroz, artrit va podagradan aziyat chekadiganlar uchun foydalidir. Maxsus bug‘lanish hovuzlarida qazib olinadigan minerallar kosmetik ishlab chiqarish uchun keng qo‘llaniladi. O‘lik dengizidagi minerallar noyob va ular  boshqa biron-bir suv havzasida uchramaydi.

O‘lik dengizida cho‘kib ketish xavfi bo‘lmasa-da, baxtsiz hodisalar uchrab turadi turadi. Bundan tashqari, uning suvini ichish juda xavflidir. Suv tarkibidagi ortiqcha tuz zaharlanishga olib keladi va buyraklar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

1867-yilda taniqli yozuvchi Mark Tven O‘lik dengiziga tashrif buyuradi. U o‘z taassurotlarini “Sodda odamlar xorijda” kitobida tasvirlab bergan. Ko‘rinishidan, bu joylar yozuvchining ishtiyoqini uyg‘otmagandek: “Unda jimgina sukut saqlanadi. Va siz beixtiyor dafn marosimi hamda o‘lim to‘g‘risida o‘ylay boshlaysiz”. 

Gogol o‘limidan bir necha yil oldin muqaddas joylarga ziyorat qiladi. Quddusga tashrif buyuradi. O‘lik dengizidagi quyosh botishining go‘zalligini tasvirlab berishning iloji yo‘qligini aytib o‘tgan. Chunki, dengizdagi suv bu vaqtda binafsha tusga kiradi.

O‘lik dengizning maydoni so‘nggi yillarda barqaror ravishda pasayib bormoqda. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, agar favqulodda choralar ko‘rilmasa, 50 yildan keyin bu dengiz shunchaki yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. O‘lik dengizidagi suvni to‘ldirishning asosiy manbai Iordan daryosidir. Ammo uning suvi sanoat va qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun faol ishlatiladi. Isroil va Iordaniya O‘lik dengizi qurib qolmasligi uchun Qizil dengizdan suv tortib kelishni taklif qilishmoqda.

1993-yilda Odessaning ikki fuqarosi noodatiy brendni ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bunda baliq dengizga chiqarilishi, shundan keyin u tuzlanib, pivo bilan iste’mol qilishga tayyor bo‘lishi kerak edi. Tabiiyki, loyiha muvaffaqiyatsiz tugadi. Baliqlar suvga tushganidan keyin ko‘p o‘tmay nobud bo‘la boshladi. Omadsiz tadbirkorlar esa jarima to‘lashga majbur bo‘lishdi.


Bu ham qiziq

Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalari mavjud vositalarni sotuvga qo‘ygan shaxs aniqlandi

Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalari mavjud vositalarni sotuvga qo‘ygan shaxs aniqlandi

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda
21:39 / 07.09.2025
Kompyuter dasturlashtirish xizmatlarining hajmi 28,5 foizga oshgan

Kompyuter dasturlashtirish xizmatlarining hajmi 28,5 foizga oshgan

Bu borada statistika qo‘mitasining axborotlari bilan tanishamiz
18:23 / 07.09.2025
“Avtoraqamlarga ism yozib sotish boshlandi” mazmunidagi xabarlar qanchalik haqiqatga yaqin?!

“Avtoraqamlarga ism yozib sotish boshlandi” mazmunidagi xabarlar qanchalik haqiqatga yaqin?!

Huquqshunos va bloger Xushnud Xudoyberdiyev rasmiy kanali orqali bu haqda ma’lumot berib o‘tdi
20:35 / 07.09.2025
Ertaga O‘zbekistonda havo bulutli bo‘ladi

Ertaga O‘zbekistonda havo bulutli bo‘ladi

“O‘zgidromet” 8-sentyabr kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
14:32 / 07.09.2025
O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?

“Ish haftasi davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda”, – deya xabar bermoqda “O‘zgidro…
12:19 / 08.09.2025
Angrenda bir nechta avtomobil ishtirokida yirik “avariya” sodir bo‘ldi

Angrenda bir nechta avtomobil ishtirokida yirik “avariya” sodir bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda hodisa neft ortilgan maxsus yuk mashinasi va sement ortilgan yuk mashinasi, shunin…
15:12 / 07.09.2025
Angrendagi dahshatli avtohalokat bo‘yicha Ochilboy Ramatov boshchiligida hukumat komissiyasi tuzildi

Angrendagi dahshatli avtohalokat bo‘yicha Ochilboy Ramatov boshchiligida hukumat komissiyasi tuzildi

Angrendagi dahshatli YTH yuzasidan IIV rasmiy axborot berdi
21:03 / 07.09.2025
Alkaras Sinnerni mag‘lub etib, US Open chempioni bo‘ldi

Alkaras Sinnerni mag‘lub etib, US Open chempioni bo‘ldi

Shuningdek, u italiyalik hamkasbidan ATP reytingidagi karvonboshilikni ham tortib oldi.
15:37 / 08.09.2025
Sud-ekspertlik faoliyati raqamlashtiriladi

Sud-ekspertlik faoliyati raqamlashtiriladi

“Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari …
17:52 / 08.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!