$
12933.16 UZS
-14.94
158.28 UZS
1.35
14719.23 UZS
23.14
27° Kechasi 16°

Islom Karimovni xotirlab (foto)

17:44 / 30.01.2020

O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov 1938-yilning 30-yanvarida Samarqand shahrida oddiy xizmatchi oilasida tug‘ilgan. U 1945-yilda Samarqanddagi Pushkin nomidagi 21-maktabga o‘qishga kirib, uni oltin medal bilan tamomladi. 1955-yilda Islom Abdug‘aniyevich O‘rta Osiyo politexnika institutiga o‘qishga kirdi. 1960-yilda uni tamomlab “muhandis-mexanik” mutaxassisligi bo‘yicha diplom olib, “Tashselmash” zavodida o‘z mehnat faoliyatini boshladi va qisqa davr ichida usta yordamchisi, usta va texnolog kabi lavozimlarda ishlashga ulgurdi. 

1989-yil 23-iyun kuni Islom Karimov O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy qo‘mitasi birinchi kotibi etib saylandi va o‘sha vaqtda fojeali voqealar ro‘y bergan pallada O‘zbekiston boshqaruvini o‘z zimmasiga oldi. Islom Karimov O‘zbekiston rahbari etib saylanganidan keyingi kunidayoq, ya’ni 1989-yil 24-iyunda hukumat yig‘ilishida qat’iyan: “Biz bundan buyon eskicha yasholmaymiz va bunday yashashga zamonning o‘zi yo‘l qo‘ymaydi”, degan fikrni ilgari surdi.
1990-yil mart oyida M.S. Gorbachev va uning atrofidagilarni hayron qoldirib, O‘zbekiston ittifoqdosh respublikalardan birinchi bo‘lib Respublika Prezidenti lavozimini joriy qildi. 1990-yil 24-mart kuni Oliy Sovetning sessiyasida I.A.Karimov O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti etib saylandi.

1990-yil 21-iyunda O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida I.A. Karimovning tashabbusi bilan “Mustaqillik to‘g‘risidagi deklaratsiya” qabul qilindi. 
1991-yil 31-avgustda 12-chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida I.A. Karimov O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi. O‘sha kunning o‘zida “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Qonunga imzo chekdi.
Kommunistik partiyaning obro‘si tushib ketgan lahzada o‘zlarini muxolif deb e’lon qilgan “Birlik” va “Erk” partiyasi kabi muqobil partiyalar va harakatlar paydo bo‘ldi.
Mamlakatdagi ichki siyosiy vaziyat murakkabligiga qaramay, Islom Karimov fikrlar xilma-xilligini va demokratik qadriyatlarga sadoqatni namoyon qilgan holda dadil qadam qo‘yishga – ko‘p partiyaviylik va muqobillik asosida saylov o‘tkazishga qaror qildi.

Saylov 1991-yil 29-dekabrda umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazildi. Mutlaq ko‘pchilik ovoz bilan ushbu yuksak lavozimga Islom Karimov saylandi. Unga saylovchilarning 86 foizi ovoz berdi.
O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2016-yil 2-sentabr kuni 78 yoshida vafot etdi. 
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 25-yanvar kuni “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.


Bu ham qiziq

O‘zbekistonda chet ellik talabalar soni 12,5 mingga yetdi

O‘zbekistonda chet ellik talabalar soni 12,5 mingga yetdi

So‘nggi 10 yil ichida O‘zbekistonda chet ellik talabalar soni qariyb 18 barobar ko‘paydi.
19:19 / 28.04.2025
“Sariosiyo” aeroporti qayta rekonstruksiya qilindi

“Sariosiyo” aeroporti qayta rekonstruksiya qilindi

Surxondaryo viloyatidagi “Sariosiyo” aeroporti rekonstruksiya qilindi. Bu haqda UzAirports xabar berdi.
18:26 / 29.04.2025
Hindiston va Pokiston chegarasida yana otishma sodir bo‘ldi

Hindiston va Pokiston chegarasida yana otishma sodir bo‘ldi

Hindiston harbiylari bunga “tezkor va samarali” javob qaytargani, jarohatlanganlar yo‘qligi aytilmoqda.
10:35 / 29.04.2025
Rim Papasining dafn marosimida O‘zbekiston rasmiylari ham ishtirok etdi

Rim Papasining dafn marosimida O‘zbekiston rasmiylari ham ishtirok etdi

Marosimda ko‘plab mamlakatlar rahbarlari, Qirollik oilalari a’zolari va muhim diniy arboblar ishtirok etishdi.
19:35 / 28.04.2025
“Kanadaliklar AQShga qo‘shilib, 51-shtatga aylanishi kerak” — Donald Tramp

“Kanadaliklar AQShga qo‘shilib, 51-shtatga aylanishi kerak” — Donald Tramp

AQSh prezidenti Kanadadagi parlament saylovlari kuni o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida “ikkala mamlakat o‘rtasidagi …
08:33 / 29.04.2025
Buxoroda 20 yoshli yana bir talaba o‘z joniga qasd qildi

Buxoroda 20 yoshli yana bir talaba o‘z joniga qasd qildi

Marhumning Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi shaxsiy akkauntida 2025-yil 27-28-aprel kunlari 3 marotaba o‘z joniga qasd qilish…
16:10 / 28.04.2025
Ko‘chmas mulk bozoridagi faollik ketma-ket ikkinchi oy pasaymoqda

Ko‘chmas mulk bozoridagi faollik ketma-ket ikkinchi oy pasaymoqda

2025-yil mart oyida O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlar hajmi 8,8 foizga kamayib, 20,4 mingni tashkil etdi. B…
21:14 / 29.04.2025
“Yil o‘qituvchisi” hamda “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovlari o‘tkaziladi

“Yil o‘qituvchisi” hamda “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovlari o‘tkaziladi

G‘oliblar 525 million so‘mga teng pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
16:50 / 29.04.2025
Germaniyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Germaniyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatla…
20:39 / 28.04.2025
Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temiryo‘li qurilish ishlari boshlandi

Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temiryo‘li qurilish ishlari boshlandi

“Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati Suzak tumanida 29-aprel kuni Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temiryo‘li loyihasi doirasi…
09:51 / 30.04.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!