Toshkent viloyati Bo‘ka tumani hokimligida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari 3-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqida Toshkent viloyati matbuot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov ishtirok etgan sessiya ishida tashkiliy masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Unga ko‘ra, Abbosov Nizomiddin Ravshanovich Bo‘ka tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
N.Abbosov 1977-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. 2000-yilda Toshkent moliya institutini, 2010-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida bank va boshqaruv tizimida bir qator vazifalarda ishlab kelgan.
Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Xalq banki boshqaruvi raisi o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!