$
12980.16 UZS
44.89
161.63 UZS
1.16
14606.57 UZS
239.37
38° Kechasi 22°

Mutaxassis tavsiya etadi: “Teridagi oq dog‘larni 100 foiz davolab bo‘ladi, agar...”

10:20 / 13.02.2020

Terisida oq dog‘lari bor insonni ko‘rgan ayrimlar seskanadi, darhol o‘zini chetga olishga intiladi. Undagi dog‘lar xuddi o‘ziga ham yuqib ketadigandek ko‘rinadi, vahimaga tushishadi. Ammo, aslida bu dog‘lar atrofdagilar uchun ham, insonning o‘zi uchun ham mutlaqo bezarar. Ular yuqmaydi, kasalni ham qiynamaydi, deydi professor, shifokor-dermatovenerolog Adham Vaisov. Mutaxassisning aytishicha, hozirda oq dog‘larni butunlay davolash mumkin ekan. Qanday qilib, deysizmi? Unda mutaxassis suhbati bilan quyida tanishing.

Xalq orasida pes deb ataladigan “vitiligo” qanday kasallik?

Pes kasalligi lotin tilida vitiligo deyilib, terida oq dog‘lar paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi. 1990-yilda soha shifokorlari tomonidan kasallikka nisbatan pes so‘zini ishlatish man qilingan edi. Ya’ni, kasalni bunday chaqirish salbiy bo‘yoqdor mazmunni bergani sabab, bu so‘zdan umuman voz kechilgan. Hozirda bunday kasallik turi pes deb emas, vitiligo deyiladi. 
Kasallik otadan bolaga ham, erdan xotinga ham o‘tmaydi – u umuman yuqumli emas! Shuningdek, vitiligo bemorni qiynamaydi ham. 

Dog‘lar ichki a’zolardagi kasalliklar sabab paydo bo‘ladi

Nima uchun terini oqish dog‘lar qoplaydi?
Oq dog‘ yuqmasa, qanday kelib chiqadi, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Oq dog‘lar insonning ichki a’zolarida qandaydir buzilish, muammo borligini bildiradi. Asosan, jigar, o‘t qopidagi kasalliklar, oshqozon, asab tizimidagi buzilishlar, endokrin va onkologik kasalliklar sabab terida oq dog‘lar paydo bo‘lishi mumkin.
 
Terining rangi pigmentlarga bog‘liq. Melanin deb ataluvchi pigment terining ustki qavatida joylashgan melanosit deb ataluvchi teri hujayralari tomonidan ishlab chiqariladi. Vitiligoda ularning faoliyati buziladi. Hujayralar rangni umuman ishlab chiqarmay qo‘yadi.
 
Xo‘sh, bu pigment insonga nega kerak? Quyoshli vaqtda pigment kengayib, ular quyosh nurlarini o‘tkazmaydi,  ya’ni tanani himoya qiladi. 

Oq dog‘lar insonni umuman bezovta qilmaydi

Insonni oq dog‘lar paydo bo‘lishi bilan birga yana qanday alomatlar bezovta qiladi?
Oq dog‘larning alomati yo‘q desa ham bo‘ladi. Kasallik sabab bemorni hech narsa bezovta qilmaydi, hech qayeri og‘rimaydi. Ammo terisida dog‘lar paydo  bo‘lganini ko‘rgan insonning asabi buzilish holatlari kuzatiladi, xolos. Atrofdagilar unga alohida e’tibor berayotgandek, qarayotgandek sezilaveradi. Bunday odam jamiyatdan chet qochib, o‘zini qiynayveradi. 

Oq dog‘lar ortiqcha shikoyatlarga olib kelmasada, uni paydo qilgan omillarning asoratlari kishini bezovta qilishi turgan gap!

Dog‘lar erta aniqlansa, uning ko‘payib ketishi oldini olish mumkinmi?

Inson oq dog‘ni payqab, ertaroq shikoforga murojaat qilsa, albatta, yutuq bo‘ladi. Uni davolash oson kechadi. Davolanish sifati va samarasi dog‘larni keltirib chiqargan sababni erta aniqlash bilan bog‘liq. Dog‘ erta aniqlansa, uning ko‘payib ketishining oldi olingan bo‘ladi. 

Kasallikdan batamom qutulish mumkin, qachonki
Kasalni davolash sirini tibbiyot otasi, buyuk hakim Abu Ali ibn Sino topgan. U dog‘larga anjir suvini surtib, keyin quyosh bilan davolagan. Hozirda tibbiyot rivojlanib kasallikni davolashning zamonaviy usullari paydo bo‘lgan. Bunda quyosh o‘rniga uning o‘rnini bosuvchi apparatlar (puva amaliyoti), anjir suvi o‘rniga esa turli dori preparatlari paydo bo‘lgan.
 
Kasallikni davolashning jarrohlik usullari ham mavjud. Bunda jarrohlik yo‘li orqali bemorning sog‘ terisi oq dog‘li joyiga ekiladi. Hozirda oq dog‘larni davolab bo‘ladi, biroq bu narsa ham hammada bir xil emas. Kasallikdan batamom qutulish uni paydo qilgan sababni erta aniqlash bilan bog‘liq.

Oq dog‘larni yashirish mumkinmi?
Dog‘lar rangini o‘zgartirish yoki yashirish kamuflyaj amaliyoti deyiladi. Buni hamma turlicha bajaradi. Kimlardir dog‘lar ustiga teri rangiga mos qalam, turli bo‘yoqlar surtadi, yana kimlardir yong‘oq suvini, margansovka surtadi. Bularning bari oq dog‘ rangini boshqa rangga o‘tkazadi, xolos. Ammo insonning normal teri rangini bosa olmaydi.
 

Ming afsuski, bemor terisi talablariga to‘liq javob beruvchi bo‘yoq yo‘q. To‘g‘ri, hozirda bu uchun mo‘ljallangan turli dori-darmonlar ko‘p, ammo ular ham hamma talablarga javob bermaydi: terlasa oqib ketadi.

Terini ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti qanchalik samara beradi?
Sog‘lom terini ekish yo‘li transplantatsiya usuli ancha rivojlanib ketdi. Ular 70-80 va hattoki, 100 foizgacha ijobiy natija berishi mumkin. Biroq jarrohlikdan oldin bemorda kasallikni paydo qilgan sababni aniqlab davolab olish zarur. Ana undan keyingina jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi.

Bizda ham bu amaliyot turi rivojlanib ulgurdi, 2009-yildan boshlab biz ham teri ekish yo‘liga o‘tganmiz. Agar kasallikni chaqirgan omil davolanib, keyin teri ko‘chirib o‘tkazilsa, 90-100 foizgacha ijobiy natijani olish mumkin. Bu yil 94 ta bemorga mana shunday operatsiyani muvaffaqiyatli amalga oshirdik. Ulardan hech biridan yomon natija olinmadi, hammasi yaxshi bo‘lib ketdi.

Profilaktika
Oq dog‘ sog‘lom odamda bo‘lmaydi. Inson yoshlikdan o‘z salomatligiga e’tibor berishi kerak, jismoniy faollik bilan shug‘ullanishi, to‘g‘ri ovqatlanishi, shamollash kasalliklaridan yiroq bo‘lishi va mabodo kasal bo‘lib qolsa, mutaxassisga borishi kerak. Dog‘larni davolash uchun bilib-bilmay tabiblarga borish kerak emas! Har qanday kasallik xato qilmasdan, to‘g‘ri davolanilsagina foyda beradi.

Nargiza Utepova, Ahror Hayrullayev tayyorladi
Tasvirchi: Akmal Qudratov


Bu ham qiziq

Mubashshir Ahmadning O‘zbekistonga deportatsiyasi rasman tasdiqlandi

Mubashshir Ahmadning O‘zbekistonga deportatsiyasi rasman tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi IIV tomonidan xalqaro qidiruvga e’lon qilingan 1974-yilda tug‘ilgan, fuqaro Tursunov Alisher Ahmado…
14:30 / 13.05.2025
Endi o‘zbekistonliklar Xitoyga vizasiz kirishi mumkin

Endi o‘zbekistonliklar Xitoyga vizasiz kirishi mumkin

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida o‘zaro vizadan ozod qilish to‘g‘risidagi hukumatlararo Bitim kuchga kirishi uchun davlat ichk…
19:36 / 13.05.2025
Deport qilinganlarga 2 yil mobaynida xorijga chiqish pasporti berilmaydi

Deport qilinganlarga 2 yil mobaynida xorijga chiqish pasporti berilmaydi

Agar biror o‘zbekistonlik fuqaro chet elda noqonuniy qolgan, vizasi tugagan, deportatsiya qilingan shaxs O‘zbekiston tomonid…
11:18 / 14.05.2025
AQSh Qatar bilan 1,2 trillion dollardan ortiq qiymatdagi kelishuvga erishdi

AQSh Qatar bilan 1,2 trillion dollardan ortiq qiymatdagi kelishuvga erishdi

“Gap hamkorlik bitimlari haqida bormoqda.  Mazkur bitimlar “Amerikani yangi oltin davr” sari olib boradi”, – deyiladi Oq uy …
08:24 / 15.05.2025
Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida 100 ta sut yig‘ish punktini tashkil etiladi

Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida 100 ta sut yig‘ish punktini tashkil etiladi

“Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi ishtirokidagi “O‘zbekistonning sutchilik sohasida qo‘shilgan qiymat …
17:15 / 14.05.2025
Trampning oilaviy biznesi bir oy ichida 2 mlrd dollar daromad qildi

Trampning oilaviy biznesi bir oy ichida 2 mlrd dollar daromad qildi

Тhe New York Times yozishicha, Donald Tramp prezidentlik lavozimiga qaytgach, uning oilaviy biznesi foyda ko‘ra boshladi.
11:02 / 15.05.2025
Futbolda tezlik bo‘yicha dunyo rekordi yangilandi

Futbolda tezlik bo‘yicha dunyo rekordi yangilandi

“Santa-Klara” o‘yinchisi futbol olamida jahon rekordini yangiladi.
10:17 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakilini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakilini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-may kuni Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakil…
19:41 / 13.05.2025
Samarqandda tabiatga 137 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi

Samarqandda tabiatga 137 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi tomonidan Samarq…
15:43 / 14.05.2025
O‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar Osiyo chempionatida uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar Osiyo chempionatida uchta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi uchta medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya…
17:56 / 14.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!