$
12705.79 UZS
59.23
159.20 UZS
-1.68
14704.41 UZS
243.07
37° Kechasi 22°

Qanday qilib muhim ixtirolar hayotimizni o‘zgartirib yubordi

22:35 / 27.11.2014

Zamonaviy dunyo tayanadigan 5 innovatsion ixtiro

Stiven Jonsonning «Qanday qilib bunga erishdik: zamonaviy dunyo tayanadigan 6 ixtiro" ("How We Got To Now: Six Innovations That Made The Modern World") deb nomlangan kitobida hozirgi zamonda biz o‘z hayotimizni ularsiz tasavvur qila olmaydigan innovatsion ixtirolar – muzlatgich, ko‘zoynak, pleyerlar, linzalar, Wi-Fi ning ko‘p asrlik tarixi haqida so‘zlanadi. Muallifning ta'kidlashicha, bu kitobda "innovatsiyalar ilmiy fantastikaga emas, balki bizning atrofimizni chiroqlar, ovoz yozuvlari, konditsionerlar, toza suv, qo‘l soatlari va shu kabi buyumlar o‘rab turgan kundalik hayotga mansubdir". Kitobdan qanday qilib ko‘zgu Renessansning o‘tmishdoshi bo‘lgani, mayatnikli soatlar sanoat inqilobini tezlashtirib yuborgani va yoritish vositalari o‘zga sayyoraliklarga bizning sayyoramizni bilishlariga yordam berishi mumkinligi haqidagi ma'lumotlarni bilib olish mumkin.          

Ko‘zgu

Shishalar tufayli paydo bo‘lgan ko‘zgular nafaqat Renessans davrining kelishini tezlashtirib yubordi, balki uning yaralishiga sababchi bo‘ldi. Hozirda biz insonlarning o‘zlarini selfi usulida o‘zlarini suratga olishga moyilliklari ustidan kulamiz, aslida esa selfi bu o‘zini namoyon qilishning qadimgi shakli hisoblanadi. Uyg‘onish davri va ilk modernizm san'atining ba'zi hurmatga sazovor asarlari – Dyurer, Leonardo, Rembrandt, Van Gog va boshqalarning avtoportretlari o‘z vaqtida amalga oshirilgan selfining o‘zginasidir. Ko‘zguning paydo bo‘lishi natijasida avtoportretlar chizishga bo‘lgan qiziqish oshdi. Oynasozlar shaffof shishaning kristallik strukturasini amalgama (simobning boshqa metallar bilan suyuq yoki quyuq holatdagi birikmasi)  bilan birlashtirish usulini topdilar. Shu tariqa ko‘zgular paydo bo‘ldi.            

Sun'iy muz 

Insonlar turli issiqlik texnologiyalari bilan bir necha ming yillar mobaynida tajribalar o‘tkazishgan. Biroq harorat spektrining sovuq tomoniga erishish hamisha qiyin masala bo‘lib qolardi. Sun'iy muz uzoq vaqtlar faqatgina fantastik xayol bo‘lgan. Ixtirochilar nafaqat bizga televizor oldida yangidek turgan ozuqa bilan ovqatlanishimizga sharoit yaratib berishga diqqatlarini qaratganlar. Ular dunyoga yangi insonlarni taqdim etdilar, chunki aynan bu sohadagi yangi texnologiyalar evaziga inson urug‘lari va tuxumdonlarini muzlatib, keyinchalik kerak bo‘lganda yana jonlantirishning imkoni paydo bo‘ldi. Millionlab kishilar o‘zlarining dunyoga kelishlariga sababchi bo‘lgan sun'iy muz texnologiyalariga  minnatdorchilik bildirishlari lozim.  

Tovush

Bell tomonidan yaratilgan telefon texnika tarixida yangi bosqichga ko‘tarilishga imkon berdi. Texnologiyalarning rivojlanishi o‘zining ichki mantig‘iga ega, biroq texnika rivojlanishining ma'naviy tomoni har doim sizning ixtiyoringizga qoladi. Biz hozirda ultratovushdan kishilar hayotini saqlab qolish bilan birga, xuddi shuningdek, ularning hayotiga chek qo‘yishda ham foydalanashimiz mumkin. Tovush fizikasini 200 yil avval o‘rganish bilan mashg‘ul bo‘lgan kishining uning bu tadqiqotlari suvosti kemalarini kuzatish yoki dunyoga keladigan bolaning jinsini aniqlashda ishlatilishi haqida oldindan ayta bera olishi mumkin bo‘lganini tasavvur qilish qiyin. Tovush tarixi ashulalar, kulgu va shunchaki bir suhbatlashish bilan boshlangan, lekin tovush izchillik bilan urush, tinchlik, hayot va o‘lim asbobiga aylanib bordi.       

Tozalik

Insoniyatning minglab kilometr temiryo‘l izlari yoki internet kabellarini emas, balki kanalizatsiya quvurlarini o‘tkazgani 20-asrning eng muhim yutug‘laridan biri bo‘ldi. Bu ixtiro tufayli krandan hayotimiz uchun qo‘rqmasdan suv ichish imkoniga ega bo‘ldik. 150 yil oldin krandan suv ichish o‘lim bilan o‘ynashishga teng edi. Suv bilan ta'minlash manbalarining ifloslanishi natijasida yuzaga keladigan ko‘plab kasalliklar tufayli qancha odamlar hayotdan ko‘z yumgan. Insoniyatning bakteriyalar bilan kurashishi ko‘plab yangiliklarning ixtiro qilinshiga turtki bo‘ldi.  

Vaqt

Qaysi ixtiro sanoat inqilobining katalizatori bo‘lgani haqida o‘ylaganda, shubhasiz, bug‘ dvigatellari va stanoklarning qiyofasi ko‘z oldimizga keladi. Biroq o‘sha kezlarda bu mashinalarning tovushi bilan birga yana bir muhim tovush – mayatnikli soatlarning chiqillashi ham har yerdan eshitilardi. Ularsiz sanoat inqilobi yuzaga kelarmidi? Albatta, yo‘q. 18-asr o‘rtalarida Angliyada vujudga kelgan sanoat rivojlanishi soatsiz juda sekin amalga oshgan bo‘lardi. Aniq soatlar o‘zlarining dengiz suvlarida uzunlikni aniqlash xususiyatiga egaligi tufayli sanoatchilarga chetdan xomashyo yetkazilishi va ular ishlab chiqargan mahsulotlarning xorijiy bozorlarga chiqishini dengiz yo‘llari orqali amalga oshirishda xavf-xatarlar miqdorini kamaytirdi. Bundan tashqari, soatlar ishlab chiqaruvchilarga ish kunini belgilashda ham yordam berdi.  


Bu ham qiziq

Mirziyoyev YTTB prezidenti Odil Reno-Basso boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Mirziyoyev YTTB prezidenti Odil Reno-Basso boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-iyun kuni Xorijiy investorlar kengashining uchinchi majlisi arafas…
12:59 / 11.06.2025
Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

Raketa otishmalari kutilishi munosabati bilan O‘zbekiston elchixonasi sizlardan yana bir bor tezkor ehtiyot choralarini ko‘r…
09:45 / 13.06.2025
15-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

15-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 15-iyun kuni ob-havo qanday bo‘lishi haqida ma’lumot berdi.
17:47 / 14.06.2025
Fransiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi

Fransiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi

Bu haqda mamlakat prezidenti Emmanuyel Makron seshanba kuni France 2 telekanali efirida e’lon qildi. Uning aytishicha, agar …
14:15 / 11.06.2025
Mirziyoyev aviahalokat munosabati bilan Hindiston Prezidenti va Bosh vaziriga ta’ziya maktubi yo‘lladi

Mirziyoyev aviahalokat munosabati bilan Hindiston Prezidenti va Bosh vaziriga ta’ziya maktubi yo‘lladi

O‘zbekiston rahbari qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga, butun Hindiston xalqiga chuqur hamdardlik izhor etdi…
16:57 / 12.06.2025
“Sionistik tuzum og‘ir jazo kutishini bilsin” – Xomanaiy

“Sionistik tuzum og‘ir jazo kutishini bilsin” – Xomanaiy

Eron oliy rahnomasi Oyatulloh Ali Xomanaiy X tarmog‘ida yahudiylarga murojaat qildi.
11:16 / 13.06.2025
Jizzaxda MChJ 1,2 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalandi

Jizzaxda MChJ 1,2 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalandi

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
11:19 / 12.06.2025
Yangiyo‘lda “Kamaz” 9 yoshli bolani urib yubordi

Yangiyo‘lda “Kamaz” 9 yoshli bolani urib yubordi

Ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida velosipedchi bola turli ko‘rinishdagi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.
14:53 / 11.06.2025
O‘zbekiston eng ko‘p qaysi davlatlardan avtomobil import qilmoqda?

O‘zbekiston eng ko‘p qaysi davlatlardan avtomobil import qilmoqda?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2025-yilning yanvar-aprel oylarida xorijdan qiymati 213,7 ml…
12:09 / 11.06.2025
Qashqadaryoda hokim o‘rinbosari pora bilan ushlandi

Qashqadaryoda hokim o‘rinbosari pora bilan ushlandi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
14:34 / 13.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!