Butunjahon saraton kasalliklariga qarshi kurashish kuni Xalqaro saratonga qarshi kurashish kengashi tomonidan 2005 yilda joriy qilingan. Har yilgi tadbir saraton haqida ma'lumotlarni kengaytirish, unga qarshi kurashishdagi chora tadbirlarni kuchaytirish, shuningdek, kasallik kelib chiqishi va uning davolash haqidagi savollarga oydinlik kiritish maqsadida o‘tkaziladi.
Saraton insonlarning vafotiga sabab bo‘layotgan asosiy kasalliklardan biri hisobalanadi. U tufayli vafot etganlar soni OITS, bezgak hamda sil kasalligidan vafot etganlar sonidan ko‘pchilikni tashkil qiladi. Xalqaro agentlikning bergan ma'lumotiga ko‘ra, saraton bilan kasallanganlar soni oshib bormoqda. 2010 yilda saraton tufayli vafot etganlar soni 7,5 mln kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2012 yilda ularning soni 8,5 mln.ga yetgan.
Quyida saraton kasalligi bilan og‘rigan va boshqalarga ham uni yengishda yordamlashayotgan mashhur insonlar bilan tanishishingiz mumkin.
Mashhur qo‘shiqchi Kayli Minoug 2005 yilda ko‘krak bezi saratoni bilan og‘rigan va shundan buyon qo‘shiqchi ko‘krak bezi saratoni kasalligiga qarshi kampaniyalarda ishtiroq etib keladi.
Velopoygachi Lens Armstrong tuxumdon saratonini yengib o‘tgach, saratonga qarshi kurashish uchun "Lens Armstrong fondi"ni tashkil etgan.
Qo‘shiqchi Anasteysha ko‘krak bezi saratonini ikki bor 2003 va 2013 yillarda yengib o‘tgan. Hozirda u ko‘krak bezi saratoniga chalingan ayollarga ko‘maklashuvchi "Anastacia Fund "
Kristina Epplgeyt 2008 yilda ko‘krak bezi saratoniga chalingan. Tuzalgach, Right Action for Women xayriya tashkilotiga asos soldi.
Aktrisa Anjyelina Joli 2013 yilda ko‘krak bezi saratonining oldini olish maqsadida sut bezini olib tashlash bo‘yicha jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi.
Sheron Ozborn o‘z kasalligi haqida 2002 yilda xabar topdi va bir yil davomida davolandi. Shunday so‘ng, saraton bilan og‘rigan bemor va ularning oilasiga ko‘maklashish dasturini chiqardi.
AQShning sobiq davlat kotibi Kolin Pauell 2003 yilda saratondan davolangan va bu kasallikka uchraganlarga yordamlashish bilan shug‘ullanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!