$
12653.48 UZS
-109.05
159.75 UZS
-2.91
14871.64 UZS
-106.47
38° Kechasi 25°

Amir Temurning yagona mag‘lubiyati – “Loy jangi” haqida

12:14 / 15.01.2020

Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasining rangtasvir fondida 5500 ga yaqin tasviriy san’at asarlari mavjud bo‘lib, ular tasviriy san’atning turli yo‘nalishlari va janrlariga mansubdir. Ushbu janrlar orasida eng murakkab va ko‘p izlanish talab qiladigani bu tarixiy janr hisoblanadi.
Mustaqilligimiz sharofati bilan respublikamizning birinchi prezidenti I. Karimov rassomlarga erkin ijod qilishlari, hamda sobiq sovet tuzumi davrida buzib ko‘rsatilgan tarixni haqqoniy tarzda namoyish qilishlariga shart-sharoitlar yaratib berdi. Bu orqali kelajak avlodni haqiqiy tarix bilan tanishtirish imkoniyati tug‘ildi.

Tarixiy janr o‘z mavzusi bilan tarixiy voqelik to‘g‘risida ma’lumot beruvchi janr hisoblanadi. Ushbu janrda o‘zbekistonlik yirik rassomlardan M. Nabiyev, Ch. Axmarov, A. Ikromjonov, B. Jalolov, A. Aliqulovlar, xususan, samarqandlik rassomlardan esa E. Muhammadiyev, O. Muinov, N. Sultonov kabi rassomlar  ijod qilishgan. Shular jumlasidan rassom B. Yo‘ldoshev ham ushbu janrda ijod qilib kelmoqda.

B. Yo‘ldoshev 1960-yilning 24-oktabrida Samarqand viloyatining Payariq tumanidagi Olloyorquduq qilshog‘ida tug‘ilgan. 1980-yilda P.P. Benkov nomli respublika rassomchilik bilim yurtini tugatgan. A.V Li hamda I.B. Skorikov kabi rassomlar qo‘lida tahsil olgan. Viloyat, respublika va xalqaro ko‘rgazmalar ishtirokchisi. Asarlari 20 dan ortiq chet davlatlar muzeylari, galereyalari va shaxsiy kolleksiyalarda saqlanadi.

Jumladan, Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasida, Toshkentdagi O‘zbekiston davlat muzeyida, Urganch kartinalar galereyasida, Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeylari kolleksiyalarida rassomning turli mavzu va janrlarga oid asarlari saqlanmoqda.
Xususan, rassomning 20 dan ortiq asarlari Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi fondida saqlanayotgan bo‘lib, ular orasida rassom mo‘yqalamiga mansub, tarixiy janrda yozilgan “Loy jangi” asarini yaratishda rassom ko‘plab manbalarga murojaat qilgan va tarixchi mutaxassislar maslahatidan foydalangan.
“Loy jangi” Temurbek va Amir Husaynlarning birlashgan qo‘shini va Mo‘g‘uliston xoni Ilyosxo‘jaxonning qo‘shinlari o‘rtasidagi jang bo‘lib, bu jang 1365-yilning 22-may kuni Toshkent va Chinoz oralig‘ida Chirchiq daryosi yaqinida bo‘lib o‘tgan. Bu jang boshlanganda osmonni bulut qoplab juda qattiq jala yog‘a boshlaydi va jang maydoni balchiqqa aylanib otlar yurolmay qoladi. 

Sharafiddin Ali Yazdiyning ma’lumot berishicha “Bisyor kishi balchiqda qoldi va zabun bo‘lg‘on dushmanlar kuchlanib, murodlari bilan qilich urib, o‘n ming kishi anda talaf bo‘ldi va bu voqea Ramazonning avvalida, torix yetti yuz oltmish oltida, yilon yilda voqi’ bo‘ldi (1365-yil 22-may)” (Sh.A. Yazdiy “Zafarnoma” Toshkent 1997 yil. 39 bet.)  
Tarixchi Nizomiddin Shomiy esa bu voqeani quyidagicha tasvirlaydi “... kamonu o‘qlar shu darajada ivib ketdiki, ulardan dushmanga qarata o‘q otish mumkin bo‘lmay qoldi. To‘nlar, hatto etiklar suvga g‘arq bo‘ldi... loy va balchiq shu darajaga yetdiki, otlar yurolmay qoldi” (N. Shomiy “Zafarnoma” Toshkent 1996 yil. 45 bet).
Har ikkala tarixchi ham bu jangda Ilyosxo‘jaxon mo‘g‘ul shomonlaridan foydalanib, “Yada” toshi bilan yomg‘ir chaqirish marosimini o‘tkazganligi va o‘zlari bunga tayyorlanib boshlariga “kapanak” deb ataladigan kiygiz yopinchiqlar yopinib, ustlariga ham namat jomalar kiyishib yomg‘irdan panalab turishganligi to‘g‘risida ma’lumot beradi

Har qanday mushkul holatda ham mardona jang qilib o‘rgangan Temurbek o‘z safdoshlari bilan yonma-yon turib qilich yalong‘ochlab jangga kiradi. Qilich, nayza cho‘qmor kabi qurollar bilan jang qilib Ilyosxo‘jaxon boshqarayotgan dushman g‘ulini chekinishga majbur qiladi. Ammo Temurbek va Amir Husayn birlashgan qo‘shinining o‘ng qanotini boshqarayotgan Amir Husayn va uning odamlari “Yada toshi bilan chaqirilgan do‘l aralash yomg‘ir falokat keltiradi” degan vahimali gaplarga ishonib chekinadi va shu sababli o‘ng qanot ochiq qoladi. Temurbekning Amir Husaynni qayta-qayta jang maydoniga qaytishi uchun qilgan harakatlari zoe ketadi va bu jangda yolg‘izlanib qolgan Amir Temur juda katta talofat ko‘rib mag‘lubiyatga uchraydi, hamda ortga chekinib Kesh shahriga keladi. Bu mag‘lubiyat Amir Temur olib borgan janglar orasidagi yagona mag‘lubiyat hisoblanadi.

Rassom yuqoridagi voqealarni o‘z asarida quyidagicha tasvirlaydi. Asarning asosiy syujetida Amir Husayn jangchilarining Ilyosxo‘jaxon qo‘shinlari bilan jang qilayotgan holati va Amir Husaynning xos navkarlari qurshovida jang maydonini tashlab ketayotgan holati tasvirlangan. Asarni chap tomonining yuqori qimida Amir Temurning jangni boshqarayotgan holati va kuchli jala ostida Temurbek qo‘shinlarining Ilyosxo‘jaxon harbiy chodiriga yaqinlashib kelayotgan holatlari va chodir yaqinida esa mo‘g‘ul shomonlarining Yada toshi yordamida yomg‘ir chaqirish marosimlarini o‘tkazayotganligi, hamda mo‘g‘ul jangchilarining yomg‘irdan pana bo‘lish maqsadida kapanak yopib turgan holatlari tasvirlangan.
Ushbu kartina o‘zining ma’no va mantig‘i bilan keng tomoshabinlar ommasiga “Loy jangi” tarixiy voqeligini namoyon eta oladigan darajada ajoyib tarzda yaratilgan. Hozirgi kunda rassomning yangi ijod namunalaridan biri bu o‘rta asr Samarqandining yopiq bozorlari mavzusidagi ishlar bo‘lib, rassom bu borada bir nechta eskiz va etyudlar yaratmoqda.

Buriyev T.X, Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi ilmiy xodimi          
Rustamov Sh.S, Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi tarix bo‘limi mudiri


Bu ham qiziq

Qabul-2025. So‘nggi 10-kun natijalari e’lon qilindi

Qabul-2025. So‘nggi 10-kun natijalari e’lon qilindi

Abituriyentlar natijalarni bir necha usulda bilishlari mumkin
20:38 / 24.07.2025
Prezident xavfsizlik kengashida o‘zgarishlar ro‘y berdi

Prezident xavfsizlik kengashida o‘zgarishlar ro‘y berdi

Tal’at Valiyev va Bahodir Mahmudovlar lavozimidan ozod etildi
22:01 / 25.07.2025
Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi

Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi

Mazkur jarayon 15 kun davom etadi
19:51 / 25.07.2025
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Xalqaro jurnalistlar uyi a’zoligiga qabul qilindi

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Xalqaro jurnalistlar uyi a’zoligiga qabul qilindi

Tadbirda 60 dan ziyod mamlakat vakillari ishtirok etdi
23:04 / 25.07.2025
Minimal o‘tish bali o‘zgarmadi

Minimal o‘tish bali o‘zgarmadi

Yangi o‘quv yili uchun minimal o‘tish ballari tasdiqlandi
22:25 / 25.07.2025
Makron: “Fransiya Falastinni tan oladi”

Makron: “Fransiya Falastinni tan oladi”

BBCning yozishicha, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron sentyabr oyida Falastin davlatini rasman tan olishini ma’lum qilgan.
10:58 / 25.07.2025
O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 6 mln so‘mga yaqinlashdi

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 6 mln so‘mga yaqinlashdi

Eng kam o‘rtacha ish haqi Namangan (4,3 mln so‘m), Surxondaryo (4,3 mln so‘m), Qashqadaryo (4,1 mln so‘m) viloyatlarida kuza…
12:30 / 25.07.2025
Shayxontohurda yana 3 kunga yo‘l yopildi

Shayxontohurda yana 3 kunga yo‘l yopildi

Toshkent shahridagi Kichik halqa avtomobil yo‘lining Beshqayrag‘och va Beruniy ko‘chalari kesishmalari o‘rtasidagi bir tomon…
14:09 / 25.07.2025
Rossiyada yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi

Rossiyada yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi

Hodisa oqibatida barcha yo‘lovchilar halok bo‘lganligi ma’lum qilindi
19:55 / 24.07.2025
Toshkentdagi ko‘chalardan biri ta’mirlash uchun yopiladi

Toshkentdagi ko‘chalardan biri ta’mirlash uchun yopiladi

Noqulayliklar uchun uzr so‘ralgan
21:08 / 24.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!