$
12705.79 UZS
59.23
159.20 UZS
-1.68
14704.41 UZS
243.07
36° Kechasi 21°

Butunrossiya davlat kinematografiya instituti rektoriga minnatdorlik yorlig‘i topshirildi  

15:01 / 13.11.2019

Joriy yilning 11-noyabr kuni Moskvada O‘zbekiston hukumati nomidan Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (BDKI) rektori Vladimir Malishevni 70 yoshga to‘lishi munosabati bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqida “O‘zbekkino” agentligi Matbuot xizmati xodimi Barno Ungboyeva xabar berdi.

V. Malishevga mukofotni "O‘zbekkino" milliy agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov va O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Botirjon Asadov topshirdi.

Taqdirlash marosimida O‘zbekiston BDKI rektorining xalqaro kino san’ati rivojidagi xizmatlarini, O‘zbekiston va Rossiya kinoijodkorlari o‘rtasida do‘stona munosabatlarni shakllantirishdagi sa’y-harakatlarini yuksak qadrlashi ta’kidlandi.

"Vladimir Sergeyevich rahbarligida, BDKI nafaqat o‘zining eng yaxshi an’analarini saqlab qoldi, balki kino sanoatidagi so‘nggi tendensiyalarga asosan jadal rivojlandi, dedi taqdirlash marosimida "O‘zbekkino"ning bosh direktori F. Abduxalikov. – Shuni ta’kidlash kerakki, uzoq yillar davomida birinchi marta O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabalari BDKI tashabbusi bilan o‘tkailgan 37-xalqaro talabalar festivalida ishtirok etdi, ulardan biri Shokir Xoliqov maxsus diplom bilan taqdirlandi. Yaqin orada o‘zbekistonlik 15 talaba ushbu nufuzli ta’lim dargohining kinematografiya kurslarida o‘qishni boshlaydi”.

O‘z navbati Vladimir Malishev ko‘rsatilgan yuksak e’tibor uchun minnatdorchilik izhor etdi.

"Yangi O‘zbekistonda kino sohasini rivojlantirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, jahon darajasida yuqori sifatli kino mahsulotlarini yaratish va malakali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha islohotlar olib borilmoqda. Biz kino sohasida ikki tomonlama hamkorlikni o‘rnatishda, turli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zbekistonlik mutaxassislarni tayyorlashda, qator kino loyihaarni amalga oshirishda hamkorlik qilishga har doim tayyormiz” – dedi BDKI rektori.

Ayni paytga qadar ushbu yirik san’at dargohida Malik Qayumov, Rustam Hamdamov, Ali Hamroyev, Shuxrat Abbosov, Elyor Ishmuxamedov, Shavkat Abdusalomov, Odelsha Agishev, Rustam Sa’dullayev, Yusuf Roziqov, Janik Fayziyev singari o‘zbek kinosining taniqli vakillari tahsil olishgan.

Xabardor.uz


Bu ham qiziq

Jizzaxda MChJ 1,2 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalandi

Jizzaxda MChJ 1,2 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalandi

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
11:19 / 12.06.2025
AQShda Trampga qarshi katta namoyishlarga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

AQShda Trampga qarshi katta namoyishlarga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

“Demokratik partiyaga yaqin bo‘lgan 100 dan ortiq tashkilotlar 14-iyun kuni, ya’ni Trampning tug‘ilgan kunida, butun AQSh bo…
17:22 / 11.06.2025
14-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

14-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 14-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulut…
17:46 / 13.06.2025
“Sionistik tuzum og‘ir jazo kutishini bilsin” – Xomanaiy

“Sionistik tuzum og‘ir jazo kutishini bilsin” – Xomanaiy

Eron oliy rahnomasi Oyatulloh Ali Xomanaiy X tarmog‘ida yahudiylarga murojaat qildi.
11:16 / 13.06.2025
Isroil Eronga hujum qilishga yaqin

Isroil Eronga hujum qilishga yaqin

Reuters’ning yozishicha, Qo‘shma Shtatlarning Iroq poytaxti Bag‘dod shahrida joylashgan elchixonasi diplomatlarni shoshilinc…
10:00 / 12.06.2025
11-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

11-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

11-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddat…
15:26 / 10.06.2025
Turkiyada odam savdosi jinoyatini sodir etgan o‘zbekistonlik ushlandi

Turkiyada odam savdosi jinoyatini sodir etgan o‘zbekistonlik ushlandi

Hozirda O‘zbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan bu kabi jinoyatlarni fosh qilish bo‘yicha faol …
09:12 / 11.06.2025
Dam olish kunlari havo harorati ko‘tariladi

Dam olish kunlari havo harorati ko‘tariladi

So‘nggi kunlarda O‘zbekiston hududi yoz uchun juda qulay harorat fonida nam havo massalari ta’siri ostida bo‘ldi.
12:49 / 13.06.2025
Shavkat Mirziyoyev va Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radev qo‘shma deklaratsiya imzoladi

Shavkat Mirziyoyev va Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radev qo‘shma deklaratsiya imzoladi

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Bolgariya Res…
14:07 / 10.06.2025
Suv xo‘jaligi sohasidagi huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi videomateriallarni yuborgan shaxslar rag‘batlantiriladi

Suv xo‘jaligi sohasidagi huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi videomateriallarni yuborgan shaxslar rag‘batlantiriladi

Nizom Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 74-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarga nisbat…
13:13 / 11.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!