$
12658.19 UZS
-100.17
161.44 UZS
-1.9
14672.11 UZS
-148
41° Kechasi 24°

Mazali steyk tayyorlash sirlari

09:50 / 21.01.2015

Steyk muzlamagan bo‘lsin. 

Steyk tayyorlashda harorat juda muhim. U xona haroratiga yaqin bo‘lishi kerak. Qovurishdan oldin steyk “dam olishi” kerak. Shunda go‘sht bir xilda qovuriladi.

Steykda ortiqcha nam bo‘lmasligi lozim. Ko‘rinishi chiroyli bo‘lishi uchun u 150 darajadan baland haroratda qovurilishi kerak. Agar steykning usti nam bo‘lsa suv qaynab bug‘lanadi va go‘shtning yaxshi qovurilishiga imkon bermaydi.

Rangi va qalinligiga e'tibor bering. 

Go‘sht yorqin-qizil rangda bo‘lishi lozim. 

Qalinligi esa 2,5 santimetrdan kam bo‘lmasligi kerak. 

Steyk to‘g‘ri tayyorlanganiga ishonch hosil qiling. 

Steykning rangiga e'tibor bering. U qizil, pushti yoki jigarrang bo‘lishi mumkin, lekin steyk ichidagi go‘sht rangi bir xil bo‘lishi kerak. 

To‘g‘ri tayyorlangan steyk mana bunday ko‘rinishda bo‘ladi.

Steyk qanday bo‘lmasligi kerak? 

Har bir bo‘lak ichidagi turli rangdagi “yo‘l-yo‘l” qatlamlarni ko‘ryapsizmi? 

Pishirishdan oldin sovuq yoki muzlatilgan holatda bo‘lgan steyk mana shunday ko‘rinishga kelib qoladi. Go‘sht bir xilda qovurilmaydi. Steykning ichki qismi hech qachon yo‘l-yo‘l bo‘lmasligi kerak.

Steykni darhol bo‘laklarga ajratmang. 

Steykni pishishi bilan kesishga shoshilmang. Hech bo‘lmaganda 5 daqiqa kuting. Steyk tayyorlanayotgan paytda sharbat uning markaziga to‘planadi. Agar steykni darhol kessangiz, sharbat oqib ketadi. U bilan birga esa ta'mi ham yo‘qoladi. Steyk bemaza bo‘lib qoladi. Ozgina kutsangiz, sharbat steykka bir tekisda tarqaladi.

Go‘shtni tolalarga ko‘ndalang kesing.

Steykni qanday kesish ham muhim. Agar steykni to‘g‘ri kessangiz go‘sht judayam yumshoq bo‘ladi. Steyk uzunligi bo‘ylab chapdan o‘ngga chiziqlar o‘tadi. Ular go‘sht tolalaridir. Agar go‘shtni tolalarga ko‘ndalang holda kessangiz, chaynash oson bo‘lgan kalta tolalar hosil bo‘ladi. Agar tolalar bo‘ylab kessangiz, uzun tolalar paydo bo‘ladi va go‘shtni chaynash qiyinlashadi.

Sousdan voz keching.

Agar steyk to‘g‘ri tayyorlansa, unga sousning qo‘shishning hojati qolmaydi.

Ziravorlar

Sifatli steykka tuz va tuyilgan qora murchdan boshqa narsaning keragi yo‘q.


Bu ham qiziq

18-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

18-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 23-25 daraja iliq, kunduzi 40-42 daraja issiq bo‘ladi
21:25 / 17.07.2025
Mars sayyorasining bir bo‘lagi auksionda qimmatbaho summaga sotildi

Mars sayyorasining bir bo‘lagi auksionda qimmatbaho summaga sotildi

Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan auksionda xaridor “Qizil sayyora”ning bir bo‘lagini qimmat narxga sotib oldi
18:56 / 17.07.2025
Eron prezidenti taksida Tabrizga bordi

Eron prezidenti taksida Tabrizga bordi

Mas’ud Pezeshkiyon ushbu hodisaga javoban hech qanday rasmiy chora ko‘rmadi, aksincha xususiy taksida Tabrizga yo‘l oldi, de…
10:36 / 18.07.2025
Ukraina Rossiyaga asirlar almashinuvini taklif etdi

Ukraina Rossiyaga asirlar almashinuvini taklif etdi

Gap sovet davridagi yodgorlik haqida ketmoqda
22:29 / 17.07.2025
Kobulda Transafg‘on temir yo‘li bo‘yicha uch tomonlama kelishuv imzolandi

Kobulda Transafg‘on temir yo‘li bo‘yicha uch tomonlama kelishuv imzolandi

Yo‘lak savdoni yaxshilaydi va janubiy portlar orqali jahon bozorlariga yangi yo‘llar ochadi.
12:20 / 18.07.2025
O‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda qaysi davlatlarga safar qilmoqda?

O‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda qaysi davlatlarga safar qilmoqda?

Hamyurtlarimiz eng ko‘p sayohatni qaysi davlatga amalga oshirgan?
19:55 / 16.07.2025
“UzAuto Motors” Chevrolet Onix, Tracker va Damas uchun xarid shartlarini soddalashtirdi

“UzAuto Motors” Chevrolet Onix, Tracker va Damas uchun xarid shartlarini soddalashtirdi

UzAuto Motors” AJning ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 21-iyuldan boshlab Chevrolet Onix, Tracker va Damas avtomobillarini tij…
15:08 / 17.07.2025
Sirdaryoda Cobalt beton to‘siqqa urilib, yonib ketdi

Sirdaryoda Cobalt beton to‘siqqa urilib, yonib ketdi

“Sodir etilgan yo‘l transport hodisasi natijasida jarohatlanganlar va jabrlanganlar yo‘q”, – deyiladi xabarda.
12:17 / 17.07.2025
Baxtiyor Saidov Afg‘onistonning muvaqqat tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Baxtiyor Saidov Afg‘onistonning muvaqqat tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Uchrashuvda bir qator muhim masalalar muhokama qilindi
22:43 / 17.07.2025
1-avgustdan boshlab chiqindidan qarzi borlar “svet”ga to‘lov qila olmaydi

1-avgustdan boshlab chiqindidan qarzi borlar “svet”ga to‘lov qila olmaydi

Bu bo‘yicha yangi tartib joriy qilinmoqda.
14:25 / 17.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!