$
12634.34 UZS
-18.98
162.37 UZS
0.48
14821.34 UZS
-0.76
36° Kechasi 23°

Nima uchun dastlabki sovet mashinalarida rul o‘ng tomonga o‘rnatilgan?

16:47 / 03.02.2020

Avvallari mashinalarning Yaponiya va Yevropadan import qilinishi Rossiyada o‘ng rulli avtomobillarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan. SSSRda mashinalar eksport qilish uchun ishlab chiqarila boshlaganda avtomobil rullari o‘ng tomonga o‘rnatilgan. Ma’lum bo‘lishicha bu ichki qulaylikni ta’minlash uchun qilingan ekan. Keling, bugun shu ma’lumotga aniqlik kiritamiz. 

Avvaliga Yevropada keyin Rossiya imperiyasida paydo bo‘lgan avtomabillarning ruli o‘ng tomonga joylashtirilgan. Ishlab chiqaruvchilar o‘ng tomondagi rul haydovchi uchun xavfsiz bo‘lishiga ishonishgan. Masalan, haydovchi mashinadan tushganda yo‘l (trassa) tomonda emas piyodalar yo‘lagi (tratuar) tomonda bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, haydovchi o‘ng tomondan piyodalar harakatini kuzatishi oson bo‘lgan. Ilgari mashinalar katta tezlik bilan harakatlanmagani uchun biror-bir mashina bilan to‘qnashuv yuzaga kelganda, qurbonlar deyarli bo‘lmagan. Ammo yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodalar jiddiy jarohat olishlari mumkin edi. 

XX asrning 30-yillariga qadar SSSRdagi barcha avtomobillar o‘ng rulli qilib ishlab chiqarilgan. Ammo 1932-yildan boshlab, bunday mashinalarning ishlab chiqarilishiga chek qo‘yilgan. Uyushma rahbariyati G‘arbdan nusxa ko‘chirishni to‘xtatish vaqti keldi, deb qaror qabul qildi. Chunki SSSR hududida o‘ng ruldan ko‘ra chap rul bilan harakatlanish qulayroq (garchi bu haydovchilar uchun noqulay bo‘lgan bo‘lsa ham) edi. 1937-yilgacha mamlakatda o‘ng rulli va chap rulli avtomobillar birgalikda harakatlanib yuraverdi. Keyin o‘sha vaqtdagi ichki ishlar komissarining buyrug‘i bilan o‘ng rulli mashinalarda harakatlanish taqiqlangan. 

Eksport uchun ishlab chiqarilgan mashinalar
60-yillarning boshlarida, mamlakatning transport sohasi jadal rivojlanib, avtomobillarning yangi modellari ishlab chiqiladi. Shunda ishlab chiqaruvchilarda ularni eksport qilish g‘oyasi paydo bo‘ladi. Ammo chap rulli avtomobillarga chet elda talab bo‘lmagan. Shunday qilib uddaburonlar eksport uchun ishlab chiqariladigan mashinalarning rulini o‘ng tomonga o‘rnatishgan va ularni “P” variant deb nomlashgan. 
Ma’lum bo‘lishicha, ko‘plab mamlakatlar uchun o‘ng rulli avtomobillar haydovchilar uchun qulay bo‘lgan. Ayniqsa, pochta xizmatida ishlovchilar uchun o‘ng rulli avto ayni muddao edi. Chunki ular yo‘laklarda joylashgan pochta qutilarining oldiga kelib, hatto mashinadan tushmasdan ham xat va gazetalarni  qutiga solib ketishgan. U vaqtlarda pochta xizmatchilarining mashina bilan piyodalar yo‘lagiga biroz chiqib ketishi hech qanday muammo tug‘dirmagan.

Yana bir narsani eslatib o‘tish kerakki, o‘ng rulli modifikatsiyalar eksport qilinganligi uchun ularni ishlab chiqarishda yuqori sifatli komponentlar va texnologiyalar qo‘llanilgan. Ishonchliligi va sifati jihatidan bunday transport vositalari Yevropa analoglaridan deyarli kam emasdi. Shuning uchun nafaqat pochta xizmatchilari vakillari balki “Jiguli” yoki “Volga” mashinalarining haydovchilari ham o‘ng rulli mashinalarni orzu qilishardi


Bu ham qiziq

Surxondaryoda ikki bosh morxo‘r ovlagan shaxslar tabiatga 4,5 mlrd so‘m zarar yetkazdi

Surxondaryoda ikki bosh morxo‘r ovlagan shaxslar tabiatga 4,5 mlrd so‘m zarar yetkazdi

Ular ovlagan burama shoxli echkilar “Qizil kitob”ga kiritilgan bo‘lgan.
16:47 / 13.07.2025
Toshkentda sun’iy intellektga asoslangan kameralar ishga tushdi

Toshkentda sun’iy intellektga asoslangan kameralar ishga tushdi

Toshkent shahridagi 10 ta piyodalar o‘tish joyida AI (sun’iy intellekt) texnologiyasiga asoslangan kuzatuv kameralari ishga …
09:50 / 12.07.2025
13-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

13-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20–23 daraja iliq, kunduzgi harorat esa 35–38 daraja bo‘ladi
23:13 / 12.07.2025
O‘zbekistonning tashqi qarzi 70 mlrd dollarga yaqinlashdi

O‘zbekistonning tashqi qarzi 70 mlrd dollarga yaqinlashdi

Joriy yilning I choragida O‘zbekistonning umumiy tashqi qarz hajmi 68,4 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Markaziy ba…
16:59 / 12.07.2025
O‘zbekiston 10,6 mln dollarlik quritilgan o‘rik eksport qilgan

O‘zbekiston 10,6 mln dollarlik quritilgan o‘rik eksport qilgan

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,8 ming tonnaga yoki 36 % ga oshgan
18:10 / 12.07.2025
Finlandiyada sobiq Vagner harbiy tashkilotining askari hibsga olindi

Finlandiyada sobiq Vagner harbiy tashkilotining askari hibsga olindi

U mamlakatdan siyosiy boshpana so'ragan
20:57 / 12.07.2025
Yangi Kaledoniya davlati tuziladi

Yangi Kaledoniya davlati tuziladi

Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
09:27 / 13.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat avtomobilida mototsiklchi bilan poyga uyushtirdi

Toshkentda YPX xodimi xizmat avtomobilida mototsiklchi bilan poyga uyushtirdi

Ammo, Xudoyberganov YPX xodimining xizmat mashinasida poytaxtning markaziy ko‘chasida katta tezlikda harakatlanib, mototsikl…
14:59 / 12.07.2025
Yevropa komissiyasi prezidenti: “Donald Tramp savdo urushini boshlamoqda”

Yevropa komissiyasi prezidenti: “Donald Tramp savdo urushini boshlamoqda”

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar besamar ketsa, AQShga javob choralari qo‘llaniladi
21:33 / 12.07.2025
Fransiyada X va uning rahbariyatiga nisbatan tergov boshlandi

Fransiyada X va uning rahbariyatiga nisbatan tergov boshlandi

Milliy matbuotda chop etilgan xabarlarga ko‘ra, Parij Bosh prokurori Laure Beccuau yozma bayonotida, Parij prokuraturasi X p…
10:57 / 12.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!