Joriy yil 31-mart kuni Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov “Bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura (rezidentura) bitiruvchilarini tibbiyot muassasalariga ishlashga yuborish haqida”gi buyruqni imzoladi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 31-martdagi 14-son yig‘ilish bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida tibbiyot ta’lim muassasalari, ularning filiallari, ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, ilmiy tekshirish institutlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi rahbarlari tibbiyot oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining “Davolash ishi”, “Kasb ta’limi (davolash ishi)”, “Pedriatriya ishi” va “Tibbiy profilaktika ishi” ta’lim yo‘nalishlarining shuningdek, magistratura va ordinatura (rezidentura) bitiruvchilarini mos ravishda ishlash uchun 2020-yil 20-apreldan tibbiyot muassasalariga yuborilishini ta’minlaydilar.
Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi quyidagi chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratadilar:
Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura (rezidentura) bitiruvchilarini 2020-yil 20-aprelgacha ishga taqsimlashi va ular bilan ishga joylashtirish bo‘yicha shartnomalar tuzilishini ta’minlashga;
2019–2020 o‘quv yili bakalavriat bitiruvchilarini umumiy amaliyot shifokori, magistratura va klinik ordinatura (rezidentura) bitiruvchilarini esa mutaxassisligiga mos ravishda ishga joylashtirishga;
Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda 2019–2020 o‘quv yili bitiruvchilarini ishga joylashtirish monitoringi olib borilishiga.
Xabardor.uz
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!