$
12634.34 UZS
-18.98
162.37 UZS
0.48
14821.34 UZS
-0.76
36° Kechasi 23°

“O‘zbekiston 24” yana tanqid ostiga olindi. MTRK rahbari tanqidchilarni “korporativ etikani tushunmaslik”da ayblamoqda

13:19 / 23.05.2020

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiton Milliy teleradiokompaniyasi tarkibiga kiruvchi “O‘zbekiston 24” telekanali atrofida turli fikrlar bildirilmoqda.

Bunga “Oriat Dono” radiokanalida 18-may kuni efirga uzatilgan “Futbol+” dasturida bo‘lib o‘tgan suhbatda boshlovchi B.Akmalov va “Sport” teleradiokanali xodimi J.Babajanovlarning telekanal haqidagi tanqidiy fikrlari sabab bo‘ldi.

Ushbu dastur davomida “O‘zbekiston 24” telekanali haqida uning real hayotdan uzilganligi, jamiyatdagi muammoli yoki qayg‘uli vaziyatlarda ham vaziyat qurbonlarining quvnoq holatini aks ettirilishi tanqid ostiga olinadi.

“Qog‘oz bilan “O‘zbekiston 24” telekanalida hamma narsa zo‘r, lekin hayot boshqa narsani ko‘rsatyapti”, deyiladi suhbatda. 

Shuningdek, telekanal “Sardoba” fojiasida yuz-ko‘zida uyi buzilgan odamning hissiyotlari aks etmagan, aksincha xursand va baxtiyor holatdagi kishilardan intervyular “tashkil” qilganlikda ham ayblanadi.

Radiokanalda efirga uzatilgan ushbu dastur ortidan ko‘tarilgan mavzuga joriy yil 21-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda MTRK raisi Alisher Xadjayevning “O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi jamoasining barcha a’zolari diqqatiga” deb boshlanuvchi munosabati paydo bo‘ldi.

Unda Alisher Xadjayev SportTV xodimlari J.Bobojonov va B.Akmalovlarni korporativ etikani buzganlikda ayblaydi.
"Ular korporativ etika tushunchasidan yiroq ekanliklarini, sportchilar orasida juda qadrlanadigan jamoaviy birlik qadriyatini umuman tushunmasliklarini ko‘rsatib qo‘yishdi", deydi u.

MTRK rahbari butun dunyoga namuna sifatida aytiladigan AQSh yoki Buyuk Britaniya ommaviy axborot vositalari, masalan, “CNN” yoki “BBC” tizimidagi bir telekanal yoki radiostansiya xodimi xuddi shu tizimdagi boshqa bir telekanal yoki radiostansiya faoliyatiga nisbatan tanqidiy baho bersa, bunday xodim “CNN” yoki “BBC” tizimidan o‘sha zahoti “kuzatib” qo‘yilishini eslatib o‘tadi.
Va posti so‘nggida o‘zi rahbarlik qilayotgan “korporatsiya” (ta’kid A.Xodjayevniki) “korporativ etikani tan olmaydigan, hamkasblarining yuziga oyoq qo‘yadigan, siyosiy va madaniy ongi hamda professionalizmi haminqadar bo‘lgan bu ikki xodimning xizmatiga muhtojmi” yoki yo‘qligini hal qilish masalasini tanqidchilarning  “vijdonlariga havola etadi.” 

Eslatib o‘tamiz, bundan ikki yil muqaddam ham shu mazmundagi tanqidiy masala ko‘tarilgan va unda jurnalist Mavjuda Mirzayeva o‘zining Kun.uz internet nashri bilan bo‘lgan intervyusida “O‘zbekiston 24” telekanali axborotni taqdim qilishda ancha kech qolayotganini hamda ayrim reportajlarda tomoshabin yolg‘on ma’lumotlar berilayotganini aytgandi.

“Kasb taqozosiga ko‘ra ko‘plab xorijiy investorlar bilan intervyular tayyorlaymiz. Ammo ular aytgan gaplari keskin o‘zgartirib yuboriladi. Masalan, xorijlik mehmon o‘zining O‘zbekistondagi faoliyatida duch kelayotgan muammolar haqida gapirsa, ularning yechimini kutayotganini aytsa, biz tarjimada “O‘zbekistondagi ulkan islohotlardan hayratdaman...” mazmunida o‘qib yuboramiz. Axir bu tomoshabinni, o‘z xalqimizni aldash emasmi?!”, degan edi jurnalist telekanal xodimi sifatida.   

Ma’lumot uchun, Alisher Xadjayev 2005–2017-yillarda va 2017-yildan hozirga qadar MTRK raisi lavozimida ishlab kelmoqda

Elbek BOYMURADOV


Bu ham qiziq

13-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

13-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20–23 daraja iliq, kunduzgi harorat esa 35–38 daraja bo‘ladi
23:13 / 12.07.2025
Putin AQShdan sanksiyalar kutmoqda

Putin AQShdan sanksiyalar kutmoqda

Amerikaning The New York Times nashri yozishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Donald Trampning Moskvag…
12:22 / 12.07.2025
DXX tezkor tadbir davomida noqonuniy psixotrop moddalar savdosiga chek qo‘ydi

DXX tezkor tadbir davomida noqonuniy psixotrop moddalar savdosiga chek qo‘ydi

Farg'onadagi tadbirda kuchli ta'sir ko'rsatuvchi dori vositalarining faoliyatiga chek qo'yildi
22:54 / 12.07.2025
Fransiyada X va uning rahbariyatiga nisbatan tergov boshlandi

Fransiyada X va uning rahbariyatiga nisbatan tergov boshlandi

Milliy matbuotda chop etilgan xabarlarga ko‘ra, Parij Bosh prokurori Laure Beccuau yozma bayonotida, Parij prokuraturasi X p…
10:57 / 12.07.2025
Farg‘onada Gentra haydovchisi tanishini qasddan bosib ketdi

Farg‘onada Gentra haydovchisi tanishini qasddan bosib ketdi

Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgan.
11:28 / 13.07.2025
Tennis. Karlos Alkaras Uimbldon finaliga yo‘l oldi

Tennis. Karlos Alkaras Uimbldon finaliga yo‘l oldi

Londonda davom etayotgan tennis bo‘yicha “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Uimbldon turnirining erkaklar o‘rtasidagi bahsl…
13:13 / 12.07.2025
O‘zbekiston 10,6 mln dollarlik quritilgan o‘rik eksport qilgan

O‘zbekiston 10,6 mln dollarlik quritilgan o‘rik eksport qilgan

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,8 ming tonnaga yoki 36 % ga oshgan
18:10 / 12.07.2025
Samarqandda sifatsiz qurilayotgan maktablar buzib tashlandi

Samarqandda sifatsiz qurilayotgan maktablar buzib tashlandi

Ularda rekonstruksiya ishlari sifatsiz holda amalga oshirilayotgani aniqlangan.
17:34 / 12.07.2025
Mas’ud Pezeshkiyon Isroilning Tehronga hujumi vaqtida jarohat olgan

Mas’ud Pezeshkiyon Isroilning Tehronga hujumi vaqtida jarohat olgan

Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon Isroilning Tehronga bergan zarbalari davomida yengil jarohat olgan. Bu haqda Fars News xa…
14:48 / 13.07.2025
O‘zbekistonda sug‘urtaning qaysi turi ko‘proq qo‘llanilmoqda?

O‘zbekistonda sug‘urtaning qaysi turi ko‘proq qo‘llanilmoqda?

O‘zbekistonda sug‘urtaning qaysi turi ko‘proq qo‘llanilishi ma’lum qilindi.
15:06 / 13.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!