$
12948.10 UZS
-9.04
156.93 UZS
0.37
14696.09 UZS
-6.38
31° Kechasi 14°

Bolani muloqot qilishga o‘rgatadigan 10 ta kitob

14:46 / 29.04.2019

Har bir bola dunyoni o‘zicha anglaydi, shuning uchun bu ayrim hollarda bolalar o‘rtasidagi o‘zaro tushunmovchilik va mojarolarga sabab bo‘ladi. Agar bu muammolar ulg‘aygach o‘tib ketganida edi, hayot osonroq bo‘lardi, biroq ko‘pchilik o‘smirlik vaqtida ham muloqotda murakkabliklarga duch keladi.

Shuning uchun ham bugungi to‘plamda maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni ham, o‘n birinchi sinf o‘quvchilarini ham muloqot qilishga o‘rgatadigan kitoblar haqida ma'lumot beramiz.

«Sasha va mittivoy»

Oilada farzandning dunyoga kelishi kutilayotganida to‘ng‘ich farzand zo‘riqish holatini his etishi mumkin. U ota-onasi endilikda uni yaxshi ko‘rmay qolishi, barcha o‘yinchoqlarni uka yoki singilga berishlaridan cho‘chiydi. Anna-Karen Garxman tomonidan yozilgan kitob esa bolalarcha qo‘rquv va qizg‘anish hissini yengishda yordam beradi.

«Bolalar aldaganida nima qilish kerak?»

Pol Ekman o‘z kitobida bola aldaganida u bilan qanday suhbatlashish haqida yozadi. Muallif yolg‘on so‘zlashning sabablari va turlari (himoyalanish, maqtanish yoki ma'lumotni bo‘lishishni rad etish maqsadidagi yolg‘on) haqida so‘zlab,  bolalar nima uchun erta yoshda yolg‘on gapirishni boshlashlari haqida tushuntiradi va ota-onalarga harakatlar rejasini ham taqdim etadi.

«Tilla bola»

Lavern Entrobas bola o‘zini ota-onasi istaganidek tutmaganida kattalar nima qilishi kerakligi haqida hikoya qiladi. Spoyler: Sho‘xlik va erkalik bu – normal holat.

«Monsiki» 

Viktoriya va Gleb Shimanskiylar bolalar uchun sehrli mavjudot – Monsikilar olamini yaratishdi. Ular bolaga o‘z hislarini nazorat qilishni o‘rgatadi: g‘azabni tiyish, xursandchilikni odob bilan ifoda etish, qayg‘uni yengish. Bu kitob bolaga o‘z hislarini boshqarishda ko‘makchi bo‘la oladi.

«Bolalarga muhim narsa haqida»

Natalya Remish o‘z kitobida juda muhim mavzuga qo‘l urgan. Bolalar ko‘pincha «noqulay» savollar berishadi: «Nima uchun men bilan do‘st bo‘lishni istashmaydi?», «Nimaga anavi bola yurmaydi?», «Nima uchun bu narsani sotib ololmaymiz?». Muallif bolalarga ularni qiziqtirgan savollarga o‘yin tarzida javob berish haqida hikoya qiladi.

«Tarbiyadan ozod bo‘lish»

Dima Zitser har daqiqada sergak bo‘lib, tarbiya qilish zarur emas deb hisoblaydi. U «kattalarga xos» jiddiy pand-nasihatlarni ko‘proq foyda keltiradigan yengil muloqotga almashtirish kerak deb hisoblaydi. Ana shunda ota-ona va farzandlar uzoqlashmaydi, aksincha bir-birini qadrlashni boshlaydi.

«Kel, do‘st bo‘lamiz! Bolani do‘st orttirishga qanday o‘rgatish mumkin?»

Xilari Pereyra bu kitobni nafaqat do‘stlasha olmayotgan farzandlarning ota-onalari, balki do‘stlari ko‘p bo‘lganlarga ham atab yozgan. Bola o‘zganing ta'siriga tushib qolmasligi uchun nima qilish kerak? O‘z-o‘zini yengib, muloqot qilishni qanday boshlash mumkin? Barcha javoblar – ana shu kitobda.

«Qizlarning katta hayotga yetti qadami»

Birinchi navbatda bu ota-onalar uchun yozilgan qo‘llanma. Liza Damur o‘z kitobida katta odamlarga «deyarli katta odam»ni tushunishda yordam berishga harakat qilishgan. Ko‘pchilik ota-onalar qizlarining ulg‘ayishi – oldindan aytib bo‘lmaydigan va boshqarilmaydigan jarayon deb hisoblashadi. Biroq bunday emas. Aslida esa o‘smir qizlarning g‘alati xatti-harakatlari mantiqiy maqsadlarga bo‘ysunadi.

«Kommunikatsiyalar»

Rita Karterning kitobi o‘smirlarga «kattalarga xos» muloqot qilishda yordam beradi: suhbatdoshni tushunish, yashirin imo-ishoralarni tushunish, shaxsiy fikrlarni yashirish. Bundan tashqari, muallif ilk ijobiy taassurot qoldirish va unga kutilmagan gap bilan putur yetkazmaslikni o‘rgatadi.

«Ahamiyatga egasan»

Kortni Makavinta va Andrea Vander Playm bu kitobni o‘smir qizlarga atab yozishgan. U yosh qizlarni o‘z-o‘zini hurmat qilish, atrofdagilarning fikriga qaramay mustaqil qarorlar qabul qilishga o‘rgatadi. Mualliflar shaxsiy chegaralarni bolalik davrida o‘rnatish va himoya qilishni bilish kelajakdagi umidsizliklarning oldini olishi mumkin deb hisoblashadi.

 


Bu ham qiziq

Zelenskiy: “Nega 8-mayni kutib Putinning paradi vaqtida o‘t ochishni to‘xtatishimiz kerak ekan”

Zelenskiy: “Nega 8-mayni kutib Putinning paradi vaqtida o‘t ochishni to‘xtatishimiz kerak ekan”

Ukraina prezidenti Rossiya Federatsiyasi rahbarining may oyidagi uch kunlik sulh taklifini rad etdi.
09:08 / 29.04.2025
Ispaniya va Portugaliyada elektr energiyasi ta’minoti tiklandi

Ispaniya va Portugaliyada elektr energiyasi ta’minoti tiklandi

Avvalroq elektr ta’minotidagi uzilishlar sabab YeChL 1/2 finalidan o‘rin olgan “Barselona” va “Inter” jamoalari o‘rtasidagi …
14:22 / 29.04.2025
Qamchiq dovonida Isuzu beton to‘siqqa borib urildi

Qamchiq dovonida Isuzu beton to‘siqqa borib urildi

Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida inson hayoti saqlab qolingan.
14:48 / 28.04.2025
29-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

29-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 20-22 daraja, kunduzi 31-33 daraja bo‘ladi.
22:55 / 28.04.2025
“Kanadaliklar AQShga qo‘shilib, 51-shtatga aylanishi kerak” — Donald Tramp

“Kanadaliklar AQShga qo‘shilib, 51-shtatga aylanishi kerak” — Donald Tramp

AQSh prezidenti Kanadadagi parlament saylovlari kuni o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida “ikkala mamlakat o‘rtasidagi …
08:33 / 29.04.2025
Navoiyda “zapravka” 26 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalandi

Navoiyda “zapravka” 26 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalandi

AGTKShda gaz sarfini o‘lchash kompleksiga o‘rnatilgan qurilmaning kirish-chiqish qismidagi gaz jo‘mraklariga davlat standart…
12:12 / 28.04.2025
Turkiyada “avtomoyka” qulab tushdi

Turkiyada “avtomoyka” qulab tushdi

Oqibatda bir oila halok bo‘lgan.
10:38 / 28.04.2025
Toshkentda qurilish mahsulotlari omborxonasi yonib ketdi

Toshkentda qurilish mahsulotlari omborxonasi yonib ketdi

Yong‘in oqibatida tan-jarohati olganlar yo‘q.
08:55 / 28.04.2025
Namanganda 25 nafar bolani olib ketayotgan Damas aniqlandi

Namanganda 25 nafar bolani olib ketayotgan Damas aniqlandi

Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
12:11 / 28.04.2025
Rim Papasining dafn marosimida O‘zbekiston rasmiylari ham ishtirok etdi

Rim Papasining dafn marosimida O‘zbekiston rasmiylari ham ishtirok etdi

Marosimda ko‘plab mamlakatlar rahbarlari, Qirollik oilalari a’zolari va muhim diniy arboblar ishtirok etishdi.
19:35 / 28.04.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!