$
12758.36 UZS
-19.76
163.34 UZS
-0.67
14820.11 UZS
-111.12
38° Kechasi 24°

Qarzdorlarning mamlakatdan chiqish tartibi soddalashtirildi 

14:22 / 20.11.2019

Endilikda bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 2 baravaridan 5 baravarigacha so‘ndirilmagan qarzlari bo‘lgan shaxslarning mamlakatdan chiqishi cheklanadi. Bu haqida Norma.uz xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdor jismoniy shaxslarning chiqish huquqini vaqtinchalik cheklash hamda ushbu jarayonda mas’ul tuzilmalarning o‘zaro munosabatlari bo‘yicha yangi tartib tasdiqlandi. Ilgari amal qilgan nizom o‘z kuchini yo‘qotgan.

Ijro ishi bo‘yicha qarzdorning mamlakatdan chiqishiga ruxsat beriladigan qarz miqdori 2 BHMdan 5 BHMgacha oshirildi (maqola e’lon qilinganda – 1 115 000 so‘m). Ya’ni ushbu raqamdan oshadigan miqdorda so‘ndirilmagan qarzlari bo‘lgan shaxslarning mamlakatdan chiqishi cheklanadi.

Hujjatda shuningdek chiqishga cheklov qo‘yish va uni olib tashlashda ayrim tuzilmalar o‘zaro munosabatlarining yangilangan mexanizmi taqdim etilgan.

Qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklash to‘g‘risidagi ma’lumot davlat ijrochisi tomonidan:

• Yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimi orqali Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasiga hamda DXX Chegara qo‘shinlariga yuboriladi. Ular, o‘z navbatida, elektron bazalariga tegishli ma’lumotlarni kiritadilar;

• qarzdor, shuningdek undiruvchiga (chiqishni vaqtincha cheklash undiruvchining arizasiga binoan qo‘llanilgan bo‘lsa) ma’lumot yuboriladi. Ma’lumot elektron pochta yoki mobil telefonga SMS ko‘rinishida yo‘llanadi. Bunday xabardor qilishning imkoni bo‘lmagan taqdirda, davlat ijrochisi tomonidan qaror chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmasdan qarorning ko‘chirma nusxalari yashash manzili bo‘yicha pochta orqali yuboriladi.

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari, shuningdek chegara qo‘shinlari bo‘linmalari tomonidan qarzdorga MIBning qaysi tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasidan chiqishi cheklangani to‘g‘risida ma’lumot beriladi. 

Bundan tashqari, alimentlar bo‘yicha qarzlar so‘ndirilishi chiqishni cheklashni olib tashlashga asos bo‘lmaydi. Alimentlarni oldindan to‘lash yoki alimentlarni to‘lash majburiyatini ta’minlash uchun garov shartnomasini tuzish lozim.  

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.11.2019 yildan kuchga kirdi.  


Bu ham qiziq

Fransiya hukumatining iqtisodiy prognozi: 2030 yilga kelib Yevropada katta urush boshlanadi

Fransiya hukumatining iqtisodiy prognozi: 2030 yilga kelib Yevropada katta urush boshlanadi

Bu urushdan eng ko'p aynan fransuzlar jabr ko'rishi taxmin qilinmoqda
22:06 / 15.07.2025
O‘zbekiston turizmi ispan O.A.V. lari nigohida

O‘zbekiston turizmi ispan O.A.V. lari nigohida

Ispaniyadagi media nashrlar O‘zbekistonda sayyohlik va turizm borasida o‘zgarishlar bo‘layotganini qayd etdi
19:33 / 15.07.2025
Yevropa Ittifoqi Gruziyaga ultimatum qo‘ydi

Yevropa Ittifoqi Gruziyaga ultimatum qo‘ydi

Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Kaya Kallasning so‘zlariga ko‘ra, gruzinlar hukumati ma’lum shartlarni bajarishi lozim
18:37 / 16.07.2025
Qashqadaryoda ikki ayol cho‘kib ketdi

Qashqadaryoda ikki ayol cho‘kib ketdi

Oqdaryoda cho‘milish chog‘ida ularni oqim oqizib ketgan, oqibatda ayollar cho‘kib ketgan.
12:23 / 16.07.2025
Toshkentda podpolkovnik pora bilan ushlandi

Toshkentda podpolkovnik pora bilan ushlandi

U fuqaroga nisbatan qo‘llangan qamoq ehtiyot chorasini garov ehtiyot chorasiga o‘zgartirib berishni va’da qilgan.
09:21 / 16.07.2025
16-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

16-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 22-24 daraja iliq, kunduzi 37-39 daraja issiq bo‘ladi
22:15 / 15.07.2025
Qashqadaryodagi “zapravka”da yong‘in sodir bo‘ldi

Qashqadaryodagi “zapravka”da yong‘in sodir bo‘ldi

Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:45 da voqea joyiga yetib borgan va yong‘in 15:35 da bartaraf etilgan.
16:11 / 16.07.2025
G‘afur G‘ulom va Oybek uy-muzeylarida mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi

G‘afur G‘ulom va Oybek uy-muzeylarida mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi

Ushbu qaror ekspertlar kengashining navbatdagi yig‘ilishida qabul qilindi
22:36 / 15.07.2025
17-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

17-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 22-24 daraja iliq, kunduzi 38-40 daraja issiq bo‘ladi
22:36 / 16.07.2025
Rossiyada muhojirlarning pul o‘tkazmalariga cheklov kiritish taklif qilindi

Rossiyada muhojirlarning pul o‘tkazmalariga cheklov kiritish taklif qilindi

Rasmiylar mehnat muhojirlari uchun davlat bojini oshirish va kengaytirish masalasini ham muhokama qilmoqda.
10:22 / 16.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!