$
12778.12 UZS
78.98
164.01 UZS
1.85
14931.23 UZS
83.4
37° Kechasi 23°

“Qirol sher” multfilmining yaralish tarixi haqida siz bilmagan 14 fakt

12:41 / 30.07.2019

Hammamiz uchun sevimli bo‘lib qolgan “Simba”ning sarguzashtlari haqida olingan multfilmga bu yil 25 yil bo‘ldi.  Shu bilan birga kinoteatrlarda afsonaviy animatsion filmning kinofilmi namoyish etilmoqda. Ammo bu hikoyaning kinofilmi ko’pchilik multfilm muxlislariga ma’qul kelmagan bo’lsa-da, lekin dunyo bo'ylab millionlab tomoshabinlar allaqachon bu kartinani klassik multfilmlar sirasiga qo’shib bo’lishdi.   

Agar siz ham “Qirol sher” multfilmining ashaddiy muxlisi bo'lsangiz, hikoyaning har bir sahnasi va qahramonlarining gaplarini yoddan bilsangiz, u holda siz uchun multfilmning yaralish tarixi haqidagi 14 ta faktni to'pladik.

Foto: Walt Disney Pictures

1. Balki siz e’tibor bermagandirsiz, lekin Skarning yuzidagi chandiq "Chandiqli yuz" filmidagi, Al Pachino ijro etgan Toni Montannaning chandig'ining xuddi o'zi.

2. Multfilmning ishchi nomlari orasida "Kalahari qiroli", "Hayvonlar shohi" va "Jungli qiroli" kabi nomlar bo'lgan. Multfilm ijodkorlari uni "Jungli qiroli" deb nomlab, "Jungle King" emblemalari tushurilgan futbolkalar tarqatib bo‘lingan bir vaqtda  ijodkorlardan biri junglida sherlar istiqomat qilmasligini eslaydi. Natijada multfilmning nomi barchamizga tanish "Qirol sher" nomiga o'zgartiriladi. Aytgancha, Disneylendlarda "Jungle King" deb nomlangan futbolkalarni hozir ham topish mumkin ekan.

Foto: Walt Disney Pictures

3. Multfilm yaralishidagi ilk g'oya uning yakuniy natijasidan ancha farq qiladi. Multfilmga Jorj Skribner rejissorlik qilishi kerak edi. U kartinani National Geographic uslubida animatsion hujjatli film ko'rinishida olishni rejalashtirgandi. Ammo suratga olish guruhi uni myuzikl ko‘rinishida olishga qaror qilganida, Skribner loyihani tark etadi.

4. Multfilm sujeti ham ancha o'zgarishlarni boshidan kechirdi. Dastlab hikoya sherlar va bobuinlar o'rtasidagi urush haqida bo'lib, Timon va Pumba Simbaning bolalikdagi do'stlari bo'lishi  hamda Simba Skarning ta’siri ostida dangasa va qo'rqoq xarakterga ega bo'lishi rejalashtirilgan.

Foto: Walt Disney Pictures

5. Multfilm ijodkorlari hikoyani yaratishda Shekspirnig "Gamlet" asari va Injildagi "Yusuf va Muso" hikoyalaridan ilhomlanishganini ko'p bor ta’kidlashgan. Multfilmdagi Skarning bosh suyagi bilan o'ynaydigan sahnasi aynan shu misollardan biri.

Foto: Walt Disney Pictures

6. Haqiqat shundaki, "Qirol sher"ning muvaffaqiyatiga ko'pchilik ishonmagan. Studiyadagi ko'plab xodimlar Elton Jonning musiqasi fonida, otasini o'ldirishda ayblangan sherning hikoyasini tomoshabinlarga yoqishiga shubha qilishgan. Hatto ssenaristlar ham shubha bilan qarashardi: Brenda Chapman "hikoya unchalik qiziqarli emas" deya, ishga kirishishni xohlamagan, yozuvchi Barney Mattison esa: "Men uni kim tomosha qilishini bilmayman", derdi.

7. "Qirol sher" ikkinchi darajali loyiha dep hisoblangan va asosiy muvaffaqiyat "Pakahontas" loyihasidan kutilayotgan edi. Nima ham derdik, skeptiklarning oldindan qilgan pessimistik ta'birlari amalga oshmadi va "Qirol sher" jahon tarixidagi eng muvaffaqiyatli animatsiyalardan biriga aylandi. Shu bilan u 1990-yilda Disney animatsiyasining yangi uyg'onish davrini belgilab berdi. Agar ikkala multfilmning olgan daromadini solishtirsangiz, buni o‘zingiz yaqqol ko'rishingiz mumkin: "Qirol sher"  968 million dollar, "Pakahontas"  346 million dollar.

Foto: Walt Disney Pictures

8. Birinchi ssenariydagi qahramonlar ham ssenariyning yakuniy ko'rinishidan ancha farq qiladi, masalan: ssenariydan Nalaning ukasi Mitu personaji olib tashlangan, Simba uni kanyondagi falokatdan qutqarishi kerak bo'lgan. Multfilmdan Nalaning do'sti oqil tulkicha Bati, kaltakesak Iggi hamda yana bir surikat Tesma ham olib tashlangan.

9. Personajlar ismi ham Afrika dialektlarida o'zgacha ma'noga ega, masalan: Simba "Sher", Rafiki — "do'st", Pumba — "oddiy", Banzay — "bekinish", Shenzi — "beo'xshov" va Mufasa — Keniya inglizlar tomonidan mustamlaka qilinishidan oldin yashagan oxirgi shohning ismidir.

Foto: Walt Disney Pictures

10. Aytgancha, Keniya haqida: Afrika florasi va faunasini qayta tiklash uchun animatorlar Keniyaga borib, mahalliy tabiatni o'rganishadi. Keniyadagi milliy parkda tayyorlangan ko'plab eskiz va chizmalar tufayli biz ekranda ko'rgan Praydning mag'rur tabiati va yerlari chizib tasvirlangan. Multfilm ijodkorlari yovvoyi tabiatni tasvirlashda mutaxassislari bilan maslahatlashib, hayvonlarning xulq-atvori va odatlarini iloji boricha tabiiy va real ko'rsatib berishgan. Aytgancha, mashhur "Akuna matata" iborasini ham birinchi marta Afrikada eshitshgan.

Foto: Walt Disney Pictures

11. Qiziqarli bir detal: agar "Ajdodlar qoyasiga" yahshilab qarasangiz, uni osmonga qarab nara tortayotgan sher, timsoh yoki ayiqqa o'xshatishingiz mumkin. Nima dep o'ylaysiz, bunda ham bir ma'no bormikan?

Foto: Walt Disney Pictures

12.  Multfilm chiqqanidan 23 yil o'tgach, kutilmaganda uning rejissor va prodyuseri intervyulardan birida Mufasa va Skar genetik aka-uka emasligini e’lon qilishdi! To'g'rirog'i Mufasa va Skar bitta prayddan bo'lgani uchun bir-birini aka-uka dep chaqirishgan va shuning uchun ham ular o'rtasida raqobat kuchli bo'lgan. Bunday xabardan so'ng,  Skar unchalik shafqatsiz ko'rinmaydi, lekin daradagi sahnani ko'z yoshsiz ko'rib bo'lmaydi.

Foto: Walt Disney Pictures

13. Multfilmdagi barcha qo'shiqlar Elton Jon va Tim Rays tomonidan yaratilgan, lekin multfilm uchun yozilgan ko'plab qo'shiqlardan faqat 5 tasi multfilmdan joy olgan. Eng qiyin yozilgan qo'shiq bu hammamiz uchun sevimli bo'lgan «Can You Feel the Love Tonight» taronasidir. Tim Rays uning she'rini bir necha yil davomida, 15 marta qayta yozgan. Ammo bahslar so'ngida, uning birinchi varianti tanlab olingan. Keyin qo'shiq sarlavhasi «Can You Feel the Love Tonight» (ya'ni, "Bu kecha muhabbatni his qilyapsanmi") ota-ona va bola haqidagi taronada, qanchalik o'rinli ekanligi to'g‘risida munozara boshlangan. Lekin u ham o'zgartirishsiz qoldirildi va bu ham bejizga emas, chunki qo'shiq ko'pchilikka ma'qul keldi va qo'shiq mualliflariga "Oskar"ni olib keldi.

14.  Dastlab, Timon va Pumba "qurt va qumursqalar" haqida qo'shiq kuylashi kerak edi. Lekin multfilm ijodkorlari Afrikada eshitib qolingan, "Akuna matata" iborasini eslaydilar va Tim Rays uni "Zolushka"dagi "Bibidi-bobidi-boo"qo'shig'iga o'xshatganini aytadi. Shunday qilib, afsonaviy "Akuna matata" qo'shig‘i yaratiladi.


Bu ham qiziq

Rossiyada muhojirlarning pul o‘tkazmalariga cheklov kiritish taklif qilindi

Rossiyada muhojirlarning pul o‘tkazmalariga cheklov kiritish taklif qilindi

Rasmiylar mehnat muhojirlari uchun davlat bojini oshirish va kengaytirish masalasini ham muhokama qilmoqda.
10:22 / 16.07.2025
Qashqadaryoda ikki ayol cho‘kib ketdi

Qashqadaryoda ikki ayol cho‘kib ketdi

Oqdaryoda cho‘milish chog‘ida ularni oqim oqizib ketgan, oqibatda ayollar cho‘kib ketgan.
12:23 / 16.07.2025
Fransiya hukumatining iqtisodiy prognozi: 2030 yilga kelib Yevropada katta urush boshlanadi

Fransiya hukumatining iqtisodiy prognozi: 2030 yilga kelib Yevropada katta urush boshlanadi

Bu urushdan eng ko'p aynan fransuzlar jabr ko'rishi taxmin qilinmoqda
22:06 / 15.07.2025
G‘afur G‘ulom va Oybek uy-muzeylarida mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi

G‘afur G‘ulom va Oybek uy-muzeylarida mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi

Ushbu qaror ekspertlar kengashining navbatdagi yig‘ilishida qabul qilindi
22:36 / 15.07.2025
Toshkentda podpolkovnik pora bilan ushlandi

Toshkentda podpolkovnik pora bilan ushlandi

U fuqaroga nisbatan qo‘llangan qamoq ehtiyot chorasini garov ehtiyot chorasiga o‘zgartirib berishni va’da qilgan.
09:21 / 16.07.2025
Qozog‘iston Rossiya olmosining asosiy xaridorlaridan biriga aylandi

Qozog‘iston Rossiya olmosining asosiy xaridorlaridan biriga aylandi

Qo‘shnilarimiz qimmatbaho toshning ancha qismini ruslardan olmoqda
18:56 / 16.07.2025
Surxondaryoda 23 bosh ilon tabiatga qaytarildi

Surxondaryoda 23 bosh ilon tabiatga qaytarildi

6 bosh O‘rta Osiyo kobrasi va 17 bosh sharq bo‘g‘ma iloni fuqarolar tomonidan noqonuniy saqlab kelinayotgan bo‘lgan.
17:49 / 15.07.2025
O‘zbekiston kelasi yili yirik sport tadbiriga mezbonlik qiladi

O‘zbekiston kelasi yili yirik sport tadbiriga mezbonlik qiladi

Mazkur tadbir Osiyo sporti uchun muhim ahamiyatga ega
20:33 / 16.07.2025
Toshkentda tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan fuqaro tizimga 2,7 mlrd so‘m zarar yetkazdi

Toshkentda tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan fuqaro tizimga 2,7 mlrd so‘m zarar yetkazdi

U xonadonida konserva mahsulotlarini tayyorlash bilan shug‘ullangan.
16:07 / 15.07.2025
Isroil Suriya janubiga zarba berdi

Isroil Suriya janubiga zarba berdi

BBC xabariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda Suriyaning, asosan, druzlar istiqomat qiladigan hududlarida badaviy qabilalar hamda mah…
12:58 / 16.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!